Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Yuzdagi uyqu asarini qo‘l bilan aritish.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyg‘onib, o‘tirdilar va yuzlarini ishqalab, uyquni aritdilar” (Imom Muslim rivoyati).
2. Quyidagi duolarni o‘qish:
اَلْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَحْيَانَا بَعْدَ مَا أَمَاتَنَا وَإِلَيْهِ النُّشُورُ
O‘qilishi: “Alhamdu lillahillaziy ahyaana ba’da ma amaatana va ilayhin nushur”.
Ma’nosi: “Bizni vafot ettirgandan keyin qayta tiriltirgan Allohga hamd bo‘lsin. Qayta tirilish Uning O‘zigadir”.
الحمدُ لله الذي رَدَّ عليَّ رُوحي وعافاني في جسدي و أَذِنَ لي بذِكره
O‘qilishi: “Alhamdu lillahillaziy rodda ’alayya ruhiy va ’afaaniy fiy jasadiy va azina liy bizikrihi”.
Ma’nosi: “Menga ruhimni qaytargan, jismimga ofiyat bergan va zikrini qilishimga izn bergan Allohga hamd bo‘lsin”.
3. Og‘izni misvok yoki boshqa vositalar bilan tozalash.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tunda uyqudan turganlarida og‘izlarini misvok bilan tozalar edilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
4. Qo‘lni yuvish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz uyqudan tursa, kaft qo‘llarini idishga solmasdan, uch marta yuvsin”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
5. Burunni qoqish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz uyqudan tursa, burnini uch marta qoqib tashlasin. Chunki shayton uning dimog‘ida tunagan bo‘ladi” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha
00:00 Anons
01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi
01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari
03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar
04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda
04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda
06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan
06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi
07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid
08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv
08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov