«HILOL NASHR» bolajonlarimiz uchun «Olim bola» dasturini taqdim etadi.
Ilk bor o'zbek tiliga tarjima qilingan «Olim bola» dasturi bolajonlarga Islom dinini o'rgatuvchi ajoyib o'yindir. Ushbu dastur orqali farzandlaringiz aqlni charxlovchi quvnoq o'yinlar orqali Qur'on o'qish, namoz ibodati, Allohning go'zal ismlarini, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning go'zal axloqlarini, sahobai kiromlarning hayotlarini o'rganadilar.
Dastur haqida batafsil videoni Youtube orqali ko'rish:
«Olim bola» dasturida quyidagi bo'limlar mavjud:






Shularning barchasi «Olim bola» dasturida Sizlarni kutmoqda!
Bu hali hammasi emas! «Olim bola» dasturida bolajonlar qiziqib o'ynaydigan labirintlar, berkinmachoq, yashirin rasmlar, xotira mashqlari, gap tuzishlar, rasmli topishmoqlar va boshqa bir qator ko'ngilochar o'yinlar jamlangan!
Jumladan «G'ordan qochish» o'yini. Bunda jarlikka yiqilib ketmasdan, ko'proq tangachalarni yig'ish talab etiladi.
Yana «Bilimlar bellashuvi» o'yini. Bu o'yinda esa 10 ta test-savolga tez va aniq javob berish kerak. Agar javob berilmasa, vaqt tugaydi. Savollar esa bir-biridan qiziq!
«Labirint» o'yida esa to'g'ri yo'lni topib labirintdan chiqib ketish kerak. Farzandlaringiz uchun ayni muddao bo'lgan o'yin.
Ha, aytgancha, «Ham-ham» o'yinini ham dasturda ko'rishingiz mumkin. Bunda o'yinchiga berilgan baliqni katta nahanglardan ehtiyot qilib, ozuqalar berib, katta qilish kerak.
Hullas, dasturni o'rnatib o'zingiz ko'ring, hech afsuslanmaysiz. Zo'r dastur ekanmi? Unda hoziroq «Olim bola»ni yuklab oling, maza qilasiz!
«Olim bola» dasturidan Windows, Android hamda iOS jihozlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Dasturni yuklab olish: olimbola.uz/download
Dasturda ko'plab videodarslik hamda interaktiv o'yinlar borligi sabab birinchi kirganda 300 Mb dan 7 Gb gacha bo'lgan ma'lumotlarni internetdan yuklab olishingiz kerak bo'ladi. Barchasi yuklab olingach, internet kerak bo'lmaydi. Dasturdan to'liq foydalanish uchun 1 martalik to'lov qilinadi.
Bog'lanish:
Telefon: +99871 2175999
Elektron pochta: info@olimbola.uz
Veb-sahifa: www.olimbola.uz
YouTube sahifa: youtube.com/olimbola
Shri-Lankaning “Solombo Times” nashrida “O‘zbekistonda Yangi uyg‘onish davri: kelajak texnologiyalari yordamida buyuk o‘tmishni qayta tiklash” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Shri-Lankalik taniqli jurnalist Fazan Navaz tomonidan yozilgan ushbu materialda so‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish, “Uchinchi Renessans” g‘oyasini amalga oshirishga qaratilgan islohotlar va ularning samarali natijalari xususida so‘z yuritilgan.
Muallifning yozishicha, Markaziy Osiyo markazida sokin, ammo ulkan ahamiyatga ega inqilob yuz bermoqda. Bu kurash qurol-yarog‘ bilan emas, balki qo‘lyozmalar, muzeylar va mikrochiplar yordamida amalga oshirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston Samarqand va Buxoro kabi shaharlar jahon ilm-fani, she’riyati va falsafasining yetakchi markazlari bo‘lgan O‘rta asrlardagi “Oltin asr” shon-shuhratini qayta tiklashga intilmoqda.
Bu jarayonning o‘ziga xos jihati shundaki, O‘zbekiston ming yildan ziyod tarixga ega madaniy merosni asrash, qayta tiklash va keng ommaga yetkazish uchun sun’iy intellekt hamda raqamli texnologiyalardan faol foydalanmoqda.
Nashrda O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi hamda uni saqlash bo‘yicha islohotlarga to‘xtalib o‘tilgan. Qayd etilganidek, bu zamin insoniyat tarixidagi eng buyuk allomalarga beshik bo‘lgan. Astronom va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek Samarqandda yulduzlarni hayratlanarli darajada aniq kuzatish imkonini bergan rasadxona barpo etgan. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi olimlari esa Yevropada Renessans boshlanishidan ancha avval matematika va tibbiyot sohalarida yuksak yutuqlarga erishgan edi.
O‘zbekiston yetakchisi bu tarixiy merosni tez-tez tilga olib, Mirzo Ulug‘bekni nafaqat buyuk olim, balki ilm-fanni eng yuksak qadriyat deb bilgan davlat arbobi sifatida ta’riflaydi. Davlat rahbari bugungi yangilanish jarayonini “Uchinchi Renessans” deb atab, uni O‘zbekistonning ilmu ma’rifat va madaniyat markazi sifatidagi mavqeini qayta tiklashga qaratilgan umummilliy loyiha sifatida baholaydi. Tarixchilar ta’biri bilan aytganda – bu atama mintaqada avval mavjud bo‘lgan ikki buyuk yuksalish davridan keyingi navbatdagi uyg‘onish bosqichini anglatadi.
Muallifning fikricha, O‘zbekistonda Uchinchi Renessans g‘oyasini amalga oshirish shunchaki gap emas, balki davlat siyosatiga aylangan.
“Bu ulkan maqsadning eng yorqin ramzi joriy yil Toshkentda qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazidir. 2026 yil mart oyida 40 mamlakatdan tashrif buyurgan 1500 dan ortiq mutaxassis ishtirokida qurib bitkazilgan mazkur markaz o‘z bag‘rida islom olamining eng noyob yodgorliklaridan biri – VII asrga mansub Usmon Mus'hafini saqlaydi. Shuningdek, bu yerda ilmiy laboratoriyalar, restavratsiya ustaxonalari va arxivlar faoliyat yuritadi. Markaz allaqachon dunyodagi eng chiroyli yangi muzeylardan biri sifatida e’tirof etilgan”, – deya qayd etgan jurnalist.
Materialda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston yondashuvining boshqalardan ajratib turadigan muhim jihati – bu sun’iy intellektdan iqtisodiy taraqqiyot vositasi sifatidagina emas, balki madaniy merosni muhofaza qilish vositasi sifatida ham foydalayotganidadir.
Sun’iy intellekt turizm sohasini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Bu tashabbus 2026 yilda mamlakatga 12 million sayyohni jalb qilish rejasining bir qismi hisoblanadi.
Fazan Navaz o‘z maqolasini “Uchinchi Renessans” o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga to‘liq erishadimi-yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Biroq bugunning o‘zidayoq O‘zbekiston qanday yo‘ldan odimlab borayotgani aniq ko‘rinib turibdi”, – degan so‘zlar bilan yakunlagan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati