Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Muruvvat va Allohning chegarasi

19.02.2021   2008   1 min.
Muruvvat va Allohning chegarasi

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Umayya ibn Bistom aytadi: «Bir ayol Yunus ibn Ubaydning oldiga yopinchiq ko'tarib kelib, «Mana shuni sotib oling», dedi. «Qanchaga sotasan?» dedi u. Ayol: «Besh yuzga», dedi. Yunus «Bu yopinchiq bundan qimmatroq turadi-ku?» dedi. Ayol: «Unda olti yuzga», dedi. Yunus uning bundan ham qimmatroq turishini aytdi. Shu tariqa yopinchiqning narxi mingga etdi. Keyinroq Yunus shunday dedi: «Unga saxovat qilib, yana besh yuz berdim».

Allohning chegarasi

Sallom ibn Abu Muti' aytadi: «Yunusning (nafl) namozu ro'zalari ko'p emas edi. Lekin Allohga qasamki, agar u Alloh taoloning hadlariga kelib qolsa, albatta to'xtar edi».

 

«Solihlar gulshani» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir

07.07.2025   1172   1 min.
Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bir kuni Umar roziyallohu anhu masjidga chiqdilar, u yerda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yig‘lab turgan holda ko‘rdilar.

Umar raziyallohu anhu undan: "Ey Muoz, nima uchun yig‘layapsan?" deb so‘radilar.

Shunda Muoz roziyallohu anhu javob berdilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bir hadis tufayli yig‘layapman. U zot alayhissalom aytgan edilar: "Riyoning ozginasi ham shirkdir. Kimki Allohning do‘stlariga dushmanlik qilsa, bilib qo‘ysinki, u Allohga qarshi urush ochibdi. Albatta, Alloh taolo abror, taqvodor, o‘zini pinhon tutadigan bandalarni yaxshi ko‘radi. Ular shunday kishilarki, yo‘qliklarida, hech kim ularni axtarmaydi, hozir bo‘lganlarida ham hech kim ularni tanimaydi. Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir. Ular har qanday qorong‘u va g‘uborlik holatdan yo‘l topib chiqa oladilar".

Homidjon qori ISHMATBЕKOV