Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Ijtimoiy tarmoqlarning xatari

07.02.2022   1993   3 min.
Ijtimoiy tarmoqlarning xatari

Inson salomatligi u oziqlanayotgan suv va ne'matlar sofligiga bog'lik bo'lganidek, shaxs dunyoqarashining sog'lomligi va ilm saviyasi o'zlashtirayotgan ma'lumot va bilimlarining manbalariga bog'liqdir. Shu sababdan, davrimizda internet tarmog'idan foydalanish odobi ijtimoiy odoblarning eng ahamiyatlilaridan biri xisoblanadi.

  Aslida internet, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarni tashkil etishdan asosiy maqsad ilm olish imkoniyatlarini osonlashtirish, o'zaro munosabatlarda qulaylik yaratish edi. Biroq bugungi kunga kelib, ularning vazifalari tobora kengayib, maqsadlari xam turlanib bormoqda.

            Har narsaning  yaxshi va yomon tarafi bo'lganidek, súngi paytlarda ijtimoiy tarmoklarning  xam jiddiy xatarlari yuzaga chikmokda. Jumladan , ayni davrda ayrim buzgunchi okimlarning internetdan úz garazi yúlida keng foydalanayotgani , yoshlarni úz domiga

tortayotgani, ayrim saytdarda bexayolik, turli fitnalar jamiyatni beqarorlashtiruvchi yolg'on ma'lumotlar berilayotganini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun xam xalqimiz xususan, yoshlarni ana shunday xatarlardan ogoh etish xar bir ziyoli ma'rifatparvar insonning eng dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda. Hozirgi davrida eng asosiy  muammoga aylangan illatlardan biri-yolg'on axboratdir. Ayniksa, ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz ma'lumotlarni tarqatish, turli bo'xtonlar va uydirmalarni urchitish xolatlari ko'plab uchramoqda. Ayrim soddadil musulmonlar mana shunday uydirmalarga ishonib, yolgon va bo'xtonga sherik bo'lib qolmoqdalar. Eng achinarlisi-ko'pincha tarqatilgan yolg'on ma'lumotlar oqibatida insonning obro' va sha'ni toptalmoqda, shariatimizda qaytarilgan katta gunohlarga yo'l ochilmoqda.

Shariatimizga ko'ra, xar bir musulmonning sha'ni va obro'sini to'kish xuddi qonini to'kish yoki molini o'zlashtirish kabi boshqa musulmon uchun xaromdir.

 So'ngi yillarda internet siyosiy kurashlar maydoni, turli xil manfaatlarning kuchli quroliga xam aylanib bormoqda.

    Buzgunchi to'dalar, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda odamlarn, ayniksa yoshlarni to'g'ri yo'ldan adashtirish, ulardan o'zlarining garazli maksadlari yo'lida foydalanish, jamiyatda nifok chikarish xamda eng achinarlisi urush olovini yokishga urinishmokda va bunga ma'lum ma'noda erishishmokdalar xam. Bunga yakin tariximizda “arab baxori” deb nom olgan ziddiyatlar misol bo'ladi.

  Internet va ijtimoiy tarmoklar orkali dindan, shariatdan gapirayotgan, lekin aslida kimligi xam, kimdan talim olgani xam noma'lum kimsalardan din olinmaydi. Chunki fatvo bu din demakdir. Shuning uchun mashxur tobein Muxammad ibn siyrin raxmatulloxi alayxi “bu ilm-dindir. Dinlaringizni kimdan olayotganingizga karanglar” deganlar. (imom muslim rivoyati).

Ijtimoiy tarmoklar orkali dinimizga bo'layotgan zararlardan yana biri xar bir yurtning peshkadam olimlarini taxkirlash, tuxmat-bo'xton so'zlari bilan obro'sizlantirish, ularni nifokda ayblashdir. Ularning bundan o'ylagan maksadlari musulmon ommasini ilmiy raxbarsiz koldirib, o'zlariga ergashtirish va boshkarishdir, albatta, ijtimoiy tarmoklarni butkul yomonga chikarishga xakkimiz yo'q. Hammamiz xam yangiliklardan xabardor bo'lish, dunyokarashimizni ústirish maksadida internet tarmogiga murojat kilamiz. Muhimi ulardan okilona foydalansak, xususan yoshlarni aklan va ruxan to'g'ri tarbiya topishida, turli yot karashlar ta'siriga tushib kolmasliklariga xushyor bo'lsak, maksadga muvofik bo'ladi.

 

Z.Sobirov

Urganch shahar “Miskin bobo” masjidi imom noibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Dohada «Uzbekistan: Heritage in Motion» ko‘rgazmasi ochiladi

02.09.2026   29841   2 min.
Dohada «Uzbekistan: Heritage in Motion» ko‘rgazmasi ochiladi

2026-yil 3-sentabr kuni Dohadagi Islom san’ati muzeyida O‘zbekiston tarixi va madaniy merosiga bag‘ishlangan «Uzbekistan: Heritage in Motion» ko‘rgazmasi ochiladi. Ekspozitsiya Markaziy Osiyoda islom dini tarqalishidan oldingi davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy va madaniy jarayonlarni qamrab oladi hamda 28-noyabrgacha davom etadi.

Loyiha O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Islom san’ati muzeyi hamkorligida tashkil etilmoqda. Ko‘rgazma so‘nggi uch o‘n yillikdagi O‘zbekiston tarixini mamlakatning zamonaviy madaniy qiyofasi shakllanishi nuqtayi nazaridan namoyish etuvchi ilk xalqaro ekspozitsiya bo‘ladi.

Ekspozitsiyada Qatar va O‘zbekistondagi yetakchi muzey hamda madaniy muassasalar kolleksiyalaridan namunalar namoyish etiladi. Ular orasida Afrosiyobning mashhur devoriy tasviri, «Katta Langar» Qur’oni, Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalari, Buxoro kulolchilik namunalari, XIX–XX asrlarga oid milliy liboslar, zargarlik buyumlari, ipak matolar va an’anaviy hunarmandchilik asarlari bor.

Ko‘rgazma qadimgi mintaqa tarixi, me’moriy meros, islom sivilizatsiyasining intellektual yutuqlari hamda an’anaviy hunarmandchilik rivojiga bag‘ishlangan to‘rtta tematik bo‘limdan iborat. Unda O‘zbekistonning islom olamida fan, madaniyat va san’at rivojining tarixiy markazlaridan biri sifatidagi o‘rniga, shuningdek, Somoniylar va Temuriylar davri merosiga alohida e’tibor qaratiladi.

Tarixiy meros mamlakatning zamonaviy madaniy rivoji bilan uzviy bog‘liq holda namoyish etiladi. Dekorativ-amaliy san’at, to‘qimachilik va zargarlik an’analariga alohida o‘rin beriladi.

Ko‘rgazma doirasidagi ommaviy dastur ma’ruzalar, mahorat darslari, an’anaviy hunarmandchilik namoyishlari, shuningdek, ikat san’ati va ipak ishlab chiqarishga bag‘ishlangan taqdimotlarni o‘z ichiga oladi. 3–16-sentabr kunlari rassom Davlat Toshev rezidentlik dasturi doirasida mahalliy rassomlar va ko‘rgazma tashrif buyuruvchilari uchun Sharq miniatyurasi hamda «Abrū-Bahor» texnikasiga bag‘ishlangan mahorat darslarini o‘tkazadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

2017-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mamlakatning madaniy merosini asrash va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Jamg‘arma 17 dan ortiq mamlakatda xalqaro loyihalarni amalga oshirgan va 40 dan ortiq xorijiy madaniyat muassasalari bilan hamkorlik qilgan.

Dohadagi Islom san’ati muzeyi 2008-yilda tashkil etilgan. Muzey kolleksiyasi qariyb 1 300 yillik tarixni qamrab oladi va unda qo‘lyozmalar, kulolchilik buyumlari, metall va shisha mahsulotlari, to‘qimachilik namunalari, gilamlar hamda zargarlik buyumlari mavjud.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 
 
Dunyo yangiliklari