Ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan kishilar afv etilib, jamiyatimizda munosib o'rin topishi uchun ko'mak berib kelinmoqda.
Muhtaram Yurtboshimizning afv etish tŭg'risidagi farmoni bilan oilasi bag'riga qaĭtgan shaĭxontohurlik otaxon ŭtmishi haqida bundaĭ sŭzlab berdi: “Otakasb – ustachilik orqali oila tebratar, ro'zg'ordagi kam-ko'stni ulovimda kirakashlik qilib to'ldirardim. Turmushim shu zaylda o'tardi. Bu holat bir kishi bilan tanishgunimcha davom etdi. Kutilmagan “do'st”ning g'amxo'rligi sabab tezda yaqin qadrdonga aylandik. U mening diniy bilimim etarli emasligi, ilm o'rga nishim kerakligi, buning uchun har qanday yordamga tayyorligini aytardi. Davomiy nasihatlardan so'ng u bergan kitoblarni o'qidim.
Uning tavsiyasi bilan “Halqa” deb nomlangan haftalik, so'ngra oylik katta yig'inlarga ham qatnasha boshladim. Shu tariqa dunyoga boshqacha nazar bilan qaraydigan bo'ldim. Uchrashuvlarning birida meni “Hizbut tahrir” oqimiga a'zo qilishdi. Keyin esa tarafdorlar yig'ib, dars o'tishim kerakligini aytishdi. Ba'zida guruhning ayrim a'zolari qo'lga tushib qolar, bunday payt ishni biroz to'xtatib turardik. Mendagi o'zgarishni sezgan yaqinlarim to'g'ri yo'lga qaytarishga harakat qilishdi. Ammo ularning gap-so'zi qulog'imga kirmas, ba'zida ko'nglimda uyg'ongan qo'rquv va ishtibohlar yig'inlardagi ta'sirli da'vatlardan so'ng yo'qolardi…
2005 yil fevral' oyida bir xonadonda ustachilik qilayotganimda ichki ishlar idorasi xodimlari meni olib ketishdi. Aybimga iqror bo'ldim. Uzoq yilga ozodlikdan mahrum etilganim to'g'risidagi sud hukmi o'qilganida yaqinlarimning ko'zlariga qarolmadim. Nafaqat o'zim, balki butun oilam sha'nini toptaganimni bildim, ammo kech bo'lgan edi…
Jazoni ijro etish muassasasidagi kutubxonada sof Islom diniga oid kitoblarni o'qib chiqdim. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda doimiy qatnashib bordim. Natijada qilgan xatoyimni tushunib etdim…
Alhamdulillah, jazo muddatim tugamasdan oilam bag'riga qaytdim. Buning uchun hukumatimizdan minnatdorman. Hozir yaqinlarim davrasida, farzandlarim qurshovida
keksalik gashtini suryapman. Qolgan umrimda kuch-g'ayratimni xalqimiz ishonchini oqlashga, faqat yaxshilik qilishga, nabiralarimning tarbiyasiga bag'ishlayman, inshoalloh”.
Bu – bir kishining boshidan ŭtkazganlari. Suhbatdoshimiz kabi kŭplab yurtdoshlarimiz ŭz oilasi bag'riga qaĭtdi…
– Dinimiz ta'limotlarida afv maqtalgan fazilat hisoblanadi, – deĭdi Chilonzor tumanidagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov. – Alloh taolo mŭmin-musulmon bandalarini ushbu sifat bilan ziĭnatlanishga buyuradi: “Afvni (qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o'giring!” (A'rof surasi, 199-oyat). Ushbu oyat nozil bŭlganda Paĭg'ambarimiz Muhammad sollallohu alaĭhi va sallam Jabroil alaĭhissalomdan uni sharhlab berishni sŭraganlar. U zot alaĭhissalom: “Alloh taolo zulm qilgan kishini afv eting, bermagan kishiga bering, sizdan uzilib ketgan kishiga yaqin bo'ling, deb buyurmoqda”, deganlar (Imom Tabariy tafsiri).
Ana shu olijanob sifatlarga ega bŭlgan kishi bu dunëda insonlarning mehr-muhabbati, olqishi va maqtoviga sazovor bŭladi, turli ë monliklardan saqlanadi. Oxiratda esa ulug' ne'mat – jannatga va Rabbimizning roziligiga erishadi. Alloh taolo barchamizni afv qilish fazilati va odobi bilan siĭlasin.
Bahriddin HUShBOQOV tayyorladi.
“Hidoyat” jurnalining 2019 yil, 7-sonidan
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:
Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;
Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.
Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati