O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Birlashgan Arab Amirligi Fatvo kengashining taklifiga binoan shu yilning 7-8 noyabr' kunlari Abu Dabi shahrida bo'lib o'tayotgan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda.
Halqaro konferentsiyada Misr Arab Respublikasi muftiysi, professor Shavqiy Allom, Birlashgan Arab Amirliklarining Shariat fatvosi kengashi raisi Abdulloh bin Bayya kabi yirik ulamolar qatorida Bahrayn, Marokash, Jazoir, Tunis, Eron, Nigeriya, Germaniya kabi dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan taniqli ulamolar, muftiylar, professor-olimlar, ekspertlar, davlat va din arboblari qatnashmoqda.
Ikki kun davom etadigan xalqaro anjuman 5 sho''baga bo'lingan holda bo'lib o'tadi va ularda texnologiya, fazo, tibbiyot, sun'iy intellekt kabi sohalardagi shariatga oid masalalar muhokama qilinadi.
.jpg)



O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan aholi bilan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va samimiy muloqot tizimi fuqarolarning murojaatlarini atroflicha o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.
12 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning arz, taklif va murojaatlarini tingladilar. Yuzma-yuz suhbat jarayonida masjidlar holati va faoliyati, imom-xatiblar ishi, Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish, oilaviy munosabatlarni tartibga solish hamda moddiy yordam ko‘rsatishga oid ko‘plab masalalar chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi qabullar va fuqarolar bilan muloqot tadbirlari Diniy idoraning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarda har haftaning chorshanba kuni imom-xatiblar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati