Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov joriy yil 3 dekabr kuni Indoneziya sayyohlarini O'zbekistonga jalb qilish maqsadida Indoneziya sayyohlik kompaniyalarining vakillari bilan Zoom platformasi orqali o'tkazilgan onlayn konferentsiyada qatnashdi.
Bugungi kunda turizmni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Mamlakat o'zining salohiyati, geografiyasi, tarixi va bugungi kunidan kelib chiqib turizmning turli yo'nalishlarini rivojlantirishga urinadi. Salomatlik turizmi, tibbiyot turizmi, ekoturizm, ekskursiya turizmi, sport turizmi, ekstrimal turizm, ziyorat turizmi singari yo'nalishlarni rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi.
Bizning diyorimizda joylashgan muqaddas qadamjolar, avliyolar va ulamolarning maqbaralari, qadimiy masjid va madrasalar, muqaddas qo'lyozmalarni ko'rsatish turizm salohiyatini yaxshilashga turtki bo'lishi turgan gap konferentsiya jarayonida yurtimiz xususan, Samarqanddagi muqaddas qadamjolar, ziyorat maskanlari, sayyohlar uchun yaratilgan shart sharoitlar haqida ma'lumotlar berilib, ularni hamkorlikka chaqirildi.
Turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki aholi bandligini ta'minlashga, turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Qizg'in munozara ostida o'tgan konferentsiya qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. Yig'ilganlar tomonidan bu kabi tadbirlar yanada turizmni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz ekani ta'kidlandi.
O'MI samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi.
Bular korxonalarimizga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi.
Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi.
Davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi.
O‘zA