Barcha mo'min - musulmonlar o'tganlarga atab, Qur'on tilovat qilishga odatlanishgan. Turli mazxablarning ulomolari xam bu ishga o'z fatvolarini berganlar. Ammo ba'zi bir bemazxablar bu ishga xilof qilishib, ixtilof chiqarishga urinishmoqda. Ular dastlabki paytda bu ish bo'lmagan degan gap bilan odamlarni o'tganlarga atab qur'on tilovat qilishdan qaytaradilar. Bemazxablarning bu masalada avval aytib o'tilgan gapdan boshqa dalillari yo'q. Ammo “Dastlabki paytlarda bu ishning ommaviy ravishda bo'lmaganining o'zi uni qilmaslikka dalil bo'la oladimi ?” degan gap ularning xayollariga ham kelmaydi.Albatti qur'on tilovati eng afzal ibodatlardan bo'lib, u bilan musulmon banda Robbiga yaqin bo'ladi.Qur'on qiroati insonga manfaatli bo'lib, xoh vafotidan keyin bo'lsin, xoh manzilida yoki uyida bo'lsin, xoh janozadan keyin yoki oldin bo'lsin yoki qabr oldida bo'lsin, bu narsa shar'iy xukmda joiz xisoblanadi va Alloh taoloning fazli bilan mayyitning qabrida azoblar engillashiga sabab bo'ladi. Bu xaqda Rasululloh (s.a.v) xabar berib, o'liklarga qur'on qiroat qilishga undaganlar “Biror mayyitga “Yasin” surasi o'qilsa, engillik bo'ladi” deganlar. Albatta, ushbu qur'on tilovati odoblariga amal qilib, xarflarni o'z maxrajidan chiqarish kerak. Hanafiy mazxabidagilar mayyitga xam , tirklarga xam qur'on qiroatining savobi etib borishi joizligini aytishgan. “Hidoya, Badoi'” va boshqa kitoblarda bayon qilingan. Shuningdek Shofe'iy mazxabi ulomolari xam qiroatning savobi , agar o'quvchi Alloh taolodan so'rasa, mayyitga etib borishini aytishgan. Ibn Abu Zayd (r.a) “Risola” kitobida Ibn Faxrundan rivoyat qilib aytishicha, Molikiy mazxabi imomlari xam mayyitga qiroat savobi borishini aytishgan. Hanbaliy faqixlaridan Ibn Qudoma (r.a) “Mayyit barcha qurbat bo'luvchi narsalardan manfaat oladi. Demak inson qanday qurbat qilsa xam, savobini mayyitga bag'ishlasa, Alloh taoloning izni bilan manfaat oladi” deganlar.
Hulosa qilib aytadigan bo'lsak , qur'on tilovati mayyitga , xoh u mayyit qabrda bo'lsin yoki uzoqda bo'lsin, joizdir. Alloh taoloning izni bilan savobi mayyitga etib boradi. Hususan, qori qiroati savobini mayyitga bag'ishlasa.
Jarqo'rg'on tuman “Oq qo'rg'on” jome masjidi imom-xatibi A.Halilov
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.
Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati