Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Aprel, 2026   |   16 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:39
Quyosh
06:00
Peshin
12:31
Asr
16:59
Shom
18:56
Xufton
20:11
Bismillah
05 Aprel, 2026, 16 Shavvol, 1447

Ikki xil toifadagi yigit

06.11.2023   1602   5 min.
Ikki xil toifadagi yigit

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Ey yoshlar jamoasi, shuni bilingki, Alloh taolo O'zining fazlini ato qilishda hech kimni unutmaydi.
«Tavba qiluvchi yosh yigitdan ko'ra, Alloh taologa mahbubroq narsa yo'q».
Kunlarning birida Nabiy sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga xitob qilib: «Allohga qasamki, ey Muoz, albatta, men seni yaxshi ko'raman». Undan boshqa iloh bo'lmagan Allohga qasamki, agar bir yigit Alloh taolo uni yaxshi ko'rishini his qila olsa, u ham osmonlaru erning yaratuvchisi bo'lgan Alloh taoloni yaxshi ko'rib qoladi. Allohga qasamki, banda uchun bundan ortiq maqom bormi?
Alloh taolo farishtalarga aytadi: «Bandamni ko'ringlar, Meni deb shahvatini tark etdi».
Ayni gullagan, shahvati qaynab turgan paytida ko'zini haromdan tiyib, Allohning baytiga qatnab, barcha gunoh ma'siyatlardan uzoq yurib, harom narsalardan o'zini tiyib, Alloh taolodan qo'rqib yurgan yosh yigit uylanish masalasida haddan oshgan, ayollar bilan ayshu ishrat qilib yuradigan, bir ayolga uylansa, ko'p yashamay tezda ajrashib ketadigan yigitlardek yo'l tutmaydi. Buni aql ham ko'tarmaydi.
Ba'zi hadislarda: «Alloh taolo xotini bilan uzoq yashamaydigan, tez uylanib, tez ajrashadigan erkaklarni va eri bilan ko'p yashamaydigan, tez erga tegib, tez ajrashadigan ayollarni la'natlasin» degan rivoyat keladi. Shuningdek, Alloh taolo xotini bilan uzoq yashamaydigan, tez uylanib, tez ajrashadigan erkaklarni va eri bilan ko'p yashamaydigan, tez erga tegib, tez ajrashadigan ayollarni yaxshi ko'rmasligi hadislarda vorid bo'lgan. Ba'zilar bu hadislarni zaif deyishgan. Allohdan qo'rqadigan yigit esa pokdomon bo'lib, uning iffati, haromdan ko'zinin tiyishi u uchun sharaf belgisi hisoblanadi.
Alloh taolo tavba qiluvchi, ko'zini haromdan saqlovchi, pok yigit bilan haromga boquvchi, yomon joylarda yuruvchi, tonggacha uxlamay internetda behuda narsalarni tomosha qilib o'tiradigan yoki behayo fil'mlar ko'radigan yigitga bir xil muomala qilishi aqlga to'g'ri keladimi? Ushbu savolga echim sifatida mana bu oyatlarni keltiramiz:

أَمْ حَسِبَ الَّذِينَ اجْتَرَحُوا السَّيِّئَاتِ أَن نَّجْعَلَهُمْ كَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ سَوَاءً مَّحْيَاهُمْ وَمَمَاتُهُمْ سَاءَ مَا يَحْكُمُونَ

«Nahotki, yomonliklarni qilganlar ularni iymon keltirib, solih amallar qilganlarga o'xshash qilmog'imizni, hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo'lishini o'ylasalar?! Qilayotgan hukmlari naqadar yomon!» (Josiya surasi, 21-oyat).
أَفَمَن كَانَ مُؤْمِنًا كَمَن كَانَ فَاسِقًا لَّا يَسْتَوُونَ
«Axir mo'min bo'lgan odam fosiq bo'lgan odam kabi bo'lurmi?! Teng bo'lmaslar» (Sajda surasi, 18-oyat).

أَفَنَجْعَلُ الْمُسْلِمِينَ كَالْمُجْرِمِينَ

«Musulmonlarni jinoyatchilarga o'xshatib qo'yarmidik?!» (Qalam surasi, 35-oyat).

مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ

«Sizga nima bo'ldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz?» (Qalam surasi, 36-oyat).

ذَلِكَ جَزَيْنَاهُم بِمَا كَفَرُوا وَهَلْ نُجَازِي إِلَّا الْكَفُورَ

«Ularni noshukrlik qilganlari uchun, ana shunday jazoladik. Biz faqat o'ta noshukrlargagina jazo berurmiz». (Saba' surasi, 17-oyat).

فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ

«Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko'radir» (Zalzala surasi, 7-oyat).

وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

«Va kim zarra vaznicha yomonlik qilsa ham ko'radir» (Zalzala surasi, 8-oyat).
Alloh taolo yoshlarimizni ibodatda, haromdan ko'zni tiyishda, fahshdan saqlanishda, qalblari masjidga bog'liq bo'lishda va iffatni saqlashlarida barchamizga ibratli bandalaridan qilsin!
Muhammad Rotib Nabulsiyning videosuhbatlaridan


Nozimjon Hoshimjon tarjimasi.
Mahmud Bahrom oqqa ko'chirdi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ulug‘ xulq qanday bo‘ladi?

03.04.2026   10887   1 min.
Ulug‘ xulq qanday bo‘ladi?

Xushxulqlik – bandalikning eng ulug‘ darajasi bo‘lib, unda mardlikning chin surati namoyon bo‘ladi. Alloh taolo O‘zining Rasuli sollallohu alayhi vasallamga ko‘plab fazilatlar ato etganiga qaramasdan u zot sollallohu alayhi vasallamni aynan xulqi xushlari bilan madh etdi. Alloh taolo aytadi: “Albatta Siz ulug‘ xulq ustidadirsiz!” (Qalam surasi, 4-oyat).

Olimlar qayd etadilar: “Ulug‘ xulq degani shunday xulq hisoblanadiki, bunday xulq sohibi hech kimga nisbatan adovatda bo‘lmaydi va unda odamlarning nafratiga sabab bo‘ladigan zarracha bo‘lsa ham yomon illatning o‘zi bo‘lmaydi. Bularning barchasi Allohni tanishning yuksak darajalari tufaylidir”.

Boshqa olimlar deydilar: “Ulug‘ xulq – bu odamlarning unga nisbatan qilgan jabru jafolarini Allohdan deb bilganligi sabab ulardan ranjimasligidir”.

Olimlarning quyidagicha fikrlari ham bor: “Ulug‘ xulq – bu kishining butun borlig‘iyu e’tiborini faqat Allohga qaratmog‘idir!”.


Shuningdek, ilohiyot olimlari yuqoridagi oyatni batafsil mana bu tarzda izohlagan ekanlar:

“Ey Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, siz ulug‘ xulq sohibisiz! Bu daraja faqat sizgagina nasib etgan. Boshqa hech bir yaralmish xulqning bu darajasiga ko‘tarila olmaydi. Shuning uchun ham Siz boshqalarning qo‘lidan kelishi mahol bo‘lgan darajada matonatli, sabr sohibisiz”.

Olimlardan yana biri bu oyatni quydagicha izohlagan ekan: "Allohning xulqi bilan xulqlanganingiz uchun odamlarning tuhmati, ta’nayu malomati Sizga salbiy ta’sir etolmaydi va Siz ularning yomonliklaridan yetajak uqubatdan forig‘siz. Zeroki, o‘z kuchingiz bilan emas, Alloh aytganidek, Allohning yordami bilan toqat qilasiz".

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.