Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Avgust, 2026   |   14 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:20
Quyosh
05:44
Peshin
12:25
Asr
17:07
Shom
19:08
Xufton
20:28
Bismillah
27 Avgust, 2026, 14 Rabi`ul avval, 1448

Ulamolarni haqorat qilganga ta'zir beriladi

23.12.2021   1832   3 min.
Ulamolarni haqorat qilganga ta'zir beriladi

“al-Qunya”da “Bahr ar-roiq”da hatto birorta g'ayridinni kofir deb haqorat qilgan kimsaga ta'zir beriladi, deyilgan (Ibn Nujaym al-Misriy. Bahr ar-roiq. 5-jild. – Misr: Ilmiya, 1893. – B. 47).

“al-Hidoya”ning eng mo''tabar sharhi bo'lmish “Fath al-qadir”da Ibn al-Humom (r.h.) hazratlari: و كذا المسلم اذا شتم الذمى يعزر لانه ارتكب معصية – “Shuningdek, musulmon biror zimmiyni (musulmonlar yurtida yashayotgan boshqa din vakilini) so'ksa, unga ta'zir beriladi, chunki u gunoh orttirgan bo'ladi”, deganlar(Kamoliddin ibn al-Humom. Fath al-qadir. 2-jild. – Laknau: Navolkishvar, 1885. – B. 649).

Yuqorida aytilganidek, ta'zir berishni hokim va qozining o'zi belgilaydi. Uch darradan o'ttiz to'qqiz darragacha urish, jarima solish, hibs qilib qo'yish kabi jazo turlaridan birini tanlaydi, qattiq do'q-po'pisa bilan ish bitadigan bo'lsa, uni qo'llab ko'radi. “Fath al-qadir”da buyuk faqih Ibn al-Humom (r.h.) aytishicha, shuningdek, “Badoye' as-sanoye'”da ulug' faqih vatandoshimiz Abu Bakr al-Kosoniy (r.h.) aytishicha, ta'zir berishning ham o'ziga xos martabalari bor ekan: 1) eng sharafli zotlar ta'ziri. U olimlar, ulamolar, nasabi pok sayyid va eshonzodalarga beriladigan ta'zir. Ularga qozi borib: “Menga xabar berishlaricha, sen shunday-shunday debsan, bunday-bunday qilibsan!”, deb do'q uradi, ogohlantiradi, hayfsan e'lon qiladi. 2) sharaflilar ta'ziri. Bunga amirlar, boshliqlar, boy-badavlat odamlar kiradi. Ularga ta'zir berish usulida qozi ularni qozixonaga chaqirtiradi, urushadi, ogohlantiradi, qo'rqitadi. Bulardan jarima undiradi, degan olimlar ham bor. 3) o'rta tabaqa vakillarining ta'ziri. Ularni qozi qozixonaga chaqirtiradi, ogohlantiradi, urushadi va bir necha muddat siyosat qilib qamab ham qo'yadi. 4) eng past tabaqadagi pastkash va gunohkorlar. Ularni qozi qozixonaga chorlab, urushib, ogohlantirib, bir oz muddat qamab ham qo'yib, darra urdiradi (Kamoliddin ibn al-Humom. Fath al-qadir. 2-jild. – Laknau: Navolkishvar, 1885. – B. 643-644; Abu Bakr al-Kosoniy. Badoye' as-sanoye'. 7-jild. – Qohira: Jamoliya, 1910. – B. 64).
Hullas, birovni haqorat qilishga haqqingiz yo'q! Kofirniki, kofir deb so'kishga shar'an haqqingiz yo'q ekan, biror kimsani, ayniqsa, olim va domlalarni so'kishga, haqorat etishga, “vahhobiy”, “yahudiy”, “iflos”, “zolim”, “balo-battar” deyishga sizga aslo huquq berilgan emas! So'kib-haqorat qilaveradigan bo'lsangiz, sizni bu dunyoda ta'zir jazosi kutadi, oxiratda qattiq malomatga qolasiz. Bu dunyoda ta'zirdan qutilib qolish mumkin, shariatning bu qonunini sizga qo'llamasliklari mumkin, sizni ko'rib-ko'rmaslikka olishlari mumkin, sizga indamasliklari, inday olmasliklari mumkin, ammo, har bir narsaning hisob-kitobini qilib turuvchilar oxiratda sizni o'z holingizga qo'ymaslar. Bundan ogoh bo'ling, tilingizni tiyib yashang. Musulmon sifatida hammani sevishni, hammaga yaxshi gapirishni, xushmuomalani o'rganing. Baraka topgur, xayringizni bersin!

Yangiqo'rg'on tumani

"To'raqul hoji" jome masjidi imom-xatibi

Musoxon Mirzaxo'jayev

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

27.08.2026   9486   1 min.
Prezident 35 yillik mustaqillik arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 852 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorij fuqarosi, 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayol va 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak bor, xabar bermoqda Batafsil.uz.
Afv etilgan 852 nafar shaxsdan 604 nafari jazoni to‘liq o‘tashdan ozod qilinadi. Yana 115 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi.
52 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilroq jazo turiga almashtiriladi. 81 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati esa qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 63 nafar shaxs ham bor.
Prezident farmonida afv etishga asos sifatida mahkumlarning qilmishiga pushaymonligi va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgani ko‘rsatilgan.
"O‘zbekiston 24" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan buyon 31 ta afv etish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. Ushbu hujjatlar jami 10 567 nafar jazo o‘tayotgan shaxsni qamrab olgan.
Xususan, Prezident Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida ham 392 nafar mahkumni afv etgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari