Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

Hizbut tahrirning “halifalik” masalasiga raddiya

02.02.2022   1511   3 min.
Hizbut tahrirning “halifalik” masalasiga raddiya

Taniqli alloma Sa'duddin Taftazoniy rahimahullohning “Sharh al-aqoid an-nasafiya” asarida “xalifalik” masalasi alohida keltirilgan. Chunki, “xalifalik” masalasi o'sha davrda ham, bugun ham muhim muammolardan hisoblanadi. Bugungi kunda ham ba'zi oqimlar tomonidan “Islom xalifaligi”ni qurish g'oyasi ilgari surilmoqda. Agarda tarixga nazar tashlansa, bu masala ham davriy takrorlanib turganiga guvoh bo'lish mumkin.

“Sharh al-aqoid an-nasafiya” asarida bu to'g'rida quyidagicha bayon qilingan:

الخِلَافَةُ ثَلَاثُونَ سَنَةً ثُمَّ بَعْدَهَا مُلُكٌ وَ إِمَارَةٌ.

“Halifalik o'ttiz yildir. Undan keyin podshohlik va amirlikdir”.

Ushbu fikrini isbotlash maqsadida alloma Taftazoniy Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan quyidagi hadisni keltiradi:

الخِلَافَةُ بَعْدي ثَلَاثُونَ سَنَةً ثُمَّ تَصْيِرُ بَعْدَهَا مُلُكًا وَ عُضُوضًا.

“Mendan keyin halifalik o'ttiz yildir. Undan keyin podshohlik va yakka hokimliklarga aylanib ketadi”.

Mazkur hadis sahih bo'lib, bir qancha muhaddislar tomonidan rivoyat qilingan. Shundan keyin, Alloma Taftazoniy sahoba Hazrati Ali karramallohu vajhahuning mazkur o'ttiz yilning boshida turishligini aytganlar. Undan keyin hukmronlik qilganlar esa, podshoh va amirlar bo'ladi, deydilar. Jumladan, sahoba Muoviya raziyallohu anhu va undan keyingi amirlar xalifalardan emasligini aytiladi.
Hulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, “xalifalikni qayta qurish” masalasi asrlar davomida turli firqalar tomonidan davriy ravishda ko'tarilib turgan. Bugungi kunda ham bu masala ba'zi adashgan firqalar tomonidan ko'tarilmoqda. Yuqorida keltirilgan dalillar mazkur oqimlarning qarashlari noto'g'riligini isbotlaydi va ularning qilayotgan bu da'volari faqat o'zlarining g'arazli maqsadlarini niqoblashdan o'zga holat emas ekanini ko'rsatadi.
Birinchidan, “rahbar” deb tarjima qilingan so'z matnda “imom” (“الْإِمَامُ”) shaklida kelgan. Aqoid ilmi istilohida “imom” so'zi ikki ma'noda keladi: davlat rahbari va imom-xatib. Bu o'rinda davlat rahbari ma'nosida kelgan.
Lekin, “مَنْ مَاتَ مِنْ أَهْلِ الْقِبْلَةِ” hadisida kelgan “imom” (“الْإِمَامُ”) so'zidan murod esa, Muhammad sollallohu alayhi va sallamdirlar. Unda va uning ma'nosidagi hadislarda “xalifa” so'zi keltirilgan emas.
Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan hadis ma'nosidan ma'lum bo'ladiki, “komil xalifalik” o'ttiz yil. Ya'ni, Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Hattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhumlar davri. Shuningdek, mazkur to'rt sahoba Rasulloh sollallohu alayhi va sallamning xalifalari bo'lganlar. Mazkur o'ttiz yildan keyin paydo bo'lgan davlatlar esa, podshohlik va amirliklar edi. Demak, bundan ma'lum bo'ladiki, podshohlik va amirliklar “o'rinbosar”, ya'ni, “xalifa” tomonidan emas, balki, “podshoh” va “amir”lar tomonidan boshqariladi.

"Mulla Nazar Oxun" masjidi imom xatibi

QOZOQOV MAShRABBOY

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“The Jordan Times”: Toshkentda islom sivilizatsiyasi va yangi kashfiyotlarga bag‘ishlangan xalqaro media forumi o‘tkaziladi

24.08.2026   5155   1 min.
“The Jordan Times”: Toshkentda islom sivilizatsiyasi va yangi kashfiyotlarga bag‘ishlangan xalqaro media forumi o‘tkaziladi

Iordaniyaning  nufuzli “The Jordan Times” nashrida 24–29 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro media forumi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada yozilishicha, tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, yetakchi ekspertlar va media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.

O‘zbekistonning Iordaniyadagi elchixonasining ma’lum qilishicha, ushbu forum dasturidan yalpi majlislar, media ko‘rgazmalar, matbuot brifinglari va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan. Uchrashuvlarda hujjatli kino va tarixiy xotira, nashriyot loyihalari va zamonaviy texnologiyalar, xalqaro media loyihalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik talabalar uchun jahon media sanoatining yetakchi vakillari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, media ishlab chiqarish va xalqaro axborot makonida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha tajriba almashadi.

Nashrda qayd etilishicha, forum ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga sayohat qilishadi. Safar doirasida mehmonlar Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, shaharning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishadi. Shuningdek, Toshkentda xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus mediatur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum 28 avgust kuni yakuniy yalpi majlis va rasmiy yopilish marosimi bilan yakunlanadi. Mehmonlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari