Janubiy Afrika poytaxti Keyptaunda vafot etgan musulmonlar sonining ko'paygani sababli bir asr mobaynida yopiq bo'lgan eski qabriston qayta ochiladi. Bu haqda shahar rasmiylariga asoslanib islom.uz sayti xabar berdi.
Shahar kengashining bayonotida aytilishicha, koronavirus tufayli musulmonlarning dafn marosimlari ko'paygan va Stegman yo'lidagi tarixiy qabriston qayta ochilgan.
Ushbu qadimiy qabristonda birinchi dafn marosimi 1868 yilda bo'lib o'tgan. Ammo Janubiy Afrikadagi aparteid hukumati mintaqadagi musulmonlar jamoasining qulashi sababli qabristonni yopgan.
Ayni paytda Keyptaunga har oy 150 ga yaqin musulmonlar tashrif buyuradi. Shahar rasmiylari musulmonlarning dafn marosimlarini o'z vaqtida, hurmat bilan qonun-qoidalarga muvofiq o'tkazilishini ta'minlash maqsadida Musulmonlar Sud Kengashi bilan ish olib borayotganlarini aytmoqdalar.
Qoida tariqasida, ushbu shahardagi dafn marosimlari ish vaqtidan tashqarida o'tkazilmaydi. Shuningdek, musulmonlar uchun dafn marosimini iloji boricha tezroq ado etish kerakligi to'g'risida Islom diniga rioya qilish uchun maxsus qoidalar ishlab chiqilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni yurtimiz ziyoratchilari hajning eng muhim farzini ado etish maqsadida Arafot maydoniga borib joylashdi.
Hadislarda keltirilishicha, Arafot ulug‘ manzillardan biri bo‘lib, bu yerda qilingan duolar shak-shubhasiz qabul bo‘ladi. Buni yaxshi anglagan hojilar har damni g‘animat bilib, bundan unumli foydalanmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.
Hojilarimiz Arafotda duoi xayrlar, ibodatlar bilan bo‘lib, peshin va asr namozlarini jam qilib o‘qiydilar. Duo va tazarrularda bardavom bo‘ladilar. Alloh taolodan yurtimiz tinch, xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lishini, farzandu arjumandlarimiz baxtu saodatini so‘rab iltijolar qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati