Mashhur Sotheby's auktsion uyi musulmonlar uchun dunyodagi eng muhim joylarning dastlabki tasvirlarini sotuvga qo'ydi. Ular orasida Makkaning panoramali ko'rinishi bilan 1791 yilga tegishli gravyura bor, deb xabar bermoqda islam.ru.
O'z vaqti uchun eng katta hisoblangan 430 x 865 mm o'lchamdagi gravyurada hajga kelgan ziyoratchilar tasvirlangan. Bu ajoyib gravyura 12-18 ming funt sterlingga baholanmoqda.
Akvarel' va guashda tayyorlangan musulmon qadamjolari bilan yana ikkita kartina ham onlayn tarzda kimoshdi savdosiga qo'yiladi. Ulardan biri Madinaning panoramali ko'rinishini ko'rsatadi. Boshqasida Ka'ba va Al-harom masjidi tasvirga tushirilgan. Ikkala kartina ham 1840 yilda chizilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati