Missionerlik- lotincha “yuborish” va “topshiriq” ma'nolarini bildirib, bir dinni boshqa dindagilar o'rtasida tarqatish soxasidagi cherkov (ya'ni, katolik va protestantlar kabi yo'nalishlar) tashkilotlarning faoliyatidir. Sodda qilib aytganda, missionerlik xristianlashtirishdir. Shuni bilish lozimki da'vat (nasixat) boshqa, missionerlik boshqa narsadir.
Bir din vakilini o'z qavmiga xitobi da'vat bo'lib, har bir inson bu ishni qilishi mumkin. Ammo bir din vakilining boshqa dindagilarni o'z diniga og'dirish uchun qiladigan xarakati esa, missionerlik deyiladi va bu qonun bilan ta'qiqlanadi. Ming afsuslar bo'lsinki oxirgi paytlarda ba'zi shaxslar muqaddas dinimiz Islomni qo'yib, boshqa dinga o'tib ketish xollari kuzatilmoqda. Bu xolga chek qo'yilmas ekan, millat barqarorligiga tahdid solinishi turgan gap!
Dunyo tarixiga nazar soladigan bo'lsak, missionerlarning o'zga din vakillari orasidagi faoliyati xar doyim mintaqa barqarorligini buzgan, axoli orasida notinchlik va qon to'kilishlarga sabab bo'lgan.
Missionerlarning g'arazli maqsadlari va faoliyatlari:
Halqni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jixatdan G'arb davlatlari ta'sir doirasiga olish;
Halqlarda o'z diniga nisbatan shubha uyg'otish, ularning o'z dinidan chiqarish va dinsiz qoldirish;
Qadimdan xristian bo'lganlarni o'z dinlarida mustahkamroq turishga chorlash va ular safini yangi xristianlar bilan to'ldirish.
Ular maqsadlari yo'lida barcha vositalardan foydalamoqda, ularning xiyla nayranglari moddiy rag'batlantirish va turli aldov yo'llari bilan olib boradi.
Ba'zi vatandoshlarimiz ularning ketidan ergashib ketayotganining Birinchi sababi – muqaddas Islom dini xukmlaridan mutlaqo bexabarlik.
Ikkinchisi sabab – yon atrofimizdagi kam ta'minlangan oilalar, nogironlar va boquvchisidan ayrilgan qariyalar beva- bechoralardan vaqtida xabar olinmayotgani, moddiy va ma'naviy berilmayotgani bilan bevosita bog'liq. Missionerlar bu «imkoniyat»dan «unumli» foydalanib ba'zi muhtojlarning ko'nglini ovlab, dindan chiqarmoqda. Bu esa bizni jamiyat va xalqimizma'naviy va moddiy ahvoliga yanada jiddiyroq e'tibor qaratishimizni taqozo etadi.
Alloh taolo Qur'oni karimda murtadlik ya'ni Islom dinidan chiqish haqida qat'iy ta'kidlab shunday degan:
“Sizlardan kimda kim o'z (Islom) dinidan qaytib, kofir holida o'lsa, unday kimsalarning qilgan amallari (toat ibodatlari) dunyoyu oxiratda behuda ketar. Ular do'zax ahlidirlar va unda mangu qolurlar” (Baqara surasi, 217- oyat)
Shu o'rinda katta shaxarlardan birida bo'lgan voqeani eslaylik: O'ziga to'q, maxallada xurmat e'tiborli bir otaxonni oliygohda ta'lim oliyotgan qizlari yo'ldagi baxtsiz tasodif tufayli vafot etadi. Uning janozasiga maxalladoshlar, qarindosh-urug'lar, quda-andalar kabi mingdan ortiq kishi to'planadi. Mayit tobudga solinib janoza o'qilishi uchun olib chiqilmoqchi bo'lganda, qayerdandir ikki nafar missioner da'vatchilari kelib bu qizni dinini o'zgartirib ularning sektasiga qo'shilganini aytib, isbotlar keltirishadi. Marxumani muslima emasligi, dinini o'zgartirganligi barchaga ayon bo'ladi. Tabiiyki unga janoza buyurilmaydi va yig'ilgan jamoa tarqab ketadi. Marxumaning otasi bu sharmandalikni ko'tara olmay yurak xurujidan vafot etadi.
Dunyo uchun oxiratini sotgan kimsa dunyo va oxiratda xo'rlik va sharmandalikka uchrashi aniq!
Bahodir Sharipov,
Chust tuman bosh imom xatibi
2 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Islom Karimov mamlakatimiz tarixining g‘oyat murakkab va mas’uliyatli davrida O‘zbekistonga rahbarlik qildi. Uning nomi mustaqillikning qo‘lga kiritilishi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi va yurtimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqishi bilan uzviy bog‘liq.
Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.
Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni angladik, nomi hamisha e’zozda bo‘lgan ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik.
Shu ma’noda, mustaqilligimizning poydevorini yaratishga, mamlakatimiz tinchligi va barqarorligini ta’minlashga, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilishga katta hissa qo‘shgan insonlar xotirasini e’zozlash muhim ma’naviy qadriyatdir.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi.
Samarqandga tashriflar chog‘ida uning maqbarasini ziyorat qilish ezgu an’anaga aylandi.
Marosimda Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Islom Karimovning mamlakatimiz mustaqilligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi.
Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar vakillari, ziyolilar va Toshkent shahri jamoatchiligi ham Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.