Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Aprel, 2026   |   16 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:39
Quyosh
06:00
Peshin
12:31
Asr
16:59
Shom
18:56
Xufton
20:11
Bismillah
05 Aprel, 2026, 16 Shavvol, 1447

Chaqaloq yig'laganda Allohni zikr qilayotgan bo'ladi

10.02.2021   2428   1 min.
Chaqaloq yig'laganda Allohni zikr qilayotgan bo'ladi

Farzandingiz yig'lasa halovatingiz yo'qolib, tashvishga tushib, nima sababdan yig'layotganini bilmay qiynalarkansiz. Asablaringiz taranglashib, o'zingizni qo'yarga joy topa olmas ekansiz. Yaqinda Allohning fazli va marhamati ila Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh Hadis va hayot silsilasining “Yaxshilik va axloq kitobi” juzida bunday yozganlarini o'qib qoldim: “Chaqaloq ko'p yig'lasa, oilada turli tashvish va qiyinchiliklarga sabab bo'lsa, ota-ona siqilmasligi, achchiqlanmasligi kerak. Kitoblarimizda kelgan xabarlarga ko'ra, chaqaloqning yig'isi zikr, Allohning yagonaligini yodlash, hamdu sano, ota-onasining haqqiga duo va istig'for hisoblanadi”.

Ushbu satrlarni o'qib qalbim ancha taskin topdi, Alhamdulillah. Sizning ham qalbingiz xotirjam bo'lsin deb ushbu ma'lumotni Sizga ilindim.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har bir ishda ummatlariga go'zal namuna bo'lganlaridek, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham barcha ishlarda yo'lboshchi, o'rnak bo'ldilar.

Alloh taolo Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhni O'z rahmatiga olsin. Dinga qilgan xizmatlarini O'zining roziligi bilan mukofotlasin!

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ruh jismning qayerida bo‘ladi?

03.04.2026   8404   1 min.
Ruh jismning qayerida bo‘ladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Yaratganning borligini inkor qiladiganlar asosiy sabab qilib ko‘rmaganliklarini ko‘rsatadilar. Ular bu gapni aytishdan avval ushbu oyatni yaxshilab o‘ylab ko‘rsinlar: “O‘zingizda ham (mo‘jizalar bor), ko‘rmaysizlarmi”.

Jismimiz ruhimiz tufayligina harakat qiladi. Agar ruh chiqib ketsa harakatdan to‘xtaymiz. Ruh degan so‘zni ko‘pchilik eshitgan. Lekin uni kim ko‘rgan? Uning qayerda bo‘lishini kim biladi? U yurakda bo‘ladimi yoki miyamizdami?

Olimlarning birortasi bunga aniq javob bera olmaydilar. Ruhning vazni bor deya jar solgan olim ham buni bilmaydi. Ruhning vazni bo‘lmaydi. Vazni bor degan olimni jasaddan chiqib ketgan havo yoki yurak urishi tufayli yuzaga keladigan bosim chalg‘itgan bo‘lishi mumkin.

Demak, ruhni hech kim ko‘rmagan. Uning qayerda joylashishi, jismni qanday harkatga keltirishini birota olim bilmaydi. Insonning bir qo‘li falokat tufayli uzilib tushsa, uni harakatga keltirgan ruh qayerga ketadi? Buni ham hech kim bilmaydi. Lekin dunyo olimlari ruhning borligini inkor etmaganlar.

Ruhning borligiga ko‘pchilik ishonadi. Tanamiz harakatga kelishi, tirikligimiz belgisi ham aynan ruh bilan bog‘liqdir. Bu narsa ham Alloh taoloning mo‘jizalaridan biridir. O‘zimizdagi mo‘jizalarni inkor etmagan holda koinotdagi ilohiy mo‘jizalarni qanday inkor eta olamiz?! Bu aqli bor kishining ishi emas-ku, axir.


Shayx Muhammad Mutavalli Sha’roviy rahimahullohning
"Allohning borligiga aqliy dalillar" kitobidan