Eng go'zal g'azal sharhi:
ne o'tkarmakdurur
Madfaning ayvonig'a
ko'k gunbazidin irtifo'.
“Maskaning, oxir-oqibat borar manziling tuproqdir. Shundoq ekan, dafngohing, ya'ni qabring ayvoniga ko'k gumbazdan baland bino ko'targaning – yuksak maqbara qurganing nimasi? Buning nima nafi bor?”
Nuh surasi 17–18-oyatlarida aytiladi (ma'nosi): “Alloh, nabotot kabi, sizlarni erdan undirib chiqardi. So'ngra sizlarni yana unga qaytarur va yana (mahshar kuni qabrlardan tiriltirib) chiqarur”.
IZOH. “Alloh, nabotot kabi, sizlarni erdan undirib chiqardi”, ya'ni: «Otangiz Odam alayhissalomni tuproqdan yaratdi» (Jalolayn tafsiri). Oyatlarda kelganidek, qabrdan tirilib chiqishlar oxiratdagi tirilishdir.
* * *
“Tazkiratul-avliyo” kitobidan: “Naqldirki, Hasan Basriy hazratlari bir gal bir janozaga bordi. Mayyitni dafn qilganlaridan keyin Hasan mozor boshida o'tirib, shu qadar yig'ladiki, tuproq loy bo'ldi. So'ngra dedi: «Ey insonlar! Ishning avali ham, oxiri ham lahaddir! Qarangiz, dunyo manzilining oxiri qabrdir, oxirat manzilining boshi ham qabrdir. Zero (aytilgandir)ki: «Qabr – oxirat manzillaridan bir manzildir». Oxiri shu lahad bo'lgan dunyoda qanday shod bo'lib kezarsizlar?! Nechun avali shu lahad bo'lgan olamdan qo'rqmassizlar?! Modomiki, sizlarning avvalu oxirlaringiz shu mozor ekan, ey g'aflat ahli, avvalgi va oxirgi manzil uchun hozirlik ko'ringiz!»
Mirzo Kenjabek,
“Navoiy muhabbati”
kitobidan.
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida “Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Ezgulik va ma’rifat targ‘ibotchilari” shiori ostida sayyor ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda aholiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi murojaati yetkazilib, "Qirqvolida" mahallasi va "Mirzaobod" qabristonida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.
Shuningdek, yurtdoshlarimiz o‘rtasida bag‘rikenglik, mehr-oqibat va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi samimiy suhbatlar o‘tkazilib, tumandagi 16 ta mahallada istiqomat qiluvchi 55 ta ehtiyojmand oilaga moddiy xayriya yordamlari topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati