O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida o'quv jarayonlari masofaviy darslardan an'anaviy darslarga o'tkazilishi 1-kurslar uchun 2020 yilning 16 noyabridan, qolgan kurslar uchun joriy yilning 20 noyabridan boshlanishi belgilandi.
Shu munosabat bilan, barcha diniy ta'lim muassasalarida o'qituvchi va talabalarning karantin talabdariga qat'iy amal qilishlari uchun barcha sharoitlar hozirlandi. Jumladan, pedagog-o'qituvchilari COVID-19 kasalligi uchun topshirishlari hamda o'quv binolari, talabalar turar joyilari, talabalar oshxonalari sanitariya-gigiyena va karantin talablariga mos holda belgilangan tartibda dezinfektsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, har bir o'quv auditoriyalarini etarli miqdorda antiseptik vositalar bilan ta'minlash, belgilangan tartibda har kuni dezinfektsiya qilish, o'quv auditoriyalarida ijtimoiy masofani saqlash, o'quv-mashg'ulotlari davomiyligini 60 daqiqadan oshmasligini belgilash hamda bir kunda uch juftlikdan ko'p o'quv-mashg'ulotlari o'tkazilmaslik va talabalar, pedagog-o'qituvchi va xodimlarning tibbiy niqobda yurishlari kerakligi kabi bir qancha chora-tadbirlar joriy qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 26 noyabr kuni Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev Andijondagi “Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtida bo‘lib, mazkur maskanda tahsil olayotgan talabalar bilan samimiy va mazmunli davra suhbati o‘tkazdi.
Ubaydulloh domlaga bilim yurti rahbari Rustamjon domla Mahmudov hamrohlik qildi. Uchrashuv avvalida ta’lim muassasasi faoliyati, o‘quv jarayoni va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil tanishtirildi. Ta’kidlanishicha, bugun ta’lim sifati bosqichma-bosqich takomillashib, yangi o‘quv dasturlari joriy etilmoqda, zamonaviy o‘quv xonalari, elektron resurslar va boy kutubxona yoshlar ixtiyoriga taqdim etilgan. Bu o‘z navbatida ilmu ma’rifatni chuqur o‘rganishga intilayotgan talabalar uchun muhim madad bo‘layotgani qayd etildi.
Davra suhbati davomida Ubaydulloh domla talabalarni ilmni puxta egallashga, har bir darsni mas’uliyat bilan o‘rganishga, kelajakda el-yurtga xizmat qiladigan yetuk ulamolar safidan o‘rin egallashga chaqirar ekan, yurtimiz ulamolari hayotidan ibratli misollar keltirildi.
— "Ilm talab qilish yo‘lidagi mashaqqat odamni kamolga yetkazadi. Ilmni faqat o‘rganibgina qolmasdan, uni hayotda qo‘llash, amal qilish insonning eng go‘zal ziynati hisoblanadi” — deya ta’kidlandi.
Talabalarga vaqtni qadrlash, ustozlarning duosi va roziligiga erishish, kitob mutolaasini kundalik odatga aylantirish kabi muhim maslahatlar berildi. Ubaydulloh domla yosh avlodga bo‘lgan yuksak ishonchini izhor etib, har bir talaba ilmda o‘z oldiga buyuk bir maqsad qo‘yishi kerakligi hamda shu maqsadga erishish yo‘lida doimo intilib borish kerakligi aytildi.
Hozirda “Sayyid Muhyiddin Maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtida 47 nafar farg‘onalik yoshlar tahsil olmoqda. Ularning 15 nafari 4-kursda tahsil olib, mustaqil hayot ostonasida turibdi. Ular barcha ilmlarni puxta egallab, kelgusida viloyatimizdagi masjidlarda xalqimiz ma’naviyati va ma’rifati hamda din xizmatida kamarbasta bo‘lishlariga ishonch bildirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati