– Hammangiz yaxshi tushunasiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi – ma'naviyatdir. – Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyatdir, – dedi davlatimiz rahbari. – Qanday qiyinchilik va sinovlarga duch kelmaylik, boshlagan barcha islohotlarimizni, qabul qilgan dasturlarimizni izchil davom ettirayapmiz.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida, O'zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Havfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishida ma'naviy sohalar rivoji uchun g'oyat muhim vazifalar ham belgilab olindi.
Yangi hayot, yangi jamiyat qurishga qaratilgan islohotlar jarayonida ma'naviy-mafkuraviy ishlarimizning nazariy asosi bo'lgan milliy g'oyani rivojlantirish masalasi g'oyat muhim ahamiyatga ega.
Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalqning yuksalishi avvalo uning ma'naviy birlashuvi, milliy g'oyasi bilan murakkab sinovlardan muvaffaqiyatli o'tib kelgan.
Shu bois, taniqli olimlar, ziyolilar, etakchi ekspertlar tomonidan yangi Milliy g'oya kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.
Unda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh g'oya asosida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilandi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda milliy g'oya mazmun-mohiyatini keng xalq ommasiga tushuntirishga qaratilgan targ'ibot dasturini ishlab chiqib, uni amalga oshirish vazifasi topshirildi.
– Afsuski, hali oramizda milliy g'oyaning, ma'naviyatning mohiyatini to'liq anglab etmagan, “ma'naviyat kerakmi-yo'qmi”, deb yurganlar ham bor. Milliy g'oya deganda, eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, “labiga uchuq toshadiganlar” ham yo'q emas.Lekin agar mafkura odamiy bo'lsa, insonning huquq va erkinliklarini, uning qadr-qimmatini ulug'lashga xizmat qilsa, nima uchun undan qo'rqishimiz kerak? Shu munosabat bilan ta'kidlab aytmoqchiman. Biz yaratayotgan yangi O'zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oyasi bo'ladi, – dedi Prezident.
#xabar #ramazo #vatandoshlar #iftorlik
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan dunyoning turli davlatlarida yashab mehnat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida yurtimizdan borgan ulamolar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, iftorlik dasturxonlari hamda taroveh namozlari davom etmoqda.
Rossiyaning Moskva shahrida “O‘zbekiston kuni” doirasida iftorlik dasturxoni yozilib, unga 500 nafarga yaqin vatandoshlar taklif etildi. Tadbirda Ramazon oyining fazilatlari, birodarlik, mehr-muruvvat va o‘zaro hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlar haqida ma’ruza qilindi.
AQSHning Orlando shahridagi Imom Buxoriy markazida ham navbatdagi suhbat o‘tkazilib, taroveh namozi ado etildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Inson qadri” nomli kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ma’rifiy suhbat davomida tarbiyaning ahamiyati va boshqa mavzularda savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Finlandiyaning Helsinki shahridagi O‘zbek madaniyati markazida ham vatandoshlar uchun ana shunday tadbirlar tashkil etildi. Unda vatandoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, “Ayollar – Allohning omonati”, “Vatan sajdagoh kabi ulug‘dir” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Tadbirda 160 nafarga yaqin vatandoshimiz qatnashdi.
Shuningdek, Janubiy Koreyaning Geongsan shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidida vatandoshlar ishtirokida taroveh namozi ado etildi. Unda asosan talabalardan iborat 150 nafarga yaqin namozxon ishtirok etdi. Namozdan so‘ng “Ramazon – saxovat oyi” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Bunday xayrli tadbirlar xorijdagi yurtdoshlarda ona Vatanga muhabbatni yanada oshirish, ular o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati