Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Alloh taolo Lut alayhissalomning ismi shariflarini Qur'oni Karimda 27 marta zikr qilgan. U zotga tegishli oyati karimalar Hud, Hijr, Haj, Shuaro, Naml, Ankabut, Sod, Qof, Qamar, Tahrim, An'om, A'rof, Anbiyo va as-Saffot suralarida kelgan. Allohning payg'ambarlarining mashhurlaridan bo'lmish Lut alayhissalom Irohim alayhissalomning akalari Horonning o'g'li bo'lganlar. Alloh taolo u zotni ham Ibrohim alayhissalomning vaqtlarida payg'ambar qilib yuborgan. Ya'ni, Ibrohim alayhissalom Lut alayhissalomga amaki bo'ladilar.
Dastlab Lut alayhissalom ham Ibrohim alayhissalomga iymon keltirib, u zotning yo'lidan yurganlar. Bu haqda «Ankabut surasida: «Bas, unga Lut iymon keltirdi va: «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman. Albatta, U aziz va hakimdir», dedi». (26 oyat)
Ya'ni, Ibrohim alayhissalomga Lut iymon keltirdi. Avval aytilganidek, Lut alayhissalom Ibrohim alayhissalomga jiyan bo'lar edi. Lut alayhissalom amakilari Ibrohim alayhissalomga iymon keltirgan birinchi odam bo'ldilar. Shuningdek, o'sha paytda Ibrohim alayhissalomga xotinlari Bibi Sora ham iymon keltirgan edilar.
Tafsirchi ulamolarimiz oyatdagi:
«Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman» jumlasini kim aytgani to'g'risida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, bu gapni Lut alayhissalom aytgan, desalar, ko'plari, Ibrohim alayhissalom aytgan, derlar.
Nima bo'lganda ham, Allohga hijrat qilish, dunyodagi barcha narsani tashlab, Alloh taologa tomon intilish tuyg'usi Ibrohim alayhissalomda ham, Lut alayhissalomda ham kuchli bo'lgan. Alloh taoloning aziz-g'olib, barchadan ustun ekanligiga va har narsani hikmat bilan qilishiga ham ularning ishonchlari yuqori darajada bo'lgan. Hamma narsadan kechib, faqat Allohni deganlari uchun ham Alloh taolo ularga barcha yaxshiliklarni kutganlaridan ziyoda qilib bergan.
Keyinchalik, Lut alayhissalom Ibrohim alayhissalomning iznlari bilan Urdunning Sadum degan joyiga ketdilar.
Ha, Ibrohim alayhissalom u kishini so'lim yaylovlari bor joylarga, Urdun daryosining sharqiga joylashtirdilar.
Shunday qilib, Alloh izni bilan ular O'lik dengiz o'rnidagi Sadum nomli shahar va uning atrofidagi aholi yashaydigan joylarda istiqomat qildilar va o'sha erlar aholisiga Payg'ambar etib yuborildilar.
LUT PAYG'AMBAR BO'LDILAR
Alloh taolo «as-Saffot» surasida: Albatta, Lut ham yuborilgan Payg'ambarlardandir»,(133 oyat) deb uzotning payg'ambarliklarini tasdiqlaydi.
Shuaro surasida esa payg'ambarlik haqidagi xabar Lut alayhissalomning o'zlari tomonidan aytiladi:
«Lut qavmi Payg'ambarlarni yolg'onchi qildi». (160 oyat)
Ular O'lik dengiz yaqinidagi shahar-qishloqlarda yashaganlar.
O'shanda ularga birodarlari Lut dedi: «Qo'rqmaysizlarmi?! Albatta, men sizlarga ishonchli Payg'ambarman. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat qilinglar. Men sizlardan buning uchun haq-ajr so'ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul Olamiyn zimmasidadir». (161-164 oyatlar)
QAVMNI INSOFGA ChAQIRISh
Lut alayhissalom payg'ambar bo'lib kelgan Sadum shahari aholisi dunyodagi eng yomon gunohlardan biriga mubtalo edilar. Ular bachchabozlik ila shug'ullanar edilar. Ularning payg'ambarlari Lut alayhissalomning bosh vazifalaridan biri ularni shu qabih ishdan qaytarish bo'ldi.
Alloh taolo «Ankabut» surasida bu haqda quyidagilarni aytadi: «Va Lutni (ham yubordik). O'shanda u o'z qavmiga: «Albatta, siz o'zingizdan oldin o'tgani olamlardan hech kim qilmagan fohisha ishni qilmoqdasiz». (28 oyat)
Ya'ni, biz Lutni ham Payg'ambar qilib yubordik. O'shanda u qavmiga ular dunyoda hech kim sodir etmagan fohisha ishni qilishayotganini aytdi.
Bu fohisha ish nima ekani hammaga ma'lum. Bu qavm jinsiy buzuqlikka berilgan edi. Ushbu oyatda mazkur buzuqlikni Lut qavmidan oldin insoniyat tarixida hech kim qilmagani ham ta'kidlanmoqda. Keyingi oyatda Lut alayhissalom mazkur fohisha ishni ochiq bayon etadilar:
«Sizlar erkaklarga yaqinlik qilib, yo'lni kesasizmi va to'plantilaringizda munkir ish qilurmisiz?!» dedi. Uning qavmining javobi: «Agar rostgo'ylardan bo'lsang, bizga Allohning azobini keltir», deyishdan boshqa bo'lmadi». (29 oyat)
Lut alayhissalom qavmga ularning xatolari naqadar katta ekanini anglatishda davom etib: «Sizlar erkaklarga yaqinlik qilib, yo'lni kesasizmi va to'plantilaringizda munkir ish qilurmisiz?!» dedi.
Lut qavmining qilgan fahsh amali er kishining er kishiga shahvat ila jinsiy yaqinlik qilishidan iborat edi. Payg'ambar Lut alayhissalom bu erda o'sha amalni eslatmoqdalar. Oyatdagi «yo'lni kesasizmi» iborasi boshqa ma'nodan olingandir. Aslida «yo'l kesish» ma'nosi qaroqchilik qilish, odamlarning yo'lini to'sib, ozor berish, molu mulklarini tortib olish ma'nolarini ifodalashda ishlatiladi. Bu erda esa, kishilarning yo'lini to'sib, fohisha ishga majbur qilganlarini anglatish uchun ishlatilmoqda. Lut qavmi bu ishga o'ta mubtalo bo'lganidan, yo'lovchilarni to'sib, zo'rlash darajasiga borib etgan edilar.
«...va to'plantilaringizda munkir ish qilurmisiz?!»
Lut qavmi bu ishga mukkalaridan ketganliklaridan to'p-to'p bo'lib olib, ochiqchasiga qilishar edi. Ular na o'zlaridan, na boshqalardan uyalishardi.
Bu ishlari oddiy fahsh emas, balki o'taketgan yovuzlik, insoniylik doirasidan chiqib ketishdir. Bunday darajaga etgan odamlar darhol tavba qilib, o'zlarini o'nglamasalar, oqibati yomon bo'lishi aniq ko'rinib qolgan edi.
Shuning uchun ham Lut alayhissalom qavmlarini yuqoridagi gaplar bilan bu yo'ldan qaytishga da'vat qildilar. Ho'sh, qavm bu da'vatga qanday javob berdi?
«Uning qavmining javobi: «Agar rostgo'ylardan bo'lsang, bizga Allohning azobini keltir», deyishdan boshqa bo'lmadi».
Tabiati buzilib, hirsga berilgan bu fohisha qavmga o'zlaridan chiqqan Payg'ambar Lut alayhissalomning da'vati zarracha ham ta'sir qilmadi. Balki tug'yonga ketgan qavm o'z Payg'ambariga istehzo bilan, agar gaping rost bo'lsa, bizga Allohning azobini keltir, deyishdi. Bu hol Lut alayhissalom uchun katta sinov edi. Shahvoniy lazzatga berilgan qavmning iymon va dinu diyonat bilan ham, Allohning amri va Payg'ambarning da'vati bilan ham hech qanday ishi yo'q edi. Ular qilayotgan gunohlari uchun azob kelishidan ham qo'rqmay qo'ygan edilar. Ana o'shanda Lut alayhissalomning Alloh taologa yolborishdan boshqa choralari qolmadi.
«U: «Ey Robbim, menga buzg'unchi qavmlarga qarshi O'zing nusrat ber», dedi». (30 oyat)
Bu buzg'unchi qavmga hech qanday nasihat, da'vat foyda bermadi. Endi, ularga qarshi Allohning O'zi nusrat bermasa, boshqa iloj yo'q edi.
NOBAKOR QAVM ILA TORTIShUVNING DAVOM ETIShI
O'tgan qissalar mazmunidan Payg'ambarlar o'z ummatlariga bir xil da'vat ila kelganini va qavmlar esa, ularni turli hiyla va bahonalar ila inkor qilganlarini bilib olgan edik. Lut alayhissalom qissalarida, u zot daf'atan o'z qavmlarining ulkan qabih ishlari–bachchabozliklarini qoralashga boshlaydilar.
An'om surasida Alloh taolo bu holatni quyidagicha vasf qiladi:
«Va Lutni (yubordik). Uning o'z qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?!
Albatta, sizlar ayollarni qo'yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar. Yo'q! Sizlar isrofchi qavmsiz!» deganini esla». (80-81 oyat)
Darhaqiqat, ular qilayotgan fohisha ishni, umuman, biror-bir olamda odam zoti qilmagan edi. Ular, umuman, insonlik, jonzotlik tabiatiga zid ishni qilishni hammadan burun boshlagan edilar. Bu holni Lut alayhissalom:
«Albatta, sizlar ayollarni qo'yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar», deb ta'riflamoqdalar.
Alloh taolo insonni erkak va ayol jinsida yaratdi. Har biriga o'ziga xos a'zolar va xususiyatlar berdi. Jumladan, inson naslini bardavom etish uchun har birini o'ziga xos tanosul a'zolari bilan yaratdi. Inson naslini erkak va ayolning qo'shilishi natijasida paydo bo'ladigan qildi. Bu qo'shilishdan ikkovlari ham tabiiy lazzat oladigan bo'ldilar. Buning uchun ularda zarur a'zolar–his-tuyg'u, hujayralar va shu kabi anvoyi moddalarni xalq qildi. Ushbu qo'shilishdan hosil bo'ladigan lazzat va rag'batga nisbatan bo'lgan qiziqishni farzandning g'oyat qattiq azob bilan tug'ilishi, uning tarbiyasi kabi mashaqqatlarni ham unutadigan darajada qudratga ayladi.
Alloh taolo inson zotini jinsiy yaqinlik yo'li bilan yaratib, uning nasli pokiza yo'l bilan ko'payib turishini iroda va hayotiy zarurat qildi. Bu yo'ldan tajovuz qilganlar va Alloh irodasiga zid borib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qiladiganlar aqidasi buzuq va tuban kishilar hisoblanadilar.
Shu boisdan mazkur qissada xuddi shu fohishalik bosh masala qilib ko'tariladi. Binobarin, Lut alayhissalom bu yorug' olamda hech bir zot qilmagan ulkan gunohga birinchi bo'lib qo'l urgan qavmlarini:
«Yo'q! Sizlar isrofchi qavmsiz!» deb ta'riflamoqdalar.
Ho'sh, bu pastkash qavm o'z Payg'ambarining bu gapiga nima deb javob qildi?
«Qavmning javobi: «Ularni qishlog'ingizdan chiqarib yuboring, chunki ular juda ham pokiza bo'laveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa bo'lmadi». (82 oyat)
Insofni ko'ring. Inson tabiatiga muvofiq ish qilgan, halolu pok bo'lib, boshqalarni pokizalikka chaqirgan kishilar yurtlaridan ixroj qilinar ekanlar. Ularning «ayblari» bitta–juda ham pokiza odam bo'lganliklari. Insoniylik qiyofasini yo'qotgan qavm shu darajaga etar ekan-da. O'zlari insoniyat bo'yniga tavqi la'nat bo'lib osiladigan amallarni tap tortmay qilayotganlari etmaganidek, ularga o'xshashni xohlamagan, insonligini yo'qotmagan, Allohning amrida yurishga harakat qilganlarni pokizalikda ayblaydilar.
Bu doimo ro'y berib kelayotgan hol. Hozir ham ana shunday pokiza zotlarning ko'plari yo qamoqda, yoxud surgunda, jilla qursa, tazyiq va tahdid ostidadirlar.
LUT ALAYHISSALOMNING DUOLARI
Tabiati buzilib, hirsga berilgan bu fohishachi qavmga o'zlaridan chiqqan Payg'ambar Lut alayhissalomning da'vati zarracha ham ta'sir qilmadi.
Balki tug'yonga ketgan qavm o'z Payg'ambariga istehzo bilan, agar gaping rost bo'lsa, bizga Allohning azobini keltir, deyishdi.
Bu hol Lut alayhissalom uchun katta sinov edi. Shahvoniy lazzatga berilgan qavmning iymon va dinu diyonat bilan ham, Allohning amri va Payg'ambarning da'vati bilan ham hech qanday ishi yo'q edi.
Ular qilayotgan gunohlari uchun azob kelishidan ham qo'rqmay qo'ygan edilar. Ana o'shanda Lut alayhissalomning Alloh taologa yolborishdan boshqa choralari qolmadi.
«U: «Ey Robbim, menga buzg'unchi qavmlarga qarshi O'zing nusrat ber», dedi». (Ankabut surasi 30 oyat)
Bu buzg'unchi qavmga hech qanday nasihat, da'vat foyda bermadi. Endi, ularga qarshi Allohning O'zi nusrat bermasa, boshqa iloj yo'q edi.
AZOB FARIShTALARINING KYeLIShI
Alloh Lut alayhissalomning bu duolarini qabul etdi. Fohisha qavmni halok qilish uchun farishtalarni yubordi. O'sha farishtalarga yo'l-yo'lakay Ibrohim alayhissalomga farzand ko'rishlari haqidagi bashorat-xushxabarni etkazish ham topshirilgan edi. Shu maqsad ila ular avval Ibrohim alayhissalom huzurlariga keldilar.
Buning tafsilotini «Ankabut» surasidan o'rganamiz:
«Bizning elchilarimiz Ibrohimga xushxabarni keltirishganida: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz. Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan bo'ldilar», dedilar». (31 oyat)
Ibrohim alayhissalom bilan farishtalar orasida bo'lib o'tgan suhbat tafsiloti boshqa suralarda kelgan. Bu erda esa, siyoqqa mos jihatlarigina keltiriladi. Lut alayhissalom Allohdan nusrat so'rab, duo qilgan edilar. U zotning duosini Alloh taolo ijobat qilganini ushbu oyatdan bilmoqdamiz.
Farishtalar Ibrohim alayhissalomga: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz», dedilar.
Ya'ni, Lut qavmi istiqomat qiladigan Sadum shahrini halok etamiz. Buning sababi uning ahli zulm qiluvchi bo'lganlaridir.
«Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan bo'ldilar», dedilar».
Ha, Alloh yo'llagan Payg'ambarning gapiga kirmay, gunoh qilishda bardavom bo'lishdan ham katta zulm bormi o'zi?!
Jiyani Lut yashab turgan shaharning halok etilishi haqidagi xabarni eshitgan Ibrohim alayhissalom darhol tashvishga tushib savol berdilar.
«U: «Unda Lut bor-ku?!» dedi. Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz. Magar uning xotini halok bo'lguvchilardan bo'lgandir», dedilar». (32 oyat)
Ibrohim alayhissalom butunlay halokatga uchrashi lozim bo'lgan shaharda Lut alayhissalom bor-ku, sizlarga baribirmi, halok qilaverasizlarmi, degan ma'noda farishtalardan:
«Unda Lut bor-ku?!» dedi.
Bu gapda savol aralash e'tiroz bor edi. Farishtalar buni to'la tushungan holda qoniqarli javob berdilar:
«Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz», dedilar.
Ya'ni, o'sha Sadum shahrida kim borligini yaxshi bilamiz. Jumladan, Lut borligini ham yaxshi bilamiz. Ey Ibrohim, sen uni o'ylab, bezovta bo'lma, biz, albatta, Lutga va uning ahliga, ya'ni, unga iymon keltirganlarga halokatdan najot beramiz.
«Magar uning xotini halok bo'lguvchilardan bo'lgandir», dedilar».
Chunki u xotin jinoyatchi qavmning yonini olardi, ularning jinoyatlarini inkor etmasdi.
Ibrohim alayhissalom bilan bo'lgan suhbatdan so'ng farishtalar Lut alayhissalom tomon jo'nab ketdilar.
FARIShTALARNI LUT ALAYHISSALOM HUZURLARIGA KYeLIShLARI
Mazkur xushro'y yigitlar shaklidagi farishtalar Ibrohim alayhissalomning huzurlariga qandoq qilib mehmon shaklida kirib kelgan bo'lsalar Lut alayhissalomning huzurlariga ham shundoq holda kirib keldilar.
Bu holatni «Ankabut» surasida quyidagicha vasf qilinadi:
«Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun bo'ldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham bo'lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar xotining halok bo'lguvchilardan bo'lgandir». (33 oyat)
Lut alayhissalomning Alloh yuborgan farishtalarni ko'rib xafa bo'lishlariga sabab bor edi. Avvallo, elchi-farishtalar navqiron, husnli yigitlar qiyofasida kelgan edilar.
Qolaversa, Lut alayhissalom ularning elchi-farishtalar ekanidan hali-hanuz xabar topmagan edilar. Yosh va chiroyli mehmon yigitlarga jinoyatchi qavm tajovuz qilib, mezbon Lut alayhissalomni sharmanda etishlari mumkin edi.
Shu sababli Lut alayhissalom ularni ko'rib mahzun bo'ldilar va yuraklari siqildi.
Bu holni sezgan farishtalar u zotga tasalli berib:
«Sen xavfsirama va mahzun ham bo'lma», dedilar.
Ular Lut alayhissalomni xotirjam etib, nima ish qilishlarini aytdilar.
«...albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz», dedilar.
Ya'ni, shahar aholisining hammasini halok qilamiz, ammo seni va sening ahlingni halokatdan qutqaramiz «Magar xotining halok bo'lguvchilardan bo'lgandir», dedilar».
Ya'ni, u sening xotining bo'lsa ham, halok qilamiz.
So'ngra farishtalar so'zlarida davom etib dedilar:
«Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga fosiqlik qilganlari tufayli osmondan azob tushirguvchimiz», dedilar». (34 oyat)
Alloh taolo bu qavmni qilmishiga yarasha jazoladi.
JINOYaTChI QAVM HALOKATI
Jinoyatchi qavmning jazolanishi qandoq boshlanganini «Qamar» surasidagi ushbu oyati karima bayon qilib beradi:
«Ular undan mehmonlarini topshirishni so'radilar. Bas, ko'zlarini ko'r qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib ko'rsinlar». (37 oyat)
Avval ham aytilganidek, ma'lum va mashhur bo'lganidek, Lut qavmi o'zlaridan oldin hech kim qilmagan qabih jinoyatni, erkaklarning o'zaro jinsiy aloqa qilish jinoyatini qilishga mubtalo bo'lgan edi.
Bu borada ish shu darajaga borib etdiki,
«Ular undan mehmonlarini topshirishni so'radilar».
Jinoyatchi qavm o'z Payg'ambarlari Lut alayhissalomdan u kishining huzurlariga mehmon bo'lib kelgan yosh yigitlarni fohisha ish qilish uchun o'zlariga topshirishni talab qildilar.
«Bas, ko'zlarini ko'r qildik».
Ana o'shanda Biz mazkur fohishachi qavmning ko'zini ko'r qildik.
«Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib ko'rsinlar».
Allohning amriga isyon qilishning oqibati nima bo'lishini bilib qo'ysinlar.
Lut alayhissalomning xonadonlariga yosh, xushro'y yigitlar bilan bachchabozlik qilish niyatida u zotning uylariga yopirilib kelgan jinoyatchi qavm mehmonlari o'zlariga toprilishlarini talab qildi. Payg'ambar alayhissalom qavmni bu jinoiy maqsaddan qaytarishga ko'p urindilar, hech foyda bermaydi.
Yigitlardan biri tashqariga chiqdi va ba'zi bir harakatlar qildi. Shunda fohishakor qavmning ko'zlari ko'r bo'lib qoldi va tumtaraqay bo'lib, kelgan joylariga qaytib ketish uchun yo'l axtarib qolishdi.
Ana shundan keyin mehmonlar o'z haqiqatlarini oshkor qildilar:
Gap shu erga etganda farishtalar haqiqatni oshkor qildilar:
«Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar. Bas, kechaning bir bo'lagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim o'girilmasin. Chunki ularga etadigan musibat u(ayol)ga-da etguvchidir. Ularga tayin qilingan vaqt, subhdir. Subh yaqin emasmi?!» dedilar». (Hud surasi 81 oyat)
Yosh yigitlar kamquvvat, o'zlarini himoya qila olmaydigan mehmonlar emas, balki Allohning elchilari-mazkur jinoyatchi qavmni halok qilish uchun yuborilgan quvvatli farishtalar edi.
Ular Lut alayhissalomga u kishi mustahkam panohda-Alloh taoloning himoyasida ekanliklarini eslatdilar:
«Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar».
Ya'ni, zolim qavmdan hech qo'rqma, ular senga hech qachon zarracha zarar etkiza olmaydilar. Buni senga biz-Robbingni elchilari aytmoqdamiz, dedilar.
So'ngra esa, u zot alayhissalomga qutulish yo'lini o'rgatdilar:
«Bas, kechaning bir bo'lagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim o'girilmasin».
Demak, ko'rsatma bo'yicha Lut alayhissalom ahllarini olib, kechaning bir bo'lagida diyorlarini tashlab chiqishlari kerak edi. Kechasi ulardan hech kim qolmay chiqib ketishi kerak edi. Tonggacha ulgurish kerak edi.
Lut alayhissalomning ahlidan faqat bir kishi-u zotning xotinlari qolib ketadi. Yo chiqmay, shaharda qolib yoki ketayotib o'girilib ortda qolib, baloga giriftor bo'lishiga Allohning hukmi chiqqan edi.
Buning sababini oyati karimada:
«Chunki ularga etadigan musibat u(ayol)ga-da etguvchidir», deb bayon qilinmoqda.
Shuning uchun u ayol qavm bilan birga halok bo'ladi.
Bu ayol ulug' Payg'ambarning jufti haloli bo'lishiga qaramay, gunohkorlik qilgani uchun zolim qavmga qo'shilib halok bo'lishini Alloh taolo iroda qilgan edi. Halok bo'lish vaqti ham Alloh taolo tomonidan belgilangan.
«Ularga tayin qilingan vaqt, subhdir».
E'tibor va mulohaza ila qaraladigan bo'lsa, ko'p halokatlar subh vaqtida yuz berishi ma'lum bo'ladi. Bu paytni Alloh taolo barakali qilib qo'ygan. Lekin gunohkor va kofir qavmlar kechasi bilan gunoh ishlarni qilib, ayni tong-subh chog'ida g'aflat uyqusiga ketgan bo'ladilar.
«Subh yaqin emasmi?!» dedilar».
Albatta, yaqin.
«Amrimiz kelgan paytda u o'lkani ostin-ustun qildik va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yog'dirdik.
Ularga Robbing huzurida belgi qo'yilgan edi va ular zolimlardan uzoq emasdir». (Hud surasi 82-83 oyatlar)
Ya'ni, o'sha zolim qavm yashagan o'lkani halok qilish haqidagi
«Amrimiz kelgan paytda u o'lkani ostin-ustun qildik».
Mazkur diyorning nomi Sadum bo'lib, rivoyatlarda kelishicha, Allohning amri ila farishtalar Sadumni borligicha ko'tarib chappa aylantirib qo'yganlar. Ya'ni, erning ostini ustiga aylantirib qo'yganlar. Sadum butun aholisi va bor-yo'g'i ila er ostiga ko'milgan. Faqihlardan, Lut qavmining jinoyatini qilganlarni, ya'ni, bachchabozlik ila shug'ullanganlarni yotqizib turib ustidan devorni yiqitish kerak, deganlar va bu hukmlariga aynan shu holatni dalil qilib keltiradilar.
Alloh taolo yaratgan sof insoniy tabiatga tamoman zid ish qilgan bunday nobakorlarga bu ham oz. Shuning uchun Alloh taolo:
«va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yog'dirdik», demoqda.
Ya'ni, Sadum ostini ustiga qilib turib, yana ustidan ketma-ket sopol toshlar yog'dirdik. Biz «sopol» deb tarjima qilgan ma'no oyatda «sajjil» lafzi ila kelgan. Buning ma'nosini bir so'z bilan anglatib bo'lmaydi. Lug'at ulamolari bu so'zning ma'nosi haqida loyi qattiq qotib qolgan tosh, ham deganlar. Ba'zi ulamolarimizning bayon qilishlaricha, Lut qavmi istiqomat qilgan diyorlar besh shahar-qishloqdan iborat bo'lgan, ularning kattasi Sadum deb nomlangan. Alloh taolo ularning barchasini ostin-ustin qilib tashlaganidan so'ng, ustidan loyi qotib qolgan tosh yog'dirgan.
«Ularga Robbing huzurida belgi qo'yilgan edi».
Ya'ni, toshlarga belgi qo'yilgan edi. Ulamolarimiz aytishlaricha, kim o'lishi kerak bo'lsa, o'sha odamning ismi yozilgan tosh unga tegib o'ldirar ekan. O'lka ostin-ustin qilinganida o'lmay tirik qolganlarni o'sha toshlar quvib etib urib o'ldirgan.
«va ular zolimlardan uzoq emasdir».
Ya'ni, toshlar zolim qavmlarga juda yaqindir. Zolimlar u toshlardan qochib qutula olmaslar.
Imom Abu Hanifa rahmatullohu alayhi ushbu tosh bilan o'ldirilganlarni hujjat qilib, Lut qavmi amalini qilganlarning hukmi, oldin baland joydan uloqtirib, keyin toshbo'ron qilishdir, deganlar.
Mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Kimni Lut qavmining amalini qilayotgan holda topsangiz, qiluvchini ham, qilinuvchini ham o'ldiring», deganlar.
Shu erga kelganda Ibrohim alayhissalom, Lut alayhissalom va u kishining qavmi qissasi oxiriga etadi. Bu qissa ham, avvalgilariga o'xshab, va'z-nasihat va ibratlarga boy.
Shuningdek, unda osiy, gunohkorlarga eslatma, tahdid bor.
Mulohaza qilsak, bu qissada avvalgi qissalarga o'xshab gap bevosita iymon haqida, Payg'ambar, unga kelgan ilohiy vahiyni inkor qilish va uning oqibatlari haqida bormaydi. Balki, iymonsizlik tufayli jamiyatda tarqaladigan ijtimoiy kasallik va uning oqibatlari haqida aytiladi.
Bu kasalliklar ham iymonsizlik oqibatida, Allohning amriga, Payg'ambarining ko'rsatmalariga yurmaslik oqibatida kelib chiqayotgan edi. Alloh taolo ularni xohlagan paytda halok qilishi mumkinligini eslatib qo'ymoqda.
manba: islom.uz
MOSHINA HAYDOVCHINING 66 ta ODOBI
ni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
MUTAXASSISLAR STATISTIKASI MA’LUMOTLARI:
Ø Dunyo bo‘yicha har kuni 3 mingdan ziyod inson yo‘l-transport hodisasi qurboniga aylanmoqda.
Ø Dunyo bo‘yicha har kuni 100 mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olmoqda.
Ø Respublikamiz hududida har yili o‘rtacha 9-10 mingta yo‘l-transport hodisasi ro‘y beradi.
Ø Ularning 2 mingdan ortig‘i odamlar qurbon bo‘lishiga olib kelmoqda.
Ø Yurtimizda 2023 yilda yo‘l-transport hodisalari sababli 2282 kishi vafot etgan.
Ø Yo‘l harakati hodisalarining tahlillari bo‘yicha 54,5 % hodisalar piyodalar bilan bog‘liq holda sodir etilmoqda.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI (BMT) ma’lumotlariga ko‘ra:
è Har yili dunyoda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1,35 million kishi halok bo‘ladi, ya’ni har 24 soniyada bir kishi halok bo‘ladi.
è Yo‘l-transport hodisalari – butun dunyoda o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biridir.
è Yo‘l-transport hodisalari oqibatida har yili qariyb 50 million kishi jarohat oladi.
è Butun dunyo bo‘yicha halok bo‘lgan har to‘rt kishidan biri piyoda yoki velosipedchi hisoblanadi.
è Bunga yana 20-50 million atrofidagi odam tan jarohati olishi, ba’zilari umrbod nogiron bo‘lib qolishi ham qo‘shilsa, falokat ko‘lami yanada kengayadi.
è Yo‘l-transport hodisalari – 5 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘limining asosiy sababidir.
è Yo‘l-transport hodisalari – barcha yosh guruhlari bo‘yicha ham o‘limning 10 ta asosiy sababidan biridir.
è Past va o‘rta daromadli mamlakatlar bundan ayniqsa ko‘proq zarar ko‘radi: yo‘l-transport hodisalari natijasidagi umumiy o‘limlarning 93 % aynan shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
è Jabrlanuvchilarning aksariyatini piyodalar, mototsikl va velosiped haydovchilari tashkil etadi.
è Yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar soni butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘payishda davom etayotganidan xavotir bildirib, 26.10.2005 yilda BMT Bosh Assambleyasi A/RES/60/5 - Qarori bilan noyabr oyining uchinchi yakshanbasini “Butunjahon yo‘l-transport hodisalari qurbonlarini xotirlash kuni” deb e’lon qilish taklifini qabul qildi.
è Har yili 15 may – BMT Bosh Assambleyasining buyrug‘iga binoan “Yo‘l harakati xavfsizligi global haftaligi” o‘tkaziladi.
è BMT Bosh Assambleyasi “2021-2030 yillarda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha harakatlar 10-yilligi”ni e’lon qilib,
– yo‘l-transport hodisalarida o‘lim va jarohatlarni oldini olish;
– 10 yil mobaynida kamida 50 % ga kamaytirish;
– 2030 yilga kelib yo‘l-transport hodisalaridan o‘lim va jarohatlarning kamida 50 foizini oldini olish
ga qaratilgan ulkan maqsadlar bilan
2020 yil sentyabr oyida «Butun dunyoda yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash» nomli A/RES/74/299 - Rezolyutsiyasini qabul qildi.
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA
XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
Z «Yer yuzida kibrlanib yurma! Chunki sen oyoqlaring bilan zinhor yerni tesha olmaysan va uzunlikda tog‘larga yeta olmaysan» (Isro surasi 17/37 oyat);
Z «Alloh nazdida eng azizu mukarramrog‘ingiz – taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir» (Hujurot surasi 49/13 oyat);
Z «Ey, mo‘minlar! Qachonki, sizlarga yig‘ilishlarda: «davrani kengaytiringiz!» – deyilsa, bas, kengaytiringiz, Alloh sizlarga ham kerak paytida keng joy berur. Yana qachonki, «turingiz!» – deyilsa, darhol turingiz! Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga ko‘tarur. Alloh qilayotgan barcha yaxshi va yomon amallaringizdan xabardordir» (Mujodala surasi 58/11 oyat);
Z «Kimki bir savobli ish qilsa, unga o‘n barobar ko‘paytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh ish) qilsa, faqat o‘sha gunoh miqdorida (bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay» (An’om surasi 6/160 oyat).
JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ
RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM
MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
¯ «Bir kishi yo‘lda ketayotib, tikanli butoqni ko‘rsa va uni chetga olib tashlasa, Alloh uni bu ishi uchun mukofotlab, gunohlarini kechiradi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
¯ «Yarimta xurmo bilan bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zaxdan saqlang! Agar kimki buni topolmasa – shirin so‘z bilan!»;
¯ «Haq bo‘la turib, tortishuvni tark qilgan kishi uchun jannatning bir tomonida bir qasr bino qilinishiga;
hazil bo‘lsa ham, yolg‘onni tark qilgan kishiga jannatning o‘rtasida bir qasr bino qilinishiga;
xulqi go‘zal, odobi chiroyli bo‘lgan kishi uchun esa jannatning eng yuqorisida bir qasr bino qilinishiga kafilman!» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
¯ «Odamlarning yaxshisi – kishilarga manfaati ko‘p tekkanidir»;
¯ «Yo‘lning haqqi – ko‘zni tiyish, aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);
¯ «Mo‘minlarning imoni eng mukammali – xulqi go‘zal bo‘lganlaridir» (Imom Termiziy rivoyatlari);
¯ «Yer yuzidagilarga rahm qiling, osmondagi Zot sizga rahm qilgusidir»;
¯ «Men ulug‘ xulqlarni mukammal qilish uchun yuborilganman» (Imom Bazzor rivoyatlari);
¯ «Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi»;
¯ «Albatta, odamlarga go‘zal xulqdan afzalroq narsa berilmagan» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);
¯ «Bir kishiga tabassum bilan yaxshi so‘z aytish – sadaqadir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
¯ «Qo‘shnilaringiz sizni “yaxshi odam” deyishayotgan bo‘lsa, demak, siz – yaxshisiz. Agar ular sizni “yomon odam” deyishayotgan bo‘lsa, demak, siz – yomon odamsiz»;
¯ «Sadaqaning afzali – kelisholmay qolganlarning o‘rtasini isloh qilishdir» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
¯ «Musulmon kishini so‘kish – fosiqlikdir. U bilan urushish – kofirlikdir» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);
¯ «Biror kishi bor aybingizni aytib, sizni haqoratlasa, siz uni unda bor aybi bilan ham haqoratlamang. Shunda buning savobi sizga, gunohi unga bo‘lur»;
¯ «Kim Allohga va Oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap aytsin yoki jim tursin!» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);
¯ «Kim musulmon birodarining aybini yashirsa, Alloh uning aybini Qiyomat kuni yashiradi. Kim musulmon birodarining aybini oshkor qilsa, Alloh uning aybini oshkor qiladi, hatto uni o‘z uyida ham sharmanda qiladi» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);
¯ «Poklik – imondandir»;
¯ «Kim agar birovning aybini aytib, odamlarga oshkor qilsa, to o‘zi ham shu aybni qilmasdan dunyodan ketmaydi»;
¯ «Kimiki biror mo‘min kishining aybi yoki gunohini bilib turib, uni fosh etmay yashirsa, go‘yo tirigicha ko‘milgan go‘dakni tiriltirganchalik savobga ega bo‘lur» (Imom Bayhaqiy rivoyatlari);
¯ «Odamlarga minnatdorchilik izhor etaolmagan odam, Xudoga ham shukr qilaolmaydi» (Imom Termiziy rivoyatlari);
¯ «Kimki bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh dunyo-yu oxiratda uning aybini yashiradi»;
¯ «Har bir qilinadigan yaxshilikka sadaqa savobi berilur»;
¯ «Kichiklarimizga rahm qilmagan, kattalarimizni ulug‘lamagan – bizlardan emas» (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari);
¯ «Qaysi kishi o‘zganing aybini ko‘rib, uni yashirsa, xuddi tiriklay ko‘milgan qizni qabridan qutqargan kabi bo‘ladi» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
¯ «Kimki bir chumchuqni bekordan-bekor o‘ldirsa, Qiyomat kunida u chumchuq Arsh oldiga kelib, baland ovoz bilan: “Parvardigorim, bu bandadan so‘ragin, nima uchun meni behuda o‘ldirdi ekan?” – deydi»;
¯ «Kim musulmonni qo‘rqitsa, Qiyomatda Alloh uni qo‘rqitadi»;
¯ «Zolim bilan birga yurgan odam jinoyat sodir qilibdi»;
¯ «Birodaringiz zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham unga yordam bering!» (zulm ildiziga bolta urish – ham zolimga, ham mazlumga yordamdir);
¯ «Kimki biror gunoh ish qilishni niyat qilsa-yu, so‘ngra niyatidan qaytsa, unga bir yaxshilik savobi yozilajak»;
¯ «Biror banda dunyoda bir bandaning aybini yashirsa, Alloh taolo Qiyomat kuni uning ayblarini yashiradi» (Imom Muslim rivoyatlari);
¯ «Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham ravo ko‘rmaguncha, mo‘min bo‘la olmaydi» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
¯ «Maslahatni aql egalaridan so‘ranglar – to‘g‘ri yo‘l topasizlar. Ularning aytganidan chiqmang – pushaymon bo‘lasizlar»;
¯ «Musulmon – boshqa musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lgan kishidir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
¯ «Kim bir musulmonning gunohini yashirsa, Alloh uning gunohini dunyoda ham, oxiratda ham yashiradi»;
¯ «Siz yaxshilikni unga munosib bo‘lganga ham, bo‘lmaganga ham qilavering. Agar siz ezgulikka loyiq odamni topsangiz, demak, u ezgulik ahlidir, agar unday odamni topmasangiz, demak, siz o‘zingiz ezgulik ahlidansiz»;
¯ «Butun umr ezgulikni tilanglar!»;
¯ «Yo‘lga chiqayotganida do‘stlari bilan xayrlashgan kishi ularning duolari bilan barakaga qovushadi» (Imom Daylamiy rivoyatlari);
¯ «Haqiqiy musulmon – musulmonlar uning tili va qo‘lidan salomat bo‘lgan kishidir» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);
¯ «Kimki yaxshilik ko‘chatini qadasa, orzu qilgan hosilini yig‘ib oladi va kimki yomonlik urug‘ini sepsa, afsus-nadomat mevasini terib oladi»;
¯ «Silai rahm qilish, xushxulqlik va yaxshi qo‘shnichilik – yurtni obod va umrni ziyoda etadi» (Imom Ahmad rivoyatlari);
¯ «Mo‘min – ishonchli kishidir. Tilidan va qo‘lidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kishi – haqiqiy musulmondir. Yomonliklarni tark etgan kishi – asl muhojirdir. Nafsim qudrati qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, qo‘shnisiga zulm qiladigan kishi jannatga kirmaydi!»;
¯ «Haqiqiy musulmonning qo‘lidan ham, tilidan ham musulmonlar ozor ko‘rishmaydi» (Imom Muslim rivoyatlari);
¯ «Ummatimning rahmdillaridan va shafqatlilaridan fazilat istanglar! Chunki sizlar ularning qanotlari ostida yashaysizlar»;
¯ «Kim bir musulmonga bu dunyoda yordam bersa, Alloh Oxiratda unga yordam qiladi»;
¯ «Kimniki Alloh Taolo do‘st tutsa, unga odamlarning hojatlari tushadigan qilib qo‘yadi»;
¯ «Allohning ne’matlari bilan yaxshi qo‘shnichilik qilinglar, zero u biror oiladan ketib qolsa, qaytib kelmasligi mumkin»;
¯ «Tilidan va qo‘lidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kishi – haqiqiy musulmondir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
¯ «Mazlumning duosidan saqlaninglar, garchi u kofir bo‘lsa ham. Chunki uning duosi to‘siqsizdir»;
¯ «Qachon birortangiz mol-dunyo va xilqatda o‘zidan afzalroq kishini ko‘rsa, o‘zidan pastroqqa qarasin!..» (Imom Buxoriy rivoyatlari).
DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:
Ü Ota-ona rozi – Xudo rozi!
Ü Yaxshi o‘g‘il ota molini biylar,
Yomon o‘g‘il ota molini sochar.
Ü O‘zingga ravo ko‘rmaganni
O‘zgaga ham ravo ko‘rma!
Ü Kishining ko‘nglini og‘ritma zinhor –
Sening ham ko‘nglingni og‘rituvchilar bor!
Ü Yaxshiga qilsang yaxshilik –
Ham aytadi, ham qaytadi.
Yomonga qilsang yaxshilik –
Na aytadi, na qaytadi.
Ü Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.
Ü Odob bilan baxt topilar,
Sabr bilan – taxt.
Ü Oshiqmagan olisga yetar.
Ü Sabr – achchiq, mevasi – shirin.
Ü Sabr tagi – rahmon,
Shoshgan ishi – shayton.
Ü Achchiq savol berib,
Shirin javob kutma.
Ü Achchiq til – zahri ilon,
Chuchuk tilga – jon qurbon.
Ü Sabr etgan yetar murodga,
Besabr – qolar uyatga.
Ü Sabr etgan – murodga yetgan.
Ü Yomonlikka yaxshilik – er kishining ishidir.
Yomonlikka yomonlik – har kishining ishidir.
Ü Qarg‘ishning ikki uchi bo‘lar.
Ü Sabrli bo‘lsang – o‘zarsan,
Sabrsiz bo‘lsang – to‘zarsan.
Ü Uzun til – boshga to‘qmoq,
Bo‘yinga – sirtmoq.
Ü Sabrli kishining ishi soz!
Ü Sabrlining boshiga olma bitar,
Sabrsizning boshiga – g‘avg‘o.
Ü Suvsagan o‘lmas, hovliqqan o‘lar.
Ü So‘ragan adashmas, o‘ylovchi shoshmas.
Ü Tek yurgan, to‘q yurar.
Ü Toy mingan ot ham minar.
Ü Toqat qilsang, tog‘ egilar,
Sabr qilsang – bog‘ egilar.
Ü Toqatliga tog‘lar egar boshini,
Betoqatning itlar yeyar loshini.
Ü Chopib borgan yerga,
Yurib borsa ham bo‘lar.
Ü Shoshgan ishga shayton qo‘shilar.
Ü Do‘st orttiraman desang –
Shirin suhbat qil!
Dushman orttiraman desang –
Chaqirtikan bo‘l!
Ü Shoshgan er uyiga yetolmas,
Shoshgan qiz erga yolchimas.
Ü Shoshganning ishi o‘ngmas.
Ü Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
Ü Shoshilgan yiqilar,
Shoshmagan oyga chiqar.
Ü O‘zi sovuqning – so‘zi sovuq.
Ü Hamma yaxshi – men yomon,
Hamma bug‘doy – men somon.
Ü O‘ziga boqma – so‘ziga boq!
Ü Taom lazzati o‘zida,
Odam lazzati – so‘zida.
Ü Har mevaning po‘chog‘i bor,
Har so‘zning o‘lchovi bor.
Ü Tilingda bo‘lsa boling –
Kulib turar iqboling.
Ü Yomon til boshga balo keltirar.
Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.
Ü Mazlumlar dilini og‘ritma bir zum,
Balki bir kun o‘zing bo‘lasan mazlum...
Ü Shoshmasang, tez yetasan,
Shoshgandan o‘zib ketasan.
Ü Yaxshi ot keyin chopar.
Ü Kimki qilsa yomonlik – aslo topmas omonlik.
Ü Qanoat qilsang, qorning to‘yar,
Beqanoat – otini so‘yar.
ULUG‘LARDAN HIKMATLAR:
v Dovud payg‘ambarning o‘ttizta o‘g‘illari bo‘libdi...
Bir kuni peshin namoziga odamlar kechika boshlabdi. Dovud payg‘ambar orqalariga qarasalar, o‘ng tomonlarida o‘n beshta o‘g‘illari, chap tomonlarida o‘n beshta o‘g‘illari o‘tiribdi ekan.
Shunda sal maqtanchoqlikka bo‘y oldirib:
– O‘zimiz ham bir jamoa ekanmiz-ku, elni kutmasdan namozimizni boshlayveramiz... Xudo xohlasa, o‘ttiz o‘g‘lim bor, haq dinni butun elga o‘zim yetkazaman, degan o‘y kelib, namozni boshlab ketibdilar.
...Xudoga Dovud payg‘ambarning bu ishlari yoqmadi. Dovud payg‘ambar namoz vaqtida “Assalomu alaykum varahmatulloh!” deb, o‘ng tomonga salom berganlarida o‘n beshta o‘g‘illari jon topshirdi. Chap tomonga salom berganlarida, qolgan o‘n beshta o‘g‘illari bandalikni bajo keltirdi.
Xatosini uqqan Dovud payg‘ambar alayhissalom ko‘z yoshlarini daryo qilib, Yaratgandan kechirim so‘radilar...
Rahmi cheksiz Alloh taolo:
– O‘ttizta o‘g‘lingizni qaytarib beraymi yo o‘ttizini o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il beraymi? – deb so‘radi.
– Sening amring ikki bo‘lmaydi... O‘ttiz o‘g‘limning jonlari jannatda bo‘lsin... Menga ularning o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il bersang bas...
– Aytganingiz bo‘lsin! Lekin bolaning umri qisqa bo‘ladi. Men unga faqat to‘qqiz yil umr beraman.
– Mayli, shunisiga ham shukr! – deb, Dovud payg‘ambar kelasi yil o‘g‘il ko‘radilar.
U bolaning ismi Sulaymon edi. Sulaymon ish buyurishga yarab qolgan paytida Dovud payg‘ambar uning qo‘liga qumg‘on (obdasta), yelkasiga sochiq osib:
– O‘g‘lim, sen endi bizning uyga kelgan mehmonlarning yosh-mi, qari-mi hammasining qo‘liga suv quyib turgin! Suvni uch marta uzib-uzib quyasan. To‘rtinchi marta, agar mehmon so‘rasa, quyasan.
– Ota, nega uzib quyishim kerak?
– Sababi – o‘likni yuvishganda suvni uzmay quyadi. Sen axir suvni tirik odamlarga quyasan-da, o‘g‘lim... Ikkisini farqi bor – dedilar.
Dovud payg‘ambarga kelgan yosh-qarining hammasi, suv quyib turgan Sulaymonga “Yuzga kir, bolam!”, “Qo‘ling dard ko‘rmasin!”, “Katta olim bo‘lgin!”, “Podsho bo‘lgin!”, “Ulug‘ inson bo‘lgin!”, “Umring uzoq, rizqing butun bo‘lsin!”, deb rahmatlar aytardi.
Bir kuni Sulaymon to‘qqiz yoshga to‘ldi.
U paytlarda bolasi to‘qqizga to‘lgach, uni bir qizga unashtirib qo‘yish lozim edi. ...Lekin Allohning “bolaga faqat to‘qqiz yil umr beraman” degani Dovud alayhissalomning eslarida edi.
Bir kuni Dovud payg‘ambar saharda Allohni zikr qilib o‘tirar edilar... Sulaymonning yoshi to‘qqizdan oshdi. U endi jon taslim qilishi kerak edi. Buning tirik qolganining sababini so‘radi va agar jonini olmaydigan bo‘lsa, bolani unashtirish lozimligini aytdi...
Shunda Xaq Taolo:
– Mening ismlarimdan biri – Rahimdur! Minglab odamlar sizning bolangizga uzoq umr tiladi. Men shuncha xalqning duosini qaytara olmayman... Sulaymon uzoq umr ko‘radi, U barcha yerdagi maxluqlarni, osmondagi qushlarning va barcha dengizdagi baliqlarning tilini biladigan bo‘ladi. Barcha odamlar va jinlarga hukmronlik qiladi, – deb javob berdi.
Ana shundan boshlab yosh bolalar qariyalarning duosini olsin, deb, to‘y-marosimlarda ularga suv quydirib qo‘yadigan betakror va beqiyos go‘zal urf-odat paydo bo‘libdi...
v «Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,
Ko‘ngli qottig‘, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondog‘ qulg‘a sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so‘z aydim mano».
(Hoja Ahmad Yassaviy)
v «Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay».
(Alisher Navoiy)
v «Agar bo‘lsang ipak kabi muloyim,
Muloyim sen bo‘lsang, quling bo‘layin.
Qulog‘imga bergan panding olayin,
Kishiga qattiq so‘z aytuvchi bo‘lma».
(Maxtumquli)
v «Agarchi ul oyoq ostidadur xor –
Xudo maxluqidur, og‘ritma zinhor!
Takabbur qilmag‘il, ey, bema’oniy,
Faloniy o‘g‘lidurman deb faloniy!»
(So‘fi Ollohyor quddisa sirruhu)
v «Burung‘i holig‘a qilma nazzora,
Ani Tangrim aziz etsa na chora?!?
Ishonma otag‘a, qolma talabdin!
Qiyomatda so‘ralmasdir nasabdin».
(So‘fi Ollohyor quddisa sirruhu)
v «Agar sen qiblaga burmasang yuzni,
Besh mahal sajdayu namozing bekor.
Jannatga hech qachon tikmagil ko‘zni
Agar bir mo‘minga yetkazsang ozor».
(Abdulla Oripov)
v «Makkaga yetti qat borgancha bo‘lur,
Boshini silasang o‘ksik insonni».
(Abdulla Oripov).
ULAMOI KIROMLAR AYTADILARki...:
Þ Har bir harakatlarimizni Xudo ko‘rib turganini doim esda tutishlik darkor!
Þ Hatto ilm ham go‘zal insoniylik uchun kifoya qilmaydi. Chunki insonning go‘zalligi uning odob-axloqi bilan namoyon bo‘ladi.
Þ Ulamolar faqat ilmning o‘zi olimga naf bermasligiga, balki uning odob bilan ziynatlanishi zarurligiga shaytonni misol qilib keltirganlar. Ya’ni shaytonda ham ilm bo‘lgan, ammo unda go‘zal axloq bo‘lmagan. Shuning uchun odob insonning qadr-qimmatini belgilovchi mezon hisoblanadi.
Þ Dinimiz ko‘rsatmalari inson hayotining hamma jihatini o‘z ichiga qamrab oladi va uning shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy hayotidagi o‘rnini belgilab bergan.
Þ Musulmon kishi o‘zgalar bilan muomala qilishda chiroyli xulqli bo‘lishi – ayni dinimiz talabi!
Þ Turli ulov va transport vositalari – Alloh taoloning bizga bergan ne’matlari.
Þ Har bir ne’matning shukri – uni shariatga muvofiq, go‘zal holatda ishlatishdir. Shuning uchun inson ulovda yurganida qo‘lidan kelganicha o‘zi va o‘zgalarni xatarga qo‘ymasligi, piyodalar, yo‘lovchilar va boshqa haydovchilar hayotiga xavf solmasligi kerak. Buning uchun esa yo‘l harakati qoidalariga, svetofor chiroqlari ishoralariga rioya qilishi lozim bo‘ladi.
Þ Moshinaga minishni yaxshi niyat bilan boshlash, yo‘l davomida o‘zgalar bilan chiroyli muomala qilish – yuksak odob namunasidir.
Þ Jumhur ulamolar yo‘l harakati qoidalariga amal qilish vojib ekanini ta’kidlashadi.
Þ Chunki yo‘l harakati qoidalaridan hamma odamlarning foydasi ko‘zlanadi va qoidalarga amal qilish – vojib sanalanadi.
Þ Moshina haydash, avtoulov boshqarish uchun belgilangan tartibda, o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq tegishli tashkilot tomonidan berilgan rasmiy hujjat (haydovchilik guvohnomasi, maxsus ruxsatnoma) bo‘lmasdan avtoulovni haydash yaxshilikka olib kelmaydi.
Þ Haydovchilik guvohnomasi (maxsus ruxsatnoma) bo‘lmasdan avtoulovni boshqarishning oqibati haydovchi insonning o‘zi uchun ham, oila a’zolari uchun ham, boshqa odamlar uchun ham juda ayanchli, o‘ta zararli va nihoyatda achinarli bo‘lib, ba’zi holatlarda esa bu dunyodan tezroq ketishiga ham sabab bo‘ladi.
Þ O‘zini tanigan, aql-zakovatli, uzoqni ko‘zlagan, o‘zi, oila a’zolari, yaqinlari va atrofdagilariga zarar yetkazishni xohlamagan insonlar o‘zlarini ehtiyot qilib, avtoulovni haydovchilik guvohnomasi (maxsus ruxsatnoma)siz boshqarishdan jiddiy va qattiq saqlanadilar.
Þ Shar’iy qoidalarimizga ko‘ra haydovchi o‘zgalarning joni, moliga yetkazgan zarari uchun javobgar bo‘ladi.
Þ Haydovchiga bog‘liq bo‘lmagan, uning aybi yo‘q holatlar – bundan mustasno.
Þ Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam quyidagi narsalarni “yo‘lning haqqi” deganlar: “ko‘zni tiyish, aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikga buyurish va yomonlikdan qaytarish” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Þ Hadisi sharifdagi “aziyat” so‘zi ko‘p narsalarni o‘z ichiga oladi. Eng yomonlaridan biri – o‘zgalarga til bilan ozor yetkazishdir. Ayniqsa haqorat, so‘kish – musulmonlik odoblariga mutlaqo ziddir!
Þ Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bu xususda shunday deganlar: “Musulmon kishini so‘kish – fosiqlikdir. U bilan urushish – kofirlikdir” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Þ Ochiq oydin gunoh qiladigan odamni “fosiq” deyiladi. Bir musulmonni joniga qasd qilish katta gunohligini bilib turib, uni qonini halol sanash – kufrdir.
Þ Asl qoida – transport vositasi haydovchisi harakat davomida moshinasi bilan sodir qiladigan har bir hodisaga mas’uldir. Chunki moshina uning qo‘lidagi vosita va haydovchi uni boshqarishga qodir. Moshina o‘zicha harakatlanmaydi. Shuning uchun haydovchi moshinaning oldi, orqasi va yon tomonlari bilan yetkazgan zararga zomin, javobgar bo‘ladi.
Þ Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan haddan oshib o‘zgaga zarar yetkazsa, javobgar bo‘lishida shubha yo‘q. Chunki haddan oshuvchi doimo javobgar hisoblanadi.
Þ Mo‘min-musulmonlar yo‘l harakati qoidalariga va yo‘l odoblariga kuzatuv kameralari yoki yo‘l patrul xizmati inspektori qarab turgani uchungina emas, balki shariatimiz talabi ekanligini inobatga olish lozim.
Þ Bugungi kunda yo‘ldagi tartibsizliklar, dilxiraliklar va o‘lim holatlari bo‘yicha “birinchilik”ni musulmon yurtlari qo‘ldan bermay kelmoqdalar. Aslida esa yo‘l madaniyati borasida musulmonlar emas, balki boshqalarning peshqadam bo‘lishi biz uchun or hisoblanmog‘i darkor.
Þ Aslo shoshilib yurmang! Halokat uchun 100 martta emas, 1 martta xatoga yo‘l qo‘yish qifoya qiladi.
Þ Besh (5) narsada shoshilish tavsiya etiladi:
1) Mehmonga ovqat tortishda.
2) Qarzni uzishda.
3) Mayyitni ko‘mishga hozirlashda.
4) Qizni turmushga chiqarishda.
5) Gunohdan tavba qilishda.
Þ Ayollar, yoshlari kattalar, yosh bolalar va nogironlar yo‘ldan o‘tayotganda imkon qadar ularga yo‘l berish va ularni cho‘chitmaslikka bor kuch bilan harakat qilish kerak! Zero hadisi shariflarda “Kim musulmonni qo‘rqitsa, Qiyomatda Alloh uni qo‘rqitadi” deyiladi.
Þ Yo‘lda bilib-bilmay sizga ozor yetkazgan insonga javob qaytarishga harakat qilmang!
Islom odobi yomonlik qilganga yomonlik qaytarishga buyurmaydi!
Balki yaxshilik qilishga buyuradi!
Þ Agar o‘z hayotingiz qadriga yetmasangiz, siz bilan bo‘lgan hamrohlaringiz hayotini, moshinangiz atrofidagilarni hayotlarini o‘ylang! Vaholanki, o‘z hayotingiz qadriga yetmaslikka ham haqqingiz yo‘q!
Þ Ko‘chadan o‘tish yoki unda to‘xtab turish haqqi – umumiy. Undan piyoda ham, avtomoshinada ham foydalanish mumkin. Bunda salomatlik, ya’ni o‘ziga ham, o‘zgaga ham zarar bermaslik shart qilinadi.
Þ Piyodalar ham yo‘l qoidalariga amal qilishlari lozim.
Þ Qizil chiroqda o‘tish – boshqa bir yo‘l harakati ishtirokchisi haqqini poymol qilish hisoblanadi.
Þ Yo‘lning qatnov qismida, shuningdek piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotgan piyodalarning telefondan foydalanish, tele-video mahsulotlarni ko‘rish-eshitish, radio, audio mahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishlari mutlaqo man etiladi.
Þ Muborak dinimizning yo‘l harakatidagi ENG ASOSIY 4 (to‘rt) ta talabi:
1) Har bir yo‘l harakati ishtirokchisi yo‘l harakat qoidalariga qat’iy rioya etish;
2) Yo‘lda yurish odoblarini so‘zsiz bajarish;
3) Bir-birlariga nisbatan hurmat va bag‘rikenglik bilan muomala qilish;
4) O‘zi yaxshi ko‘rganni o‘zgalarga ham ravo ko‘rish.
Þ Shariat man etgan narsalarni iste’mol qilib avtomobilni boshqarishda bandasidan emas, gunohi ikki karra bo‘lishidan avvalo Xudodan qo‘rqish kerak!
Þ Imkon qadar farzandlariga ham moshina haydashni o‘rgatmoqlik lozim.
Þ Birovning shaxsiy moshinasiga mingan odam xuddi uning uyiga kirgan kabidir. O‘zini shunga xos va mos tutishi lozim.
Þ Kim musulmon?!?
Musulmon kishi kim o‘zi aslida?!?
Buning javobini Janobi sevikli Payg‘ambarimiz Allohning Habibi Muhammad mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizlarga o‘rgatib, muborak ta’lim-tarbiyalarini berdilar: «Tilidan va qo‘lidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kishi – haqiqiy musulmondir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
Þ O‘zining moshinasidan afzalroq moshinani ko‘rsa, o‘zidan pastroqqa qarasin!
Þ O‘zining moshinasidan afzalroq moshinaga hasad emas, havas bilan, o‘zidan pastroqqa esa mehr bilan qarash darkor, Yaratganga shukr va istig‘forni ko‘paytirish lozim.
MOSHINA HAYDOVCHINING 66 ta ODOBI
(bularning aksi
mo‘min-musulmon insonga
mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi!!!)
1) Moshinaga minishda yaxshi niyat bilan eng avvalo «Auuzu billohi minashshaytonir rajim!», «Bismillohir rahmonir rahim!» deb, o‘ng qo‘l bilan eshikni ochib, o‘ng oyog‘ini oldin bosib chiqishlik.
2) Moshinaga chiqayotib, salom berishlik.
3) Moshinaga minganda, qisqagina tilovat qilib, o‘tganlarning haqlariga duo qilib, belgilangan duolarini o‘qishlik.
4) Moshinada o‘zini xuddi birovning uyida yoki jamoatchilik joyida o‘tirgandek tutishlik.
5) Moshinani ichki va tashqi tomonlarini doim toza, ozoda va pokiza tutishlik.
6) Moshinaning texnik talablarini buzmasdan, ularga so‘zsiz va to‘liq rioya etishlik.
7) Moshinani har doim barcha joylari sozlangan va minishga yaroqli holda haydamoqlik.
8) Yo‘lga chiqishdan oldin ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar)ning duolarini olib chiqishlik.
9) O‘zi yaxshi ko‘rganni o‘zgalarga ham ravo ko‘rishlik.
10) Bir-biriga nisbatan rahmdillik, mehr-oqibat, hurmat va bag‘rikenglik bilan muomala qilishlik.
11) Odamlar bilan muomalada hayo, uyatni unutmaslik.
12) Nafaqat insonlar bilan, balki hayvon, parranda, hasharotlar hatto o‘simliklar bilan ham chiroyli xulq-odob bilan muomala qilishlik.
13) O‘zidan kattalarni doim hurmat qilishlik.
14) O‘zidan kichiklarni doim izzat qilishlik.
15) Hargiz va hargiz boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaslik.
16) Hech kimga hech qayerda va hech narsaga jahl qilmaslik!
17) Atrofdagilar bilan doim shirinsuxan bo‘lishlik!
18) Yo‘l asnosida atrofdagilarga biror savol bilan murojaat qilganda, javob bergan odamga minnatdorchilik izhor etishlik.
19) Moshina haydovchisi til, qo‘l, oyoq va boshqa harakatlar orqali ham boshqalarga ozor berishi dinimiz ko‘rsatmalariga aslo to‘g‘ri kelmaydigan amal. Chunki bunday ishlar muborak oyati-karimalar va hadisi-shariflarda qattiq qoralangan.
20) Yo‘l harakat qoidalari va yo‘lda yurish odoblariga to‘liq va din-diyonat bilan rioya qilishlik.
21) Moshina bilan ham kechayu-kunduz OTA-ONANING xizmatlarini og‘rinmasdan, mehr bilan bajarib, ULARNING bebaho, beqiyos va betakror duolarini olishlik.
22) Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ning hurmatlarini joyiga qo‘yishlik.
23) Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilmaslik.
24) Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) oldilaridan imkon qadar kesib o‘tmaslik. Mabodo shunga majbur bo‘lib qolgan holda, uzr aytib, kechirim so‘rashlik.
25) Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ning imkon qadar oldilariga tushib yurmaslik. Mabodo shunga majbur bo‘lib qolgan holda, uzr aytib, kechirim so‘rashlik.
26) O‘z aka-uka, opa-singillariga moshina bilan ham mehribonlik qilib, doim xizmat-yumushlarini beminnat ado etishlik.
27) Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, issiq-sovuq kunlarida moshina bilan ham beminnat xizmat qilishlik.
28) Qo‘ni-qo‘shnilar bilan chiroyli muomala qilib, issiq-sovuq kunlarida ham, ular ehtiyoj sezganlarida ham moshina bilan ham beminnat xizmat qilishlik.
29) Inson zotini manfaati ko‘zlab o‘rnatilgan tartib-qoidalarga insof bilan, din-diyonat bilan rioya etishlik.
30) Inson zotini manfaati ko‘zlab qo‘yilgan yo‘l belgi (znak)lar talablarini hamda svetofor ishoralarini buzmaslik.
31) Og‘ir bo‘lib, bosiqlik va sabr bilan yurishlik.
32) Sira ham shoshilmaslik, zero shoshilish – shaytondandir.
33) Juda sekin ham harakatlanmaslik.
34) Kasalxona, qabriston, masjid, maktab va shu kabi joylarda imkon qadar signal chalmaslik.
35) Kasalxona, qabriston, masjid, maktab va shu kabi joylarda video-ovoz chiqarish uskunalarini ovozini keskin pasaytirishlik.
36) Agar mutlaqo o‘chirib qo‘yilsa, yanada ulug‘roq bo‘ladi.
37) Har qanday katta-kichik yo‘ldagi har qanday qabristonning ham yonidan o‘tganda, tezlikni sezilarli darajada pasaytirishlik.
38) Kasalxona, qabriston, masjid, maktab va shu kabi joylarda imkon qadar sekinroq harakatlanishlik.
39) Har qanday katta-kichik yo‘ldagi qabristonning yonidan o‘tganda, o‘tganlarimizning haqlariga duo qilishlik.
40) Har qanday katta-kichik yo‘ldagi har qanday kasalxonaning yonidan o‘tganda, barcha bemorlarning haqlariga duo qilishlik.
41) Quloqchin (naushnik) ishlatmaslik.
42) Imkon qadar telefon bilan gaplashmaslik.
43) Harakat davomida oynadan boshqa haydovchilar va yo‘lovchilar bilan gaplashmaslik.
44) Avtomoshina oynasidan turli narsalarni tashlab yubormaslik.
45) Bo‘lar-bo‘lmasga signal chalmaslik.
46) Moshinadagi (video, ovoz chiqarish) uskunalarini ovozini baland qo‘yish bilan o‘zgalarga ozor bermaslik.
47) Ko‘pchilik harakatlanayotgan joyda yurganda jamoatchilik odoblariga rioya qilish lozim.
48) Ehtiyojmandlarga tez-tez xayr-ehson, sadaqa qilib turishlik.
49) Uyda, ko‘chada va barcha jamoat joylarida biror narsa umidvor bo‘lib, so‘rab kelgan insonni quruq qaytarmaslik.
50) Ko‘pchilik harakatlanayotgan joylar ham xuddi majlislar kabidir. Ularda ham majlislar odoblariga rioya qilgan kabi odob-axloq me’yorlariga rioya etish lozim bo‘ladi.
51) Yo‘l harakati asnosida ham Yong‘in xavfsizligi, Tez tibbiy yordam va shu kabi tashkilotlarning moshinalariga imkon qadar yo‘lni tezroq bo‘shatib qo‘yish lozim.
52) Moshina haydovchisi shovqin-suron, baqir-chaqir qilmasligi ham odobdandir. Zero baqir-chaqir, shovqin-suron qilishlik musulmon kishilarga mutlaqo yarashmaydi.
53) Haqiqiy mo‘min-musulmon kishi qachon, kimning oldida va qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini yuksak odob doirasida tutadi.
54) Kechki paytda boshqa haydovchilarning hamda piyodalarning ko‘zlarini qamashtiradigan darajada yoritgichlarni yoqib yurmaslik.
55) Yo‘lda sarson bo‘lib, qiynalib turganlarga imkon qadar ko‘maklashib, yordam berishlik – haqiqiy mo‘min-musulmon kishining eng savobli ishlaridan hisoblanadi. Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Kim bir musulmonga bu dunyoda yordam bersa, Alloh Oxiratda unga yordam qiladi”.
56) Borayotgan manzilga bir oz yetmasdan 10-20 metr oldin to‘xtashlik.
57) Borayotgan manzilda mabodo odamlar to‘plangan joy bo‘lsa, undan kamida 20-30 metr oldin to‘xtashlik.
58) Borgan manzilga moshinani o‘sha joyning eshigi, darvozasi, kirib-chiqish joyiga ro‘para qo‘ymaslik hamda atrofdagi odamlar va boshqa moshinalarga ham har tomonlama xalaqit bermaydigan darajada qilib qo‘yishlik.
59) Kishi bilan xayrlashganda odamning oldida eshikni qattiq yopmaslik. Imkoni bo‘lsa, bir oz yurgandan keyin yopishlik.
60) Uyga kelganda kelganini bildirish uchun yoki eshik, darvozani ochishlari uchun moshina signali bilan yoki o‘z ovozi bilan boshqalarga ozor bermaslik.
61) Avtoulovni duch kelgan joyda qoldirmasdan, boshqalarga zarar bermaydigan joyni tanlash lozim.
62) Turli jamoat joylari (kasalxona, bozor, maktab, masjid, savdo markazlari, avtoturargoh va hokazo)da moshinani juda katta diqqat va nihoyatda jiddiy e’tibor bilan, moshinalarga ham, odamlarga ham mutlaqo ozor yetkazmaydigan holda qilib qo‘yishlik.
63) Hatto o‘z uyining, o‘z ishxonasining oldiga ham qo‘shnilar, yo‘lovchilarga aslo ozor bermaydigan qilib qo‘yishlik.
64) Biror joyga mehmonga borganda ham yoki biron yumush bilan to‘xtaganda ham moshinani qo‘shnilar, yo‘lovchilarga aslo ozor bermaydigan, birovlarni yo‘lini to‘sib qo‘ymaydigan qilib qo‘yishlik.
65) Manziliga yetib borganidan keyin, Xudoga shukr qilib, moshinaga ham minnatdorchilik izhor etiladi.
66) O‘zidagi mavjud ulovga doim shukr qilishlik.
Mehribon Parvardigorimiz
o‘zlarimizni ham,
farzand-zurriyotlarimizni ham
O‘zi buyurgan,
Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan,
o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan,
xalqimiz xursand bo‘ladigan,
ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan
yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!
Ibrohimjon domla Inomov