Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Navbatdagi sayyor uchrashuv

05.12.2023   911   1 min.
Navbatdagi sayyor uchrashuv

Samarqand viloyati imom-xatiblari insonga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularga yaqin bo'lish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etishda ko'makdosh bo'lish maqsadida shahar va tuman bosh imom-xatiblari bugun Urgut tumanida yig'ildilar.

 Urgut tumanidagi 31 ta masjid imom-xatiblari bilan hamkorlikda 155 dan ziyod xonodonlarga, 31 ta mahallalarga tashrif buyurib ularga moddiy yordamlar ko'rsatilishi,  nizoli va muammoli holatlar mahalla ishtirokida bartaraf etilishi va Peshin namozida esa jamoat bilan diniy ma'rifiy suhbatlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Alloh taolo bu xayrli ishlarni bardavom va manfaatli qilsin.

 Sayyor uchrashuv va suhbatlar davom etadi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

14.09.2026   12828   1 min.
Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
 

Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.


Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!


Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari