HH asr so'nggida musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon bo'ldi. U ham bo'lsa mazhabsizlikka chaqiruvchilar toifasidir. Harakat tarafdorlarining da'vosicha, Islomda unga e'tiqod qiluvchi shaxs uchun sunniylikdagi to'rt yoki undan boshqa fiqhiy mazhablarning biriga ergashishlik shart qilinmagan. Agar musulmon shaxs, biror shar'iy masalada ulardan birining yo'lini o'ziga lozim tutsa, u ko'r–ko'rona taqlid qilgani uchun xatokor mutaassib va dinidan ajralgan firqa va guruhlardagi shaxslar kabi adashadi.
Mazkur toifaga kiruvchi shaxslar islomga amal qilishning asosida faqatgina Kitob (Qur'on) va sunna turishi lozimligini ta'kidlashadi. Ularning fikricha, bu ikki manba xatolardan xoli. Ammo fiqhiy mazhablarga ergashish esa, Kitob va Sunna ta'limotidan ko'ra, ko'proq shaxslar ijtihod (fikr)lariga taqlid qilinishi bilan tavsiflanadi. Bu esa, xatoga yo'l qo'yish va nuqsonlardan xoli bo'lishni to'liq kafolatlay olmaydi. Qolaversa, islomdagi fiqhiy mazhablar hijriy III asrdan so'ng paydo bo'lganligi e'tiboridan, bid'at ishlardan sanalib, sunna ta'limotiga ko'ra har bir dinga kiritilgan yangilik shubhasiz zalolatga mahkumdir. Sahobai kiromlarning barchasi ham Allohning kitobi va Rasulullohning sunnatigagina murojaat qilganlar. Ular biror–bir masalada Qur'on va sunnadan dalil topolmay qolgandagina ijtihodga qo'l urganlar. Bu esa, asosiy e'tibor qaratiladigan va ergashiladigan holat.
O'zlarini islom dinining fidoyilari deb e'lon qilayotgan bu toifa tarafdorlari Qur'on va sunna turganda fiqhiy mazhablarga ergashish aynan musulmonlar o'rtasida ixtiloflar paydo bo'lishiga zamin yaratilishi va bu ularning birligiga rahna tug'dirayotganligi jar solinmoqda.
Aslida, mazhabsizlik da'vosini yoyishning o'zi ixtilof manbai bo'lib, Islom dini, xususan musulmonlar birligiga ulkan tahdid tug'diradigan omil ekanligiga shubha yo'q. Ular o'zlarini mazhabsiz deb da'vo qiladilaru, aslida o'zlari ham namoz va boshqa ibodatlarda o'sha to'rtta mashhur mazhab imomlaridan biriga ergashadi. Mazhabga ergashish aslida zalolatdan uzoq bo'lmoq demakdir. Mazhabsizlik tarafdorlari o'z da'volarini asoslashda ixtilof va taqlid iboralariga alohida urg'u beradilar.
Ma'lumki, islomda ixtilof aqidaviy va fiqhiy yo'nalishlarga xos. Aqidaviy ixtilof Alloh taologa e'tiqod qilishda turli tumanlilik shaklda yuzaga kelib, musulmonlar ichki birligining zaiflashuvi, turli toifalarga bo'linib ketishdek salbiy oqibatlarga sabab bo'lgan. Buning oqibatida xorijiy, mo'taziliy, qadariy, jabariy va murjiiy kabi ko'plab toifalar vujudga kelishiga zamin yaratilgan.
Fiqhiy ixtiloflar esa mutlaqo boshqa mazmunga ega bo'lib, mazhablarning ibodat, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarga turlicha yondashuvning natijasi o'laroq vujudga kelgan. Bunday holat aslo nuqson yoki ixtilof manbai sifatida talqin etilishi mumkin emas. Aksincha, islom shariatining zamon va makonga moslashuvchanligi va musulmonlar uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi. Masalan, biror-bir manzilga etish uchun turli tomonlardan borish imkoni bo'lsa, kishi nisbatan eng yaqin va qulay yo'lni tanlaydi. Musulmon shaxsi tomonidan biror bir mazhabni tutishi ham aynan shunday holatga qiyoslash mumkin. Zero, ularda u yoki bu masala muayyan xalq, millatning urf-odatlari, qadriyatlari, mentaliteti hamda ijtimoiy munosabatlarning xarakteridan kelib chiqib eng qulay va ma'qul shaklda hal qilingan.
Islom ulamolarining ittifoqiga ko'ra, dinning asliga taalluqli bo'lgan aqidaviy masalalarda taqlid qilish mumkin emas. Uning aksi o'laroq, fiqhiy masalalarda esa, biror-bir mazhabga ergashish, ya'ni taqlid qilish lozim bo'ladi.
Shayx Ramazon Butiy aytadilar: “Mazhabsizlik dindan chiqib ketishga olib boruvchi ko'prikdir”. Bunday harakatlar esa hadislarda va ulamolarning asarlarida qat'iy qoralangan. Qayd etilgan mulohazalar “Qur'on va hadisgagina amal qilamiz”, – deya o'zlarini mujtahid bilib, fiqhiy mazhablarni inkor qilayotganlar aslida, bu harakatlari bilan diniy birlik va aqidaviy yakdillikka rahna solayotganligini isbotlaydi. Qolaversa, bunday iddaolar asrlar davomida mavjud bo'lib kelayotgan mazhablar asoschilari va ularning ta'limotlariga nisbatan bo'hton bo'lib, musulmon shaxsini adashtirishga qaratilganligini xulosa qilish o'rinli bo'ladi.
Hulosa qilib aytganda islom dinidagi mazhablarning turli tumanligi noqis holda bo'lmasdan balki bir hikmatdir. Bu ummatlarga engillik va osonlikdir. Ammo bu hikmatni tushunmasdan ixtilof chiqarish esa katta musibatdir. Bu anglashilmovchilikdan ko'prok musulmonlarning o'zi zarar kurayotganlari xam ma'lum. Shuning uchun ixtiloflarga bormasdan ilm- ma'rifatga yondoshish esa asosiy vazifa bo'lib qolmoqda. Shuni xam aytib utish kerakki ixtilof chiqarayotganlarning ko'pchiligini yoshlar tashkil qiladi. Bunga sabab ularning yoshligi va shu soxa bo'yicha bilimlarining etishmasligi, qolaversa, kimlarningdir so'zlariga aldanib qolishlaridir. Insonning ongiga birinchi qabul qilshiga ma'lumot noto'g'ri bulsada, to'g'ri xabar sifatida qabul qilishar ekan. Shundan keyin unga to'g'ri ma'lumot berilsa xam noto'g'ri deb qabul qiladi. Shuning uchun birinchi olinayotgan ma'lumot haqiqiy to'g'ri ekanini aniqlash va keyingina uni xotirada saqlash lozim bo'ladi.
Uzoqov Abdulvosid
Joriy yilning 19-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan nufuzli anjuman diniy ta’lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish va sohaga ilg‘or pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish va zamon talabiga mos kadrlar tayyorlashda yo‘lidagi salmoqli amaliy qadam bo‘ldi.
Tadbirlar davomida sohaga oid ilmiy ma’ruzalar bilan bir qatorda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi hamda ilmiy-tadqiqot sohasining yetakchi mutaxassislari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot, diniy ta’limda raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va ilmmetriya masalalariga bag‘ishlangan mahorat darslari ham o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar tizimda zamonaviy yondashuvlarni ommalashtirish, dars jarayonlarida yangicha uslublarni qo‘llash hamda soha vakillarining kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, anjuman doirasida oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining muhtaram Prezidentimizga yo‘llagan Murojaatnomasi o‘qib eshittirildi.
Unda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohani tubdan rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash hamda ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish va diniy ta’limni rivojlantirish borasida olib borilayotgan tarixiy islohotlar alohida e’tirof etildi. Jumladan, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy islom instituti kabi diniy ta’lim maskanlari, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Bahouddin Naqshband kabi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilishi yurtimizda ma’rifat ahli uchun keng imkoniyatlar ochgani ta’kidlandi.
O‘z navbatida, pedagoglar ushbu yuksak e’tibor va shart-sharoitlar uchun Davlatimiz Rahbariga minnatdorlik bildirib, bunga javoban yoshlarni Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, Islom dinining asl insonparvarlik g‘oyalarini o‘zlashtirgan va sohada yetuk kadrlarni tayyorlashini ta’kidladilar.
Bo‘lib o‘tgan anjuman diniy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion va raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda sohada yuqori malakali, zamon bilan hamnafas mutaxassislarni tayyorlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati