Kecha, 6 dekabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va takliflarini eshitdi. Qabul chog'ida ular tomonidan ko'tarilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, oilaviy masalalar, diniy ta'lim hamda moddiy yordam olish singari masalalarning aksariyati ijobiy hal etildi.
Mana shunday samimiy qabul va g'amxo'rlikdan mamnun bo'lgan fuqarolar O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ko'rsatilgan e'tibordan ko'ngillari shod bo'ldi.
Bu kabi qabul jarayonlari O'zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.





O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati