Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Talabalar Alisher Navoiy muzeyi bilan tanishdi

13.02.2024   1677   1 min.
Talabalar Alisher Navoiy muzeyi bilan tanishdi

Buyuk alloma Alisher Navoiyni xotirlash va ulkan meros bo'lib qolgan qo'lyozmalar bilan tanishish maqsadida Toshkent islom instituti talaba-qizlari o'qituvchilari hamrohligida Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdi. Muzey eksponat va qo'lyozmalari bilan tanishish jarayonida talaba-qizlar alloma qoldirgan ulkan meros bilan tanishib, qo'lyozmalarni o'qidi. 

Shuningdek, talabalar o'zbek adabiyotining boy tarixi, buyuk namoyondalari, o'rta asrlar, yaqin o'tmish va zamonaviy adabiyot vakillarining ijodlari bilan tanishdi. 

Ayniqsa, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning faoliyatiga oid ilmiy meroslar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. 

Ma'lumot o'rnida O'zbekistonning eng yirik ilmiy muassasalaridan biri – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi 1939 yilda tashkil etilgan. Aynan shu erda o'zbek xalqining adabiy merosi yodgorliklari saqlanadi. 

Muzey fondida 17 000 dan ortiq eksponatlar – badiiy asarlar, arxeologik obidalar, qo'lyozmalar, hujjatlar, o'zbek adabiyoti madaniyatining ko'p asrlik tarixini aks ettiruvchi fil'mlar mavjud. Shuningdek, bu erda mamlakatimiz yozuvchilarining hayoti va ijodi to'g'risidagi 65 mingdan ortiq hujjatlar to'plangan. 

Toshkent Islom instituti
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   1661   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari