Liviyalik olim doktor Aliy Sallobiy haqiqiy musulmon bilan radikal musulmonning farqini ajoyib tushuntirib beribdi:
1. Haqiqiy musulmon o'z iymoni bilan mashg'ul bo'ladi.
Radikal musulmon birovlarning iymoni bilan mashg'ul bo'ladi.
2. Haqiqiy musulmon o'zini va boshqalarni jannatga kirishi uchun harakat qiladi.
Radikal musulmon boshqalarni do'zaxiy ekanini isbotlashga harakat qiladi.
3. Haqiqiy musulmon kishilarning xato va toyilishlarini kechirish uchun uzr qidiradi.
Radikal musulmon esa insonlarni jazolash va ularni gapirib yurish uchun ularning xatolari , ayblari va toyilishlarini qidirib yuradi.
Manbalar asosida tayorlandi
F Salimov
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.
Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi
G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati