Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Mazhablar – Qur'on va sunnat mahsulidir

13.12.2021   1938   4 min.
Mazhablar – Qur'on va sunnat mahsulidir

Ma'lumki, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlik paytlarida shariatga bog'liq barcha masalalarning echimini u zotning o'zlari bayon qilar edilar. Payg'ambarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin odamlar bilmagan narsalarini asosan sahobalardan so'rar edilar. Goxida uchrab turadigan qiyin masalalarni echish uchun eng bilimdon saxobalar yig'ilib maslaxat qilishar va fatvo berishardi. Keyinchalik saxobalar yashash uchun turli yurtlarga ko'chib ketdilar. Odamlar o'zlari suxbatiga etishgan olim saxobalarning fatvolariga amal qilishardi. O'sha davrning markaziy shaxarlari – Madinada Abdulloh ibn Umar, Kufa shahrida Abdulloh ibn Mas'ud, Makkada Abdulloh ibn Abbos, Misrda Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anxumlarning fatvolariga amal qilinvadi. Aynan mana shu davrlarda saxobalar mazxabi shakllanganini ko'rish mumkin. Shundan keyin bu zotlarning shogirdlari ularning ishlarini davom ettirishdi. Fatvolarning asosiy qismida o'z imomlariga ergashadilar va ularning mazxablarini qo'llab-quvvatlaydilar. Zamonlar o'tishi bilan yigirmaga yaqin mazxablar ichidan faqat buyuk to'rttasi qoldi. Shu o'rinda aytib o'tish lozimki, xozirda ko'p takrorlanayotgan “Dinda mazhablarga ergashish yo'q”, “Sahobalar davrida mazhablar bo'lmagan” kabi puch da'volarga mutlaqo ilmiy asos mavjud emas. Saxobalar davrida ham mujtaxid sahobalar mazxabi bor edi. Saxobalar mazhabi asosida xozirga qadar etib kelgan to'rtta fiqxiy mazxablar saqlanib qoldi. Mazhabga ergashish – qur'on va sunnatni qo'yib shaxsga ergashish emas, balki aynan qur'on va sunnatga ergashish sanaladi. 

Chunki Alloh taolo o'zining kalomida shunday marxamat qiladi: “Agar bilmasangiz, zikr ahlidan so'rang” (Naxl surasi 43-oyat).

Ushbu oyati karimada Alloh taolo bandalariga o'zlari bilmagan masalalarning javobini zikr axli xisoblangan ulamolardan so'rashga buyurmoqda. Musulmonlar ushbu ilohiy farmonga bo'ysinib, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlaridan beri muayyaan bir mazhabga taqlid qilib kelishmoqda. Aslida bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bashoratlarining voqe'likdagi ko'rinishi edi.

Chunki hadisi sharifda U zot: “Bu ilmni xar bir avlodlardan ishonchli kishilar tashiydilar. Ular ilmni joxillarning botil talqinlari, yo'ldan ozganlarning da'volari va g'uluvga ketganlarning xatolaridan saqlaydilar”, deganlar.(Imom Bayxaqiy, Madxalda rivoyat qilgan).

Fiqhiy mazhablar xozirga qadar musulmonlar birdamligini saqlashda asosiy omil bo'lib kelmoqda. Muxaddis olimlardan biri Abdulxaq Dehlaviy rahimahulloh to'rt mujtaxid imomlar yo'li xaqida shunday deganlar: “Islom dinining to'rtta yo'li – mazhabi bor. Kim shu yo'llardan boshqasini tutsa, batahqiq adashibdi” deganlar. Hozirgi kunga kelib, buyuk mujtahid olimlarni qo'yib, o'zlariga ergashishga da'vat qiladigan qo'shtirnoq ichidagi “mujtahidlar” ko'p uchramoqda. Ular qur'oni karim va hadisi shariflarni o'zlarining nafsu xavolari bilan izoxlab, salafi solixlarimiz yo'lida og'ishmoqda. Hozirda bemazhablikka chaqirayotgan kishilar “Alloh taolo mazhabga ergashishga buyurmagan, balki zikr axlidan so'rashga buyurgan,” deya odamlarni aldashga urinmoqda. Ho'sh, Mazhabboshilari zikr axli bo'lmasa, unda kim ekan? Axir mujtahid imomlarimizning ilmiga, taqvosiga va ilmiy omonatdorligiga butun ummat tasannolar aytgan bo'lsa, ularning ilmiga ergashmasdan yana kimga ergashish kerak? Muayyan mazhabga taqlid qilgan musulmonlar xozirda xam, hozirgi kunga qadar xam ummatning mutlaq ko'pchilligini tashkil qilgan.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflaridan birida: “Agar ixtilofni ko'rsangiz, o'zingizga ko'pchillik tomonini lozim tuting”, deganlar.( Imom ibn Moja rivoyatlarida).

Demak, mazhabga ergashishlik katta jamoaga ergashish xisoblanadi. Hulosa qilib aytganda, mazxabga ergashish – shariat ko'rsatmalariga ergashishdir! Uni inkor qilish esa shar'iy ko'rsatmalarga va butun islom ulamolariga qarshi chiqish xisoblanadi. Alloh taolo o'zining xaq dinidan adashtirmasin, musulmonlarning birdamligini ta'minlasin. Barchalarimizni ummat ichida ixtilof chiqaruvchi bo'lishlikdan o'zi asrasin.

 Jahongirxon Abrorov manbalar asosida

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

24.08.2026   14274   1 min.
Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakilligida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.


Tadbirni viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Uchrashuvda davlatimiz Rahbarining tegishli Farmoni bilan bir guruh diniy soha xodimlari «Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlangani yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohaga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va tarixiy voqea ekani alohida e’tirof etildi.


Yig‘ilishda «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu shiori ostida vohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.


Shuningdek, tadbir davomida imom-xatiblarga quyidagi ustuvor vazifalar yuklatildi:

  • Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan va yakka-yolg‘iz keksalar holidan muntazam xabar olish;

  • Oilalar totuvligini mustahkamlash va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;

  • Masjidlar, qadamjolar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda tozalik tadbirlarida faollik ko‘rsatish.


Yig‘ilish yakunida diniy soha xodimlarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryoda bosh imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari