“Va Zaytunni ham (o‘stirib qo‘ydik) ...” (Abasa surasi, 29-oyat).
Zaytun eng yumshoq o‘simlik bo‘lib, tomiri tog‘da bo‘ladi.
Tog‘ esa eng qattiq jism.
Eng qattiq narsadan eng yumshoq narsani chiqarishga qodir bo‘lgan Zot, shubhasiz, yo‘qdan bor qilish va qayta tiriltirishga ham qodirdir.
Shunday ekan:
Eng qattiq narsadan eng yumshoq narsani chiqarishga qodir bo‘lgan Zot, shubhasiz, qotib qolgan qalblarni yumshatib, Allohning zikri ila orom toptirishga ham qodir.
Imom Moturidiy rahimahulloh
Abdulloh ABDULMAJID tayyorladi
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: "Эй Абу Ҳурайра, Фароиз (мерос) илмини ўрганинглар ва одамларга ўргатинглар. Чунки у илмнинг ярмидир. У энг биринчи унутиладиган илмдир. Умматим орасидан энг биринчи кўтариладиган илм ҳам шудир".
Саиджамол домла МАСАЙИТОВ – Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази уламоси.