Sayt test holatida ishlamoqda!
17 May, 2026   |   29 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:03
Peshin
12:24
Asr
17:25
Shom
19:41
Xufton
21:09
Bismillah
17 May, 2026, 29 Zulqa`da, 1447

Bir savol so'rasam: Ibodatlarni oshkor qilish riyoga kiradi-mi?

19.01.2021   2887   1 min.
Bir savol so'rasam: Ibodatlarni oshkor qilish riyoga kiradi-mi?

— Men imkon qadar ibodatlarimni pinhona qilishga harakat qilaman, riyo bo'lib qolmasin, deyman. Ko'pchilik ichida ham “men namoz o'qiyman”, deyishga iymanaman. Lekin bir qarindoshim namoz o'qishini ko'pchilik orasida baralla aytadi, ko'p yolg'on so'z aralashtirishi sezilib turadi. Bu gunoh emasmi?

Ibodatlarning eng afzali maxfiy qilinganidir. Chunki bunday amal riyodan uzoq bo'ladi. Ammo toatni oshkor qilishdan odamlarga yaxshilikni targ'ib qilish, ularga namuna bo'lish niyat qilinsa, bunday amal ham afzal hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Maxfiy qilingan ish oshkora qilingan ishdan afzal, agar oshkora qilingan ish unga ergashishlari uchun qilingan bo'lsa, u afzaldir”, dedilar (Hakim Termiziy rivoyati).

Alloh taolo banda qilayotgan barcha ishlarni ko'rib, bilib turadi. Muhimi, niyat xolis Alloh uchun bo'lsin. Zero, ulamolar: “Odamlar uchun amalni tark qilish riyo va odamlar uchun amal qilish shirk”, deyishgan.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom institutida ilk bor "Oilaviy ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi (foto+)

16.05.2026   3201   1 min.
Toshkent islom institutida ilk bor

Xalqaro oila kuni, yaqinlashayotgan qutlug‘ Qurbon hayiti hamda 1 iyun — Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent islom institutida ta’lim muassasasi tarixida ilk bor «Oilaviy ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi. Instituti hovlisida o‘zgacha quvonch va samimiyat muhitini ulashgan ushbu fayzli tadbirni ta’lim muassasasi rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir doirasida institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning 200 nafardan ziyod farzandlari hamda nabiralari uchun unutilmas bolalar sayli uyushtirildi.

Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolajonlarning o‘z ota-onalari mehnat qilayotgan tabarruk ilm dargohi va bu yerdagi ma’rifiy muhit bilan yaqindan tanishishi hamda qalbida ilm ahliga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirishdan iboratdir.


Bayram dasturi doirasida bolajonlar uchun «Shirinliklar bayrami» tashkil etilib, milliy o‘yinlar, rasm chizish, xattotlik, shaxmat-shashka va stol tennisi kabi sport musobaqalari o‘tkazildi.

Shuningdek, qizlar uchun milliy hunarmandchilik mahorat darslari, sayyor attraksionlar va multfilmlar namoyishi bolajonlarga haqiqiy quvonch ulashdi. Tantanali tadbir yakunida institut ma’muriyati tomonidan barcha ishtirokchilarga maxsus bayram sovg‘alari va shirin tushliklar taqdim etildi. 
 

Ota-onasining jamiyat uchun manfaatli mehnatidan faxrlangan bolajonlarning chehrasidagi beg‘ubor tabassum ushbu xayrli va ma’naviy tadbirning eng katta yutug‘i bo‘ldi. Zero, oilasi ahil, farzandlari baxtiyor bo‘lgan yurtning kelajagi hamisha nurli va barqarordir. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Toshkent islom institutida ilk bor Toshkent islom institutida ilk bor Toshkent islom institutida ilk bor Toshkent islom institutida ilk bor
O'zbekiston yangiliklari