Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

“Hizb ut-tahrir” ekstremistik tashkiloti haqida

20.10.2021   3273   3 min.
“Hizb ut-tahrir” ekstremistik tashkiloti haqida

Bugungi kunda dunyoning turli burchaklaridan har xil nomlar bilan chiqayotgan oqimlar, guruhlar islom diniga har xil o'zgarishlar, qo'shimchalar qo'shib ayniqsa yoshlarni to'g'ri yo'ldan adashtirmoqdalar. Ana o'sha oqimlardan biri bo'lgan “Hizb ut-Taxrir” diniy ekstremistik tashkiloti a'zolari ham bugungi kunda o'z g'oya va maqsadlari yo'lida Islom ta'limotiga o'zgartirish va yangiliklar kiritishga urinmoqda. Ular o'zlarining g'arazli niyatlarini amalga oshirish uchun din hukmi va arkonlariga yangilik kiritib, jumladan,   “Halifalikni tiklash musulmonlar zimmasiga Alloh taolo farz qilgan eng muhim amallardandir” kabi Islomda bo'lmagan puch g'oyalarni ilgari surishmoqda. Ularning bu da'volari aslida Islom diniga yot hukm, yangilik kiritishdir. Islomga yangilik kiritish bid'at bo'lib, bu haqda Muxammad sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: ”Sizlarning orangizdan (dindagi) ishlarga yangilik kirituvchilar chiqadi.(Bilingki, dindagi) har bir yangilik bid'at va har bir bid'at-zalolatdir. Zalolat esa jahannamga etaklaydi”. Dinga yangilik kiritishini oqibati nima bo'lishini  “IShID” (Iroq Shom Islom davlati) olib borayotgan xarakatlaridan ochiq-oydin bilib olsa bo'ladi. Bunday  noto'g'ri, nosog'lom aqidalarga ergashish musulmon kishining oxiratini kuydirish bilan birga jamiyat tinchligi-osoyishtaligiga rahna soladi. 

    “Hizb ut-Taxrir” diniy ekstremistik tashkiloti 1953 yilda Falastin davlatida Taqiyuddin Nabixoniy tomonidan asos solingan bo'lib, maqsadi — dastlab musulmon mamlakatlarida, keyinchalik esa butun dunyoda yagona xalifalik davlatini o'rnatish g'oyasini ilgari suradi. Bugungi kunda ushbu tashkilotning faoliyati dunyoning bir qator mamlakatlari hududida ta'qiqlangan. Agarda tarixga nazar solsak, salaf ulamolari ham, undan keyin o'tgan va hozirgi zamon ulamolari ham bunday yo'llarga qarshidirlar. Shuning uchun ham bunday oqimlarning g'oyasini  birorta mamlakatda ma'qullanib, rasmiy tashkilot sifatida tan olinmadi. Islomda esa ozchilik fikriga emas, ko'pchilik fikriga qo'shilishga buyurilgan. Bunga ushbu saxix hadis dalildir: “ Mening ummatim yoppasiga adashib, zalolatga tushib qolmaydi. Qachonki ular orasida qarama-qarshilikni ko'rsalaringiz, sizlar ko'pchilik tomonda bo'lingiz!”. Demak, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu vasiyatlariga zamonamiz musulmonlari ozchilik ovozga ega bo'lib turgan oqimlarga emas, ularning fikri va g'oyasiga qo'shilmay kelayotgan ko'pchilik ulamolarning safiga qo'shilishlari kerak bo'ladi.

     “Hizb ut-Taxrir” diniy ekstremistik tashkiloti faoliyati O'zbekiston Respublikasi hududida ham ta'qiqlangan tashkilotlar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, fuqarolarimizni, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da'vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini so'raymiz.

Hovos tumani

“Abu Hanifa” jome masjidi

imom-xatibi Abdurauf Yorbekov

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovini e’lon qildi

27.08.2026   42375   1 min.
O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha jahon xattotlar tanlovini e’lon qildi

26 avgust kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumning “Asrlarni birlashtiruvchi meros. Islom sivilizatsiyasining ma’naviy mazmun-mohiyati” mavzusidagi uchinchi yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Sessiya doirasida Qur’oni karim merosi, qadimiy qo‘lyozmalar, islom xattotligi, hujjatli kino hamda tarixiy manbalarni o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanishga bag‘ishlangan xalqaro loyihalar taqdim etildi.

Xususan, “114 Qur’on: islom olami xattotligining 114 durdonasi”, “Katta Langar Qur’oni: haqiqat va afsonalar”, “Allohning 99 ismi: Uning go‘zal ismlari orqali Yaratganni anglash”, “Sun’iy intellekt – qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qishning raqamli kaliti” loyihalari hamda “Yagona tarixiy meros sahifalari” loyihasi doirasida yaratilgan “Masjid” hujjatli filmi namoyish etildi.

Xalqaro muhokamalarda Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, Jazoir, O‘mon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Mali va O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, islomofobiya va mavjud stereotiplarni bartaraf etishda medianing o‘rni haqida fikr almashdi.

Sessiya yakunida turli mamlakatlar va xattotlik maktablarining an’analarini birlashtiruvchi noyob Qur’oni karim nusxasini yaratish bo‘yicha Xattotlar umumjahon tanlovi e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro mediaforumning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilib, unda qariyb 50 mamlakatdan media va ekspert hamjamiyatining 300 nafarga yaqin vakili — media kompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, prodyuserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari