Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

Ta'vil qilish bid'at emas, zaruratdir!

19.02.2022   3032   12 min.
Ta'vil qilish bid'at emas, zaruratdir!

Agar dalil bor bo'lsa, Qur'on oyatlari yoki hadislarni ta'vil qilish haqdir. Ahli sunna val jamoa ulamolarining barchasi shu fikrda yakdildir. Ta'vil qilishni inkor etgan kishi haq yo'ldan og'gan kimsadir. Negaki, Qur'on oyatlari va hadislardan ayrimlarining ma'nosi zohir (aniq-ravshan), ayrimlarining Alloh va Uning payg'ambari iroda qilgan ma'nolari zohir emas. Hatto ularning zohiriy ma'nolari Alloh taologa nisbatan nojoiz tasavvurga olib boradi.

Ma'nolari aniq-ravshan, hech qanday mushkullik mavjud bo'lmagan oyatlar “muhkam oyatlar” deb ataladi. Ular boshqa manbalardan oldin qo'yiladigan asldir. Mutashobih (ma'nosi Allohning o'zidan boshqaga noma'lum bo'lgan) oyatlarni anglab etishda ana shu muhkam oyatlarga murojaat qilinadi. Bu – salaf va xalaf ulamolari tutgan yo'l.

Jumladan, “Sho'ro” surasidagi “Uning mislidek biror narsa yo'qdir” oyati muhkam oyatlar jumlasidan bo'lib, uni tushunishda hech qanday mushkullik yo'q. Chunki unda Alloh taolo hech bir jihatdan maxluqlariga o'xshamasligi xabar qilinmoqda. Alloh taolo qattiq yoki latif jism emasligini, arazlar o'rnashadigan mahal (joylashadigan o'rin) emasligini, ya'ni jismda mavjud bo'ladigan sifatlar U zotda yo'q, degan ma'noni anglatmoqda. Jismning kattalik, kichiklik, qattiqlik, yumshoqlik, issiqlik, sovuqlik, ranglilik, shaffoflik yoki boshqa sifatlari bo'ladi. Jism ana shunday arazlar uchun mahaldir. “Uning mislidek biror narsa yo'qdir” oyati ana shularning barchasi U zotda yo'qligiga dalildir. Alloh taoloning mavjudligi mana bu narsalardan hech biriga o'xshamasligini anglatadi. Shuningdek, “Ixlos” surasidagi “Shuningdek, Uning hech bir tenggi yo'qdir” (4-oyat) ham muhkam oyatlardan biridir.

Ammo mutashobih oyatlar haqida gapiradigan bo'lsak, ular ikki qismdir. Birinchisi, zohiriy ma'nosi Alloh taoloning yuqori tarafni makon tutgani tushuniladigan oyatlar. Ikkinchisi – Uning past tarafni makon tutgani tushuniladigan oyatlar. Hatto ayrim oyatlarning zohiridan Alloh taolo bashariyat bilan aralashib yurishi, qayerga borsalar, ularga hamrohlik qilishi tushuniladi. Ish shunday ekan, bu kabi oyatlarni ta'vil qilish lozim. Chunki ular ta'vil qilinmasa, ya'ni qanday kelgan bo'lsa, shundayligicha qabul qilinsa, Qur'onda ziddiyat, qarama-qarshilik bor, degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, unda ziddiyat bo'lishi mumkin emas. Ta'vil qilish bid'at, deganlar haqiqatdan yiroq kimsalar bo'lib, ularning bu gaplariga ko'ra, Qur'on oyatlari bir-biriga qarama-qarshi kelib qoladi. Chunki ularning zohiriy ma'nolariga asosan, Alloh taolo tepada yoki pastdaligi, “Biz unga bo'yin tomiridan ham yaqinroqdirmiz” (“Qof” surasi, 16-oyat)da aytilganidek, insonning go'shti bilan bo'yni orasidaligi tushuniladi. Demak, ularni ta'vil qilish lozim.

Ho'sh, ta'vil qanday bo'ladi? Ta'vil mana shunga o'xshash mutashobih oyatlarni “Uning mislidek biror narsa yo'qdir” oyatiga o'xshagan muhkam oyatlarga murojaat qilgan holda amalga oshiriladi. Buning yo'li shuki, bu erda ana o'sha mutashobih oyatlarning zohiriy ma'nolari iroda qilinmagan, balki ularning zohiridan boshqa ma'nolari ham bor. Ba'zi bir salaflar ularga ma'no berayotib, muhkam oyatlarga munosib keladigan tarzda ta'vil qilgan. Ya'ni, ana shu mutashobih oyatlarning muhkam oyatlar bilan muvofiq keladigan muayyan ma'nolarini chiqarib bergan. Ayrimlari muayyan bir ma'no berishdan qochib, umumiy, hatto hech qanday holatsiz ta'vil qilib: (U) Arsh uzra mustaviy bo'lmish Rahmondir” (“Toha” surasi, 5-oyat), ya'ni hech bir holatsiz va o'xshatishsiz mustaviy bo'lgan, “Biz unga bo'yin tomiridan ham yaqinroqdirmiz”, ya'ni hech bir holatsiz va o'xshatishsiz unga yaqindir, degan ma'nolarni bergan. Binobarin, bu kabi oyatlarda ularning zohiriy ma'nolari iroda qilinmagan.

Salaflar va xalaflardan iborat ayrim ahli sunna ulamolari (U) Arsh uzra mustaviy bo'lmish Rahmondir” oyatini batafsil ta'vil qilib, “istavo” lafziga “qahr qildi”, degan ma'noni bergan. Halaflar orasida mutashobih oyatlarni batafsil ta'vil qilganlari ko'pchilikni tashkil etadi.

Ahli sunna val jamoaning har ikki toifasi – ta'vil qilgani va qilmagani o'rtasidagi farq shuki, birinchilar mutashobih oyatlarga muayyan bir ma'no bermagan, balki hech qanday holatsiz va o'xshatishsiz, ba'zan Uning o'ziga loyiq tarzda tushuniladi, deb o'tgan. Nima bo'lganda ham, ular ahli sunna val jamoa vakillaridir.

Ammo, afsuski, bugun o'zini “salafiy” deb atab olgan ba'zi kimsalar zohiridan Alloh taoloning osmonda ekani tushuniladigan (U) Arsh uzra “mustaviy” bo'lmish Rahmondir”, “(Har bir) yoqimli so'z Uning huzuri sari chiqur” (“Fotir” surasi, 10-oyat) singari mutashobih oyatlarning zohiriy ma'nolarini olib, “Ularni ular qanday kelgan bo'lsa, shunday sharhlaymiz va tushunamiz. Binobarin, Alloh yuqorida, U osmonni makon tutgan, deb ta'bir beramiz”, degan da'volar bilan o'rtaga chiqmoqda.

Ammo “Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz, o'sha tomonda Allohning “yuzi” mavjuddir” (“Baqara” surasi, 115-oyat)da aytilganidek, zohiridan Alloh taoloning past tarafdaligi tushuniladigan mutashobih oyatlarga kelsak, “Ularni zohiriy ma'nosiga ko'ra tushunmaymiz”, deyishadi. Agar ularga: “Bu ham, u ham Qur'on oyati. Nima uchun zohiridan Alloh taoloning tepada ekani tushuniladigan oyatlarni qanday kelgan bo'lsa shundayligicha olib, “Alloh zoti bilan tepada, osmonni makon tutgan”, deysiz-u zohiridan U zotning past tarafdaligi tushuniladigan oyatlarni ular qanday kelgan bo'lsa, shundayligicha qabul qilmaysiz?! Masalan, “Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz, o'sha tomonda Allohning “yuzi” mavjuddir” oyatining zohiriy ma'nosiga ko'ra, U zot Yer yuzining hamma joyidadir. Shu tarzdaki, safardagi kishi ulov ustida nafl namoz o'qiyotib, Sharq yoki G'arb, Janub yoki Shimol tomonga yuzlanadigan bo'lsa, Allohning zotiga yuzlangan bo'lib chiqadi. Siz esa bu oyatlarning zohirini olmaysiz”, deyilsa, ular javob bera olmaydilar. Mana bu salafchilar va ularning mushabbiha ustozlari ana shunday yo'l tutgan, holbuki, unisi ham, bunisi ham Qur'on oyatlaridir.

Agar ularga: “Nima uchun bunday qildingiz?” desangiz, ular: “Chunki yuqori Alloh ulug'lanadigan tomon, past esa Unga hurmatsizlik bo'ladigan tomondir”, deb javob beradi. Ularning bu gaplari asossiz, chunki afzallik qadrning yuksakligi bilan o'lchanadi, makon va jihatning yuksakligi bilan emas. Axir podshohlar past tekisliklarda, ularning qo'riqchilari baland tog'lar tepasida turmaydimi?! Chunki tog'lar tepasi ularga hamla qilmoqchi bo'lgan dushmanni kuzatish uchun, past tekislik esa podshoh dam olib, hayot kechirishi uchun qulaydir.

Ularga yana bunday deyiladi: Allohning eng ulug' bandalari bo'lmish payg'ambarlar ham Yerda yashagan, vafotlaridan so'ng Yerda dafn qilingan. Qiyomat kuni ham uning bag'ridan qayta tiriltiriladilar. Payg'ambarlardan ko'ra quyiroq darajada bo'lgan farishtalar Allohning huzurida bo'lib, bir qismi Arshning atrofini o'rab turadi, bir qismi etti osmonlar bo'ylab tarqalgan, bir qismi jannatda, bir qismi jahannam qo'riqchilaridir. Agar afzallik jihat va makonning yuqorida ekaniga bog'liq bo'lganida, albatta, payg'ambarlar qaror topadigan joy Arshning atrofida bo'lar, ularga nisbatan ham qadr jihatidan yuksaklik emas, balki makon jihatidan yuksaklik nisbati berilgan bo'lar edi.

Alloh taologa nisbatan tepalik tomon bo'lmish Arsh va past tomon hisoblanmish Yer barobardir. Uning ulug'ligi Arsh yoki olamning biror qismi yoki pastdagi Yer bilan bog'liq emas. Na unisidan foydalanadi, na bunisidan. Alloh taoloning ulug'ligini yuqorida bo'lishga bog'lagan kishilar e'tiqodicha, Arshda o'tirish kabi sifatlar Allohni ulug'lash hisoblanadi. Aslida esa bu Allohni kamsitish va haqorat qilishdir. Chunki o'tirish insonlar, jinlar, farishtalar va hayvonlarning sifati. Demak, Alloh taoloni O'zidan boshqa sababli ulug' bo'luvchi, undan foydalanuvchi deb bilgan kishi U zotni kamsitgan bo'ladi. Alloh taolo olamdan biror narsani undan foydalanish uchun yaratmagan.

Salafchilar Alloh taoloning osmonda ekanini isbotlash uchun ushlab olgan eng katta dalil – bu hozirgi kunda juda mashhur bo'lib ketgan “joriya hadisi”dir. Ularga javoban bunday deyiladi: “Siz dalil qilib keltirayotgan “joriya hadisi” faqatgina bitta sahobadan rivoyat qilingan. Ammo kishi musulmon bo'lishi uchun imon kalimasini aytishning o'zi kifoya qilishi haqidagi hadis – “Odamlar to Allohdan o'zga iloh yo'qligiga va mening Uning payg'ambari ekanimga shohidlik bermaguniga qadar ular bilan urush qilishga buyurildim” hadisini o'n besh nafar sahoba rivoyat qilgan bo'lib, u mutavotir va mashhurdir. “Joriya hadisi” ana shu mutavotir hadisga zid kelmoqda. Shunday ekan, unga amal qilinmaydi. Nima uchun? Chunki “joriya hadisi”ning zohiriy ma'nosiga ko'ra, joriya: “Alloh osmonda, Siz Allohning payg'ambarisiz”, degani uchun Payg'ambar alayhissalom uni musulmon deb hukm qilayaptilar. Bu – islomga zid. Payg'ambar alayhissalom “Alloh osmonda”, degan so'z uchun birovni musulmon deb hukm qilmaganlar. Chunki o'zga din vakillari, hatto ko'pgina kofirlarning aqidasi ham aynan shudir. Birovni mo'min-musulmon deb hukm qilish uchun u shahodat kalimasini aytishi shart. Birgina sahobadan rivoyat qilingan “joriya hadisi”ni deb, o'n besh nafar sahobadan rivoyat qilingan bu hadis tark qilinmaydi. Demak, bu masalada sizning hujjatingiz yo'q”.

Agar ular: “Sahihi Muslim”da kelganiga qaramay, bu hadisni qanday qilib zaifga chiqarasiz?” desa, bunday javob beriladi: “Unga zaif hadislardan bir nechtasi kirib qolgan, shuning uchun ham Imom Muslim kitobini to'rt nafar buyuk muhaddisga ko'rsatganida, to'rtta hadisdan boshqa barchasini sahih deb e'tirof etgan. “Joriya hadisi” ham ana o'sha zaif hadislardan biri bo'lishi mumkin”.

Shuningdek, Allohni ulug'lash nima-yu kamsitish nimaligini bilmaydigan ana shu kimsalarga: “Arshda o'tirish qanday qilib maqtov bo'lishi mumkin? Alloh taolo yuqorilikning eng so'nggi nuqtasida bo'lmish Arshdan ham, pastlikning eng so'nggi nuqtasi bo'lmish Yerning ettinchi qavatidan ham behojatdir. U zot ikkisini ham ulardan foydalanish uchun yaratmagan”, deyiladi.

Demak, Qur'oni karimdagi mutashobih oyatlarni ta'vil qilish ayrim kimsalar da'vo qilganidek bid'at emas, balki shar'iy zaruratdir. Alloh taolo haqida sog'lom e'tiqodda bo'lish uchun ham ta'vilga ehtiyoj bor. Ummatning haq va to'g'ri yo'lda bo'lgan salafi ham, xalafi ham bu ishni joiz deb bilgan. Hatto o'zlari ham ta'vil qilgan. Hijriy VII asrda yashab o'tgan Ibn Taymiyani salaf deb taqdim qilayotgan, aqidaviy, fiqhiy va boshqa qarashlarini xuddi Qur'on oyatlarini tutgandek tutayotgan salafchilar “Sahih”dagi ta'villar uchun hijriy 194 yilda vafot etgan Imom Buxoriyni ham bid'atchiga chiqaradimi?! Binobarin, salaflarga ergashayotgan ular emas, balki biz, ahli sunna val jamoa vakillari ekani o'z tasdig'ini topib bo'lgan. Haqiqatdan so'ng zalolatdan o'zga nima bor?

Alouddin NYeMATOV

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot

markazi ilmiy xodimi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

"Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi" — Ilhom Aliyev

24.08.2026   6851   2 min.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
 

"Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi", — dedi Ilhom Aliyev.



Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
 

"Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda", — dedi u.



Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
 

"Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi", — dedi Ozarbayjon Prezidenti.


Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.

Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
 

"Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir", — dedi u.



Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investitsiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.

 

VIDEO