Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Mart, 2026   |   25 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:19
Quyosh
06:37
Peshin
12:37
Asr
16:42
Shom
18:32
Xufton
19:44
Bismillah
14 Mart, 2026, 25 Ramazon, 1447

Qanday “kanal” yoki “guruh”larni kuzatyapsiz?

30.10.2020   2594   3 min.
Qanday “kanal” yoki “guruh”larni kuzatyapsiz?

Bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri bu – ijtimoiy tarmoqlarda guruh (profil, gruppa, kanal, bot, sahifa va hokazo) ochish masalasi. Bu masalada o'ta nozik va hushyor bo'linmasa, inson vafot qilgandan keyin ham savob yoki gunohi bu guruhni tuzib, tashkil qilganlarga yozilib turaveradi. Chunki gohida tekshirilmagan xabar yoki gumonga asoslangan mavzu fitna va gunohga sabab bo'ladi. Ayniqsa, hozirda turli xil nomlar bilan tashkil qilingan guruhlarda musulmonlarning sha'niga munosib bo'lmagan, masalan birovni ustidan kulish, fahsh va unga targ'ib qiluvchi materiallar (maqola, audio, video yoki suratlar)ni tarqalishi, tarqatilishi odat tusiga aylanib bormoqda. Masalaning nozik jihatidan biri, buni qancha odam ko'rsa, eshitsa, o'qisa gunohkor bo'lishlaridan tashqari shundan kamaytirilmagan holda shu ishni amalga oshirayotgan tashkilotchilarining ham nomalariga shuncha gunoh hatto vafot etganidan keyin ham yozilib boraveradi. Hadisi sharifda shunday ogohlantiriladi: “Kim bir yomon odatni joriy qilsa, unga u (o'sha ish)ning va amal qilganlarning ham gunohi yozilur”.

Afsuski, bugun biz shunchalar g'aflatga botib, din va ma'rifatdan yiroqlashdikki, buni diniy-ma'rifiy saytlar yoki shu mazmundagi ijtimoiy tarmoqlar, telegram kanallardagi kuzatuvchilar sonining kamligidan ham ko'rish mumkin. Ammo turli “prikollar”, ko'ngilochar guruh yoki kanallar “odam bilan to'lgan”. Eng yomoni, keraksiz, behuda narsalar bilan ovora bo'lish kishini umrini zavoli, asosiysi esa, bu holat insonni oxir-oqibat iymonidan ajralib qolishiga sabab bo'ladi. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:

“Endi er yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni ko'rsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, to'g'rilik yo'lini ko'rsalar ham, uni o'zlariga yo'l tutmayotganlarni, agar adashuv yo'lini ko'rsalar, uni o'zlariga yo'l tutayotganlarni O'z oyatlarimdan buraman. Bunday bo'lishi ularning oyatlarimizni yolg'onga chiqarishlari va ulardan g'ofil bo'lishlari sababidandir”(A'rof surasi, 146 oyat).

Bugun yoshlarimiz o'z dinlarini ishonchli manbalar (sayt, profil, gruppa, kanal, bot, sahifa, telegram kanal-guruhlar va hokazo)dan foydalanib, kishini dunyo va oxirat yaxshiligi, ilm-ma'rifatga etaklovchi guruh yoki kanallarni ko'rib turib kirmasalar, buning o'rniga lag'v, fahsh, asossiz xabar tarqatuvchi yoki “prikol” va masxarabozlikni targ'ib qiluvchi guruhlarni ko'rib, darhol unga a'zo bo'lish –gunoh sanaladi. Yuqorida keltirilgan “O'z oyatlarimdan burib qo'yaman” oyati hamda buni tafsir qilgan Alloma Qurtubiyning tafsirlaridan shuni anglash mumkin. Shunday ekan, qanaqa kanal, guruh, sahifalarni kuzatyapsiz, o'zingiz bilan hisoblashib qo'ying!

Yunusxon MAMARASULOV,
Marg'ilon shahar “Said Jalolxonto'ra” masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazratlari: "Ramazonning oxirgi dahasini g‘animat bilaylik!"

13.03.2026   9727   1 min.
Muftiy hazratlari:

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bugun, 13 mart kuni juma namozini Toshkent viloyati Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on” jome masjidida ado etdilar. 

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga muborak oyning oxirgi dahasini g‘animat bilish, bu damlardan unumli foydalanib qolish borasida go‘zal suhbat qilib berdilar.
Alloh taolo oxirgi o‘n kunlikni o‘ziga xos fazilat va lutfu ehsoni bilan sharafli qilganki, bunga boshqa kun va oylarda yetishishning iloji yo‘q. Payg‘ambarimiz alayhissalom ham boshqa oylarda qilmagan ba’zi amallarni shu oyda qilganlar. 

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu oxirgi o‘n kunlikda ibodatlarga yanada jiddu jahd bilan kirishish, vaqtni g‘animat bilish, Qadr kechasini izlash kabi amallarni sanab o‘tar ekan, ayniqsa, Qadr kechasida qilingan solih amal boshqa ming oyda qilingan amaldan yaxshiroq bo‘lishini oyati karima bilan keltirib o‘tdilar. Zero, Alloh taolo Qadr surasining 3-oyatida “Qadr kechasi ming oydan ham yaxshiroqdir” deb marhamat qilgan.

Ma’ruzada jamiyatdagi birlik, inoqlik, o‘zaro yordam va muhabbat asosida qarindoshlarga yaxshilik qilish yotishi ta’kidlandi. O‘zaro arazlashganlar bo‘lsa yarashishga chaqirildi.

Shuningdek, bu yilgi Ramazon oyi o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda o‘tayotgani, buning asosiy sababi – Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan keng ko‘lamli xayriya va ijtimoiy ko‘mak tadbirlarining amalga oshirilayotgani ekani e’tirof etildi.

Manfaatli suhbat so‘ngida Alloh taolo barchamizni ushbu g‘animat damlardan unumli foydalanib, O‘zining roziligiga erishadigan bandalaridan qilishini so‘rab duo qilindi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Muftiy hazratlari: Muftiy hazratlari: Muftiy hazratlari: Muftiy hazratlari: Muftiy hazratlari: Muftiy hazratlari:
O'zbekiston yangiliklari