Bugun, 10 iyun' kuni Diniy soha rahbarlari Andijon viloyatiga safarlari davomida Shahrixon tumanidagi “Muhammad Roziqboy” va “Sulaymonbek” jomelarida ham bo'lib, masjid xodimlari, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar bilan samimiy suhbat qurilib, mo'min-musulmonlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ulkan o'zgarishlar va yangiliklar haqida so'zlab berildi.
Tashrif asnosida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Prezident maslahatchisi Shoazim Minovarov, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev masjidlardagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, jomelar faoliyati, namozxonlarga qulayliklar qilish, mo'min-musulmonlarning savodxonligi va dunyoqarashini oshirish buyicha imom-xatiblarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.
Masjid jamoasi bilan bo'lgan suhbatlarda mutasaddilar bugungi kunda davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan din sohasidagi ulkan o'zgarishlar, Yaratgan Parvardigorning bunday bergan ne'matlariga shukrona keltirish haqida so'z yuritdilar.
Uchrashuvda muftiy Usmonxon Alimov hazratlari mo'min-musulmonlarning dardu tashvishlarini engillatish bugungi kunda davlatimiz Rahbari tomonidan bosh maqsad qilib qo'yilganini ta'kidladilar. Shuningdek, kishilarning diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish, imon-e'tiqodini mustahkamlash, Islom dinining ezgu ta'limotlarini tarqatish asosiy maqsad ekanini ta'kidladilar.
Muftiy hazratlari bugungi dono siyosatni keng targ'ib etish va dinimiz, ona-Vatanimizni himoya qilishda hamma munosib hissa qo'shishi ham farz, ham qarz ekanini izohladilar. Hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan yurtimizni gullab yashnashiga barcha barobar mas'ul ekanini alohida aytib, keng imkoniyat va imtiyozlar berayotgan Yurtboshimiz haqlariga duoi xayrlar qildilar.
Uchrashuvlar do'stona va samimiy ruhda o'tmoqda.














O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni yurtimiz ziyoratchilari hajning eng muhim farzini ado etish maqsadida Arafot maydoniga borib joylashdi.
Hadislarda keltirilishicha, Arafot ulug‘ manzillardan biri bo‘lib, bu yerda qilingan duolar shak-shubhasiz qabul bo‘ladi. Buni yaxshi anglagan hojilar har damni g‘animat bilib, bundan unumli foydalanmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.
Hojilarimiz Arafotda duoi xayrlar, ibodatlar bilan bo‘lib, peshin va asr namozlarini jam qilib o‘qiydilar. Duo va tazarrularda bardavom bo‘ladilar. Alloh taolodan yurtimiz tinch, xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lishini, farzandu arjumandlarimiz baxtu saodatini so‘rab iltijolar qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati