Inson salomatligi u oziqlanayotgan suv va ne'matlar sofligiga bog'lik bo'lganidek, shaxs dunyoqarashining sog'lomligi va ilm saviyasi o'zlashtirayotgan ma'lumot va bilimlarining manbalariga bog'liqdir. Shu sababdan, davrimizda internet tarmog'idan foydalanish odobi ijtimoiy odoblarning eng ahamiyatlilaridan biri xisoblanadi.
Aslida internet, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarni tashkil etishdan asosiy maqsad ilm olish imkoniyatlarini osonlashtirish, o'zaro munosabatlarda qulaylik yaratish edi. Biroq bugungi kunga kelib, ularning vazifalari tobora kengayib, maqsadlari xam turlanib bormoqda.
Har narsaning yaxshi va yomon tarafi bo'lganidek, súngi paytlarda ijtimoiy tarmoklarning xam jiddiy xatarlari yuzaga chikmokda. Jumladan , ayni davrda ayrim buzgunchi okimlarning internetdan úz garazi yúlida keng foydalanayotgani , yoshlarni úz domiga
tortayotgani, ayrim saytdarda bexayolik, turli fitnalar jamiyatni beqarorlashtiruvchi yolg'on ma'lumotlar berilayotganini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun xam xalqimiz xususan, yoshlarni ana shunday xatarlardan ogoh etish xar bir ziyoli ma'rifatparvar insonning eng dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda. Hozirgi davrida eng asosiy muammoga aylangan illatlardan biri-yolg'on axboratdir. Ayniksa, ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz ma'lumotlarni tarqatish, turli bo'xtonlar va uydirmalarni urchitish xolatlari ko'plab uchramoqda. Ayrim soddadil musulmonlar mana shunday uydirmalarga ishonib, yolgon va bo'xtonga sherik bo'lib qolmoqdalar. Eng achinarlisi-ko'pincha tarqatilgan yolg'on ma'lumotlar oqibatida insonning obro' va sha'ni toptalmoqda, shariatimizda qaytarilgan katta gunohlarga yo'l ochilmoqda.
Shariatimizga ko'ra, xar bir musulmonning sha'ni va obro'sini to'kish xuddi qonini to'kish yoki molini o'zlashtirish kabi boshqa musulmon uchun xaromdir.
So'ngi yillarda internet siyosiy kurashlar maydoni, turli xil manfaatlarning kuchli quroliga xam aylanib bormoqda.
Buzgunchi to'dalar, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda odamlarn, ayniksa yoshlarni to'g'ri yo'ldan adashtirish, ulardan o'zlarining garazli maksadlari yo'lida foydalanish, jamiyatda nifok chikarish xamda eng achinarlisi urush olovini yokishga urinishmokda va bunga ma'lum ma'noda erishishmokdalar xam. Bunga yakin tariximizda “arab baxori” deb nom olgan ziddiyatlar misol bo'ladi.
Internet va ijtimoiy tarmoklar orkali dindan, shariatdan gapirayotgan, lekin aslida kimligi xam, kimdan talim olgani xam noma'lum kimsalardan din olinmaydi. Chunki fatvo bu din demakdir. Shuning uchun mashxur tobein Muxammad ibn siyrin raxmatulloxi alayxi “bu ilm-dindir. Dinlaringizni kimdan olayotganingizga karanglar” deganlar. (imom muslim rivoyati).
Ijtimoiy tarmoklar orkali dinimizga bo'layotgan zararlardan yana biri xar bir yurtning peshkadam olimlarini taxkirlash, tuxmat-bo'xton so'zlari bilan obro'sizlantirish, ularni nifokda ayblashdir. Ularning bundan o'ylagan maksadlari musulmon ommasini ilmiy raxbarsiz koldirib, o'zlariga ergashtirish va boshkarishdir, albatta, ijtimoiy tarmoklarni butkul yomonga chikarishga xakkimiz yo'q. Hammamiz xam yangiliklardan xabardor bo'lish, dunyokarashimizni ústirish maksadida internet tarmogiga murojat kilamiz. Muhimi ulardan okilona foydalansak, xususan yoshlarni aklan va ruxan to'g'ri tarbiya topishida, turli yot karashlar ta'siriga tushib kolmasliklariga xushyor bo'lsak, maksadga muvofik bo'ladi.
Z.Sobirov
Urganch shahar “Miskin bobo” masjidi imom noibi
Saudiya Arabistonining turizm va sayohatlarga ixtisoslashgan “Arab Tourist” elektron nashrida “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan va Buyuk ipak yo‘li bilan bog‘langan mamlakat” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Maqolada Buyuk ipak yo‘li tarixida o‘zbek shaharlarining tutgan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Xususan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar asrlar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, fan va madaniyat markazlari sifatida xizmat qilgani ta’kidlanadi. Registon maydoni, Ichan-qal’a va Buxorodagi me’moriy obidalar islom sivilizatsiyasi hamda jahon madaniy merosining bebaho durdonalari sifatida tilga olinadi.
Bundan tashqari, nashr O‘zbekistonning rang-barang tabiati va geografik relefiga to‘xtalib o‘tgan. Qizilqum cho‘li, serhosil Farg‘ona vodiysi, Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari aholi joylashuvi va qishloq xo‘jaligi rivojida muhim o‘rin tutishi qayd etiladi.
Nashr, shuningdek, Buyuk Mirzo Ulug‘bek kabi donishmandlarning astronomiya va matematika sohasidagi buyuk kashfiyotlarini alohida e’tirof etgan.
Xulosada ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijon kabi shaharlar bugungi kunda nafaqat ma’muriy va iqtisodiy, balki jadal rivojlanayotgan yirik madaniy-turistik markazlar sifatida dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati