Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Yanvar, 2026   |   28 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:39
Shom
17:25
Xufton
18:42
Bismillah
17 Yanvar, 2026, 28 Rajab, 1447

07.12.2023   3702   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov – Toshkent islom institutining birinchi rektori

16.01.2026   1261   2 min.
Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov – Toshkent islom institutining birinchi rektori

 

Toshkent islom institutida taniqli ulamo, Oliy ma’hadning birinchi rektori Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda Shayx hazratning farzandi — Muhammadakmalxon domla Shokirov ishtirok etib, padari buzrukvorining ibratli hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berdi. Davra suhbati davomida Oliy ma’hadning tashkil etish jarayoni, ilk rektor sifatidagi fidokorona xizmatlari, pedagogik mahorati va yuksak insoniy fazilatlariga oid nodir faktlar tilga olindi.

 

 

Institut jamoasi hamda «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ustozlari qatnashgan uchrashuvda Shayx Yusufxon to‘ra Shokirovning nafaqat din xodimi, balki mehribon oila boshlig‘i va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan buyuk sulola vakili sifatidagi siymosi gavdalantirildi. Tadbir yakunida mazmunli suhbat uchun Muhammadakmalxon domlaga institut rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

 

Shayx Yusufxon to‘ra hayotiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar davom etmoqda:

Yubiley doirasida talabalar uchun quyidagi mavzularda suhbatlar tashkil etilmoqda:

  • Uyg‘un domla G‘afurov (TII rektori): «O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limining tashkil etilishi va undagi Shayx Yusufxon to‘raning faoliyati»;

  • Shayx Abdulaziz Mansur (Faxriylar kengashi raisi): «Shayx Yusufxon to‘raning pedagogik va shaxsiy fazilatlari»;

  • Foziljon domla Ubaydullayev (Mirza Yusuf masjidi imom-xatibi): «Shayx Yusufxon to‘raning Diniy idora masjidlar bo‘limidagi faoliyati».

 

 

Bu kabi xotira tadbirlari ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtani bog‘lashga, talaba-yoshlar qalbida ulug‘ ustozlarga nisbatan ehtirom va ilmga muhabbat uyg‘otishga xizmat qiladi.

Yoqubjon Buxarboyev,

TII prorektori

Yangiliklar