O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Namangan viloyati Pop tumani "Muhammadjon qori" jome masjidi imom-xatibi Qodirxon domla Umurzaqovning padari buzrukvorlari Jo'raxon hoji otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo'lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o'stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o'zlariga hamroh aylab, O'z mag'firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o'qituvchi-mudarrislari nomidan Qodirxon domla Umurzaqovga, u kishining oila a'zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Janoza 7 dekabr' kuni soat 09:00 da Pop tumanidagi "Kichik xo'jabod" masjidida o'qiladi.
Manzil: (https://www.google.com/maps/place/Kichik+Xo'jaobod+jome+masjidi/@40.869528,71.1038821,17z/data=!3m1!4b1!4m6!3m5!1s0x38bad7d0d343d305:0x8b1b089ebcdf15eb!8m2!3d40.869528!4d71.1038821!16s%2Fg%2F11ptt_xp5b?entry=ttu)
"Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun".
«Musibat etganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati