Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Aprel, 2026   |   3 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:10
Shom
19:13
Xufton
20:32
Bismillah
21 Aprel, 2026, 3 Zulqa`da, 1447

Va'dani bajarmaslik gunohmi?

09.01.2024   937   2 min.
Va'dani bajarmaslik gunohmi?

Cavol: Kimgadur biron narsani (pul)ni va'da qilib yoki bugun tayyor bo'ladi deb aytilgan vaqtga qilib bera olmasam, aytgan gapimni ustidan chiqa olmasam, buning hukmi qanday bo'ladi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Musulmon kishi harom bo'lmagan biror ishga yoki narsaga va'da bersa, va'dasini ustidan chiqishga imkon qadar harakat qilishi lozimdir. Biror kishi va'dasini ustidan chiqish niyatida va'da berib, biror uzr sababli va'dasini bajara olmasa, gunohkor bo'lmaydi.

عن زيد بن أرقم عن النبي صلى الله عليه وسلم قال إذا وعد الرجل أخاه ومن نيته أن يفي له فلم يف ولم يجئ للميعاد فلا إثم عليه. (رواه أبو داود)

Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kishi birodariga va'dasiga vafo qilish niyatida va'da bersa, lekin va'dasiga vafo qila olmasa, va'dalashgan joyga kela olmasa, u kishiga gunoh yo'q", dedilar (Imom Abu Davud rivoyati).

Ammo, va'dani bajarishda sustkashlik qilsa yoki bajarmaslik niyatida va'da bersa-yu va'dasini bajarmasa, qattiq gunohkor bo'ladi. Chunki va'da berib, uzrsiz uni bajarmaslik shar'an harom ish bo'lib, munofiqlik alomatidandir (“Mirqot ul-Mafotih” kitobi). Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yolg‘onchi oshiq

21.04.2026   3119   1 min.
Yolg‘onchi oshiq

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo Dovud alayhissalomga bunday buyurdi: Bandalarimga aytginki, kim Mening muhabbatimni da’vo qilsa-yu, tun kirganda Men bilan suhbatlashmasdan uxlasa, u yolg‘onchi oshiqdir”.

Axir, chin oshiq o‘z sevgani bilan yolg‘iz qolishni istamaydimi? Albatta, xohlaydi. Shuning uchun, kim Alloh taolo muhabbatining da’vosini qilsa, tunlari hamma uxlaganda peshonasini sajdaga qo‘yib, O‘z mahbubi bilan dil rozlarini arz qilsin.
 

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning "Ilohiy ishq" kitobidan
Nodir Odinayev tarjimasi

Maqolalar