Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jannat onalar oyog'i ostida ekanligini xabar berishlari ham onalik martabasi qanchalik yuqorligidan dalolatdir.
Afsuski, bugun onasiga, ayoliga yaxshi muomala qilmayotgan kimsalar bor. Achinarlisi, keyingi paytlarda ota-onasidan norozi bo'lib, imom-domlalarga shikoyat qilayotganlar paydo bo'lyapti. Buni ko'rib yoqa ushlaysan kishi. Nahot farzand o'z onasidan norozi bo'lsa? Axir ona dakki eshitish uchun bolasini katta qilganmi?!
Alloh taolo Qur'oni karimda: “Rabbingiz sizlarga yolg'iz uning O'ziga ibodat qilishingizni hamda ota-onangizga yaxshilik qilishingizni amr etdi”, deb buyuradi (Isro surasi, 32-oyat).
Demak, ota-onaga yaxshilik qilish Allohga ibodat qilgandan keyingi muhim amal hisoblanadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Sizlarning yaxshilaringiz o'z ahli ayoliga yaxshi munosabatda bo'lganingizdir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Ojiza ayollarimizga mehr ko'rsatish, hurmat-izzat qilish har bir kishining burchidir.
Hadicha roziyallohu anhoga Allohning salomi va rahmati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vositalarida kelganini unutmasligimiz kerak. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga Jabroil alayhissalom kelib: “Yo Rasululloh! Bu Hadicha u idishdan nonxo'rak olib kelmoqda. U sizni oldingizga kelsa, Rabbisidan salom etkazing va jannatdagi oltindan bo'lgan uyning bashoratini bering”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Albatta, Payg'ambarimiz sunnatlariga amal qilib, onasini, ayolini hurmat-ehtirom qilayotganlar ham yo'q emas. Ana shunday yigitlardan birining ishi barchamizga ibrat bo'lishi kerak.
Mashina oldi-sotdisi bilan shug'ullanadigan tadbirkor shu voqeani aytib berdi: .
«Bir do'stim qimmat avtomashinasini sotishga majbur bo'lib qoldi. Bozorga tayyorlash uchun menga olib kelib berdi. Uch kun mashinani yuvib, chiroyli holatga keltirdim. To'rtinchi kuni do'stim hovliqib kirib keldi: “Og'ayni, ishqilib mashinamni biror kishiga sotishga va'da qilib qo'ymadingmi?” dedi. Men: “Yo'q, endi tayyor bo'ldi-ku”, dedim. Do'stim: “Hudoga shukr. Habaring bor, har yakshanba onamni manzarali joylarga olib borib, aylantirib kelaman. Bundan onam maza qilib hordiq chiqaradi. Kecha onam: “O'g'lim, shu mashinang menga juda ma'qul-da. Ayniqsa, tabiatni tomosha qilishni zavqi bo'lakcha”, deb qoldi. Mashinani sotayotganimdan xabari yo'q edi-da. Kel, do'stim, shu mashinani sotmaylik. Pulni boshqa joydan toparman. Onam xursand bo'lsa bo'ldi, qolgani yo Razzoq”, dedi. Onasining bir og'iz so'zi uchun do'stim mashinasini sotmadi. Ammo ko'p o'tmasdan uning ishi yurishib, tijoratdan katta daromad ko'rdi. Hozir ham shu markabda doim onasining xizmatini qiladi».
Ha, onani rozi qilishda ko'p xayrlar bor.
Ma'rufxon A_''LOHO'JAYeV,
Namangan shahri “Abdulqodir qori”
jome masjidi imom-xatibi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.