Samarqand viloyati imom-xatiblari insonga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularga yaqin bo'lish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etishda ko'makdosh bo'lish maqsadida shahar va tuman bosh imom-xatiblari bugun Urgut tumanida yig'ildilar.
Urgut tumanidagi 31 ta masjid imom-xatiblari bilan hamkorlikda 155 dan ziyod xonodonlarga, 31 ta mahallalarga tashrif buyurib ularga moddiy yordamlar ko'rsatilishi, nizoli va muammoli holatlar mahalla ishtirokida bartaraf etilishi va Peshin namozida esa jamoat bilan diniy ma'rifiy suhbatlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Alloh taolo bu xayrli ishlarni bardavom va manfaatli qilsin.




Sayyor uchrashuv va suhbatlar davom etadi.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati