"Ziyo" media markazi va "Navro'z" radiosi hamkorligida tayyorlangan "Ma'rifat ziyosi" radio dasturi
Dastur mehmoni: "Huvaydo" jome masjidi imom-xatibi
Abror domla Alimov
Suxandon: Nurmuhammad Ziyodulloh o'g'li
#duo_zikr_sovuq
اللَّهُمَّ أَجِرْنِي مِنْ زَمْهَرِيرِ جَهَنَّمَ
O‘qilishi: Allohumma ajirniy min zamhariyri jahannama.
Ma’nosi: Allohim meni jahannamning qattiq sovug‘idan asra.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: "Do‘zax ahli jahannamning jazirama issig‘idan najot so‘raydilar va ularning so‘roviga suyaklari sinib ketadigan darajada kuchli bo‘lgan sovuq shamol beriladi. So‘ngra do‘zax ahli yana yolvorib issiqlik so‘rashadi".
Allohim, bizni do‘zaxning issiq va sovuq azobidan O‘zing asra.
Davron NURMUHAMMAD