Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

Hushxabar: Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining “Koran. Kratkiy kommentariy” (Qur'oni karim oyatlari ma'nolarining rus tilidagi tarjimasi) kitobi nashr etildi

01.12.2020   5938   3 min.
Hushxabar: Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining “Koran. Kratkiy kommentariy” (Qur'oni karim oyatlari ma'nolarining rus tilidagi tarjimasi) kitobi nashr etildi

Kecha, 30 noyabr' kuni O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar bo'limi bilan hamkorlikda taniqli olim shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining “Koran. Kratkiy kommentariy” (Qur'oni karim oyatlari ma'nolarining rus tilidagi tarjimasi) kitobi taqdimoti o'tkazildi.
Taqdimot marosimini O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi direktor Shoazim Minovarov olib bordi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, Toshkent shahri bosh imom-xatibi Nuriddin Holiqnazarov, Milliy madaniy markazlar vakillari, proffessor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar Qur'oni karimning bashariyat uchun beqiyos va mukammal manba ekani, u dasturulamal sifatida insonlarni oila va jamiyatda poklik, halolik, to'g'rilik va samimiyat ruhida tarbiyalashi, shu bois barcha musulmon xalqlari uni o'z ona tilisida o'qishni xohlashini ta'kidladilar, o'zbek olimining Qur'oni karim ma'nolarini rus tiliga tarjima qilishi mamlakatimizdagi bag'rikenglik siyosatiga hamoxangligi, ushbu xayrli ish xalqimizning rusiyzabon vakillari, diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan rusiyzabon talaba va tadqiqodchilar uchun ayni muddao bo'lgani alohida qayd etildi.

Ma'lumot uchun, mustaqillik yillarida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Tafsiri hilol”, Shayx Abdulaziz Mansurning “Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri”, muftiy Usmonxon Alimovning “Tafsiri Irfon” kitoblari nashr qilindi.

Shu paytgacha Qur'oni karim xorij va Rossiyada rus tiliga 16 ta tarjima qilingan. 2018 yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Tafsiri hilol” rus tilida e'lon qilindi.
Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari Qur'oni karimning qisqa sharhli arabcha matnini to'g'ridan to'g'ri rus tiliga tarjima qildi. Uning tahririga filologiya fanlari doktori Gulxumor To'ychiyeva, tarix fanlari doktori Ahadjon Hasanov, professor Ubaydulla Uvatov jalb qilingan.

Ushbu tarjima xalqimizga muborak bo'lsin!

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YANGI HIJRIY YIL MUBORAK BO‘LSIN!

16.06.2026   1337   1 min.
YANGI HIJRIY YIL MUBORAK BO‘LSIN!

 

Muharram oyining 1-kuni — 2026 yil 16 iyun, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.



Muharram — hijriy taqvimning birinchi oyi bo‘lib, Qur’oni karimda zikr qilingan to‘rt ulug‘ va hurmatli oylardan biridir.
 

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan oyni ko‘rganlarida shunday duo qilardilar:
اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ

O‘qilishi:
«Allohumma ahillahu alayna bil-yumni val-iymani, vas-salaamati val-Islami, Robbiy va Robbukalloh».

Ma’nosi:
«Ey Allohim! Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!»



Yangi 1448-hijriy yilda Alloh taolo xonadonlarimizga tinchlik va baraka, qalblarimizga mustahkam iymon bersin va hayotimizda bizni solih amallarga muvaffaq aylasin!

1448 hijriy yil — muborak bo‘lsin!

#hijriy_1448_yil #yangi_oy_e’loni #yangi_hijriy_yil

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari