Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Mart, 2026   |   24 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:21
Quyosh
06:39
Peshin
12:38
Asr
16:41
Shom
18:31
Xufton
19:43
Bismillah
13 Mart, 2026, 24 Ramazon, 1447

Diniy-ma'rifiy islohotlar

E’TIQOD ERKINLIGI YO‘LIDAGI DINIY-MA’RIFIY ISLOHOTLAR

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq farovonligiga xizmat qilishi barobarida milliy-diniy qadriyatlar — bag‘rikenglik, saxovat va ezgulik tamoyillariga ham asoslangan. Bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar shuning amaldagi isbotidir.

  • 2017 yilda Mir Arab oliy madrasasi, 2018 yilda Hadis ilmi maktabi, 2020 yilda Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi va 2024 yilda Imom Termiziy islom instituti tashkil etildi.
  • 2017 yilda Imom Buxoriy va Imom Termiziy, 2020 yilda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda 2025 yilda Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi ish boshladi.
  • 2022 yilda mintaqada yagona bo‘lgan Fatvo markazi ochildi.
  • 2018 yilda Masjid va ziyoratgohlarni obod qilish, muhtojlarga yordam berish maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi.
  • Oxirgi 7 yilda 150 dan ortiq yangi masjid ochildi, 900 tasi ta’mirlanib, qayta qurildi.
  • Diniy idora qoshida 29 ta “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda to‘qson mingdan ziyod hamyurtlarimiz tahsil oldi.
  • Umra safaridagi kvotalar butunlay olib tashlandi, Haj kvotasi esa 15 000 taga oshirildi.
  • O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Prezident farmoniga binoan “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlandi.
  • 7 nafar fidoyi imom-xatib “Imom Buxoriy” ordeniga munosib ko‘rildi.
  • Yangidan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasi O‘zbekistonni jahon islom ma’rifati markaziga aylantirib, “Uchinchi Renessans” poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning diniy-ma’rifiy sohani takomillashtirishga qaratilgan farmonlari, qarorlari jamiyatda vijdon erkinligini ta’minlash va diniy-ma’rifiy islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishda asosiy omil bo‘ldi:

  • 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish va isloh qilishni boshlab berdi.
  • 2019-yil 4-sentyabrdagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Qarori soha barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilab, diniy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilanishiga xizmat qildi.
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.

 

Davlatimiz siyosatining markazida inson qadri va ularning dardi bilan yashash tamoyili turibdi:

  • Nizoli hududlardan 531 nafar ayol va bolalar Vatanga qaytarildi. 2024 yilda esa G‘azodan 100 nafar falastinlik ayol va bolalar yurtimizga olib kelinib, tibbiy yordam ko‘rsatildi.
  • “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida muborak oyni munosib tarzda o‘tkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu yil “Vaqf” xayriya jamoat fondiga davlat tomonidan 750 milliard hamda Ijtimoy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard, jami 1 trln 50 mlrd so‘m ajratilib, kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 

So‘nggi yillarda mamlakatimiz yirik tadbirlar markaziga aylandi:

  • Buxoro shahrida dunyoga mashhur Mir Arab madrasasining 500 yilligi keng nishonlandi.
  • Toshkentda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar diniy idora rahbarlarining IV yig‘ilishi o‘tkazildi.
  • “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-anjuman tashkil etildi.
  • Termizda Imom Termiziyning 1200 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
  • Samarqandda “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusidagi nufuzli anjuman o‘tkazildi.