Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

“Bag'rikenglik”ning ikki ko'rinishi

14.10.2020   1881   4 min.
“Bag'rikenglik”ning ikki ko'rinishi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Olmoniya sharqshunos olimalaridan bo'lmish Sigrid Hunke o'zining “Alloh taoloning g'arbga porlagan quyoshi” asarida arablarning fazilati borasida shunday deydi: “Salohiddin Ayyubiy Baytul Maqdisni milodiy 1187 yilda egallab oladi (qaytarib oladi). Undan avval 1099 yilda salbchilar u erni misli ko'rilmagan vahshiyliklar, qon to'kishlar bilan egallashgan edi. Ammo vahshiylarcha to'kilgan musulmonlar qoni intiqomi uchun Salohiddin Ayyubiy bu erdagi nasroniylarning qonini to'kmadi.  Balki, ularga o'zining odamiyligini, saxiyligini va mehribonligini ko'rsatdi hamda oliy sarkardalik ruhi bilan xulqlanishda zarbul masal va o'rnak  bo'ldi. Lekin, musulmonlardan farqli o'laroq, nasroniy sarkardalar ulug' kalima va  asirlar qarshisida hech qanday oliyjanob xulqqa ega emasliklarini mamoyon etdilar. Masalan, ularning boshlig'i bo'lmish “Sher yurak” laqabi bilan tanilgan Richard musulmonlardan 3000 asirni omon qoldirishga o'zining ulug'ligi bilan qasam ichadi. Lekin to'satdan kayfiyati o'zgarib, ularning barchasini o'ldirishga buyuradi.

BAYTUL MAQDISDA  

   Baytul Maqdisdagi ahli zimmalardan biri o'z xo'jayiniga musulmonlarning Salohiddin Ayyubiy boshchiligida Baytul Maqdisga kirayotgan paytdagi hodisani shunday rivoyat qiladi: Masjiddagi voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan va eshitgan guvoh kelib aytdi: “Men masjidga kirganimda meni hech kim to'smadi va surishtirmadi. Natijada musulmonlar bilan aralashib ketdim. Ular bir erda jamlanib o'tirishar, barchalarining o'tirgan erlari bir xil, hatto boshliqlarini ham ajratishning iloji yo'q edi. Ularning a'zolari va harakatlari sukunatda, Alloh taologa toatda edi. Men ulardan ajablandim: qanday qilib urush maydonida dushmanlaru shaytonlarni aqldan ozdiradilar-u bu erda bo'ysungan dindorga aylanadilar?! U erda voizni ko'rdim. U minbarga chiqib xutba qildi. Agar ushbu mav'izani cho'ldagi qumlarga qilinganda, albatta, ular harakatga kelar, otliqlarga aylanar, shu hol davom etib, hatto er yuzasi ochilib qolardi. Agar shuni hech narsani eshitmaydigan tosh eshitganda, unda hayot paydo bo'lib, ruh hosil bo'lar edi!

   Men ularni, modomiki, musulmon ekanlar, agar-chi ularga qarshi butun dunyo davlatlari jamlansa ham, hech qachon mag'lub bo'lmasliklarini bildim. Chunki ulardagi iymon quvvati o'zlaridagi har qanday quvvatdan kuchlidir. Aksar insonlar o'limdan qo'rqadilar. Lekin ularni biror narsa cho'chita olmaydi. Chunki ular o'limni yaxshi ko'radilar va unga intiladilar, ya'ni Robbilarining visoli tomon oshiqadilar.

   Yo'q! Bizning qavmimiz bu diyorni hargiz umid qilmasin. Men sizlarga aytyapman. Darhaqiqat, men u qavm borasida juda yaxshi ma'lumotga ega bo'ldim, ular bilan aralashib, o'zaro suhbat qurdim hamda diyonatlari va go'zal xislatlaridan voqif bo'ldim. Yo'q! Biz uchun u erda nasiba yo'q”.

   Batahqiq, shu kuni salbchilar yuz yil muqimlikdan so'ng bu erdan ketishdi va hech qachon qaytishmadi. Bu qubbada nasroniylarning ham, yahudiylarning ham emas, balki Muhammad sollallohu alayhi vasallamning  shiorlari oliy bo'ldi. Albatta, bu erdagi har bir maskan o'zgardi va bu erdagi har bir tug'ilajak bola Salohiddinga aylandi. Bizning qavmimiz qonlarni bekorga to'kmadi va insonlarni bekorga o'ldirmadi.

 

Ali Tantoviyning “Tarixdan qissalar” kitobidan 

Farhodbek  ASATULLAYeV tarjimasi 

Islom.uz saytidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazrat maqolasi Misr matbuotida keng yoritildi

29.01.2026   326   1 min.
Muftiy hazrat maqolasi Misr matbuotida keng yoritildi

#xabar #muftiy #misr #matbuot

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining sun’iy intellekt haqidagi maqolasi Misr Arab Respublikasidagi bir necha yuz minglab kuzatuvchilarga ega see.news (https://see.news/artificial-intelligence-between-technical-evolution-and-sharia-responsibility-a-contemporary-islamic-vision), darelhilal.com (https://darelhilal.com/News/3164420.aspx), aldiplomasy.com (https://www.aldiplomasy.com/en/?p=42807) va safqa.news (https://www.safqa.news/137466) kabi internet nashrlarida arab va ingliz tillarida keng yoritilib, jamoatchilik e’tiborini tortdi.


 Maqolada sun’iy intellekt bugungi kunda iqtisod, ta’lim, tibbiyot, xavfsizlik va davlat xizmatlarida ulkan imkoniyatlar yaratayotgani alohida ta’kidlangan. Zamonaviy texnologiyalar aqlli shaharlar qurish, xizmatlar sifatini oshirish va jamiyat rivojiga xizmat qilayotgani qayd etilgan.


 Shu bilan birga, Muftiy hazratlari taraqqiyot bilan bir qatorda insoniy qadriyatlar va diniy me’yorlar ustuvor bo‘lishi lozimligini uqtirgan. Sun’iy intellekt inson aqlining mahsuli ekani, texnologiya insonni emas, inson texnologiyani boshqarishi kerakligiga e’tibor qaratilgan.


 Maqolada sun’iy intellektni hayotga to‘g‘ri tatbiq etish, uni nazorat qilish va ayniqsa din va fatvo bilan bog‘liq nozik masalalarda ehtiyotkorlik zarurligi ta’kidlangan. Fiqhiy manbalarga ko‘ra, sun’iy intellekt ma’lumot tahlilida yordamchi bo‘lishi mumkin, ammo fatvo berish faqat malakali va mas’ul faqihlar zimmasida ekani ochiq bayon etilgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari