Bugun, 5 dekabr kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filiali III davra tinglovchilaridan iborat imom xatib va noiblar hamda filial professor-o'qituvchilari tomonidan "Ajdodlar merosini o'rganish" dasturi asosida Chortoq tumanida joylashgan "Sulton Uvays Qaroniy" majmuasiga ziyorat safari amalga oshirildi.
Ziyorat asnosida Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2017-2019 yillarda yangidan bunyod etilgan mazkur majmua to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lindi.
Safar so'ngida o'tganlar haqqiga va yurtimizda tinchlik va farovonlikni bardavom bo'lishini Yaratgandan so'rab duoi fotiha qilindi.


O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati