Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv

08.04.2024   2128   1 min.
Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlar bilan uchrashuv

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligining majlislar zalida Imom-noiblar uchun yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida viloyatda 2024-yilda amalga oshirilayotgan ishlar hamda diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, mutaassiblik va radikalizmni oldini olish, imomlarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi bo‘yicha vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Xatamov Jamshed Muxtorivich o‘z nutqi davomida taraqqiyotimizning yangi davrida diniy sohada juda katta islohotlar amalga oshirilayotgani, o‘z navbatida imomlik sharafli va mas’uliyatli vazifa ekani, bugungi kun imomi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, o‘zining ustida muntazam ishlashi va mo‘min-musulmonlarning ma’naviy-ma’rifiy sohada ehtiyojlarini qondirish uchun tinimsiz izlanib, xizmat qilishlari zarurligiga alohida urg‘u qaratilishi haqida so‘z yuritdi.

Bundan tashqari, barcha imom-xatib va imom-noiblar o‘zlariga biriktirilgan MFYlar bilan muntazam aloqada bo‘lib, yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratish, ilm-ma’rifatga qiziqtirish va yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish, oilalarni tinch-totuv yashashi, farzandlarni bevaqt tirik yetim bo‘lmasligi uchun ajrimlarni oldini olish, keksalarni  hurmat qilish, qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish kabilarni alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida Namangan viloyatidagi diniy soha xodimlari faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Murakkab davrda imom-xatiblarning faolliklarini oshirish, OAVdagi chiqishlari mazmun-mohiyatini yaxshilash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini qondirish borasida tinimsiz xizmat qilish kabi jihatlariga e’tibor qaratildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   5236   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari