Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2026   |   3 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:03
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
18 Iyun, 2026, 3 Muharram, 1448

Buxorolik imom xatiblar buyuk vatandoshlari qadamjosini ziyorat qildi

06.10.2020   3567   2 min.
Buxorolik imom xatiblar buyuk vatandoshlari qadamjosini ziyorat qildi
Buxoro viloyatidagi imom xatiblar uchun Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabiga sayohat uyushtirilib, ular uchun o'quv-seminar tashkil etildi.
 
Jamiyatda sog'lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, notinch oilalarda barqarorlikka erishish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlashda joylardagi imom xatiblarning alohida o'rni bor. Bu borada ular diniy bilimlar bilan birga yon-atrofda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar, yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlardan xabardor bo'lishi maqsadga muvofiq.
 
Buxorolik imom-xatiblar buyuk muhaddis maqbarasini ziyorat qilib, xalqaro markaz va hadis ilm maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldi. 
 
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarga markazning tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, xalqaro hamkorlik va ilmiy-tadqiqot yo'nalishida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. Shuningdek, ayni paytda xalqimizning diniy va dunyoviy bilimlarini boyitish, jamiyatda uchraydigan turli illatlarga qarshi kurashishda imom-xatiblar oldida turgan vazifalarga to'xtaldi. 
 
– Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida diniy idoralar vakillari ishtirokida o'quv seminarlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda, – deydi Vobkent tumanidagi “Sariosiyo” masjidi imom xatibi Jo'rabek Murodov – Bizning Samarqandga safarimiz ham faqat sayohatdan iborat bo'lib qolmay, buyuk bobomiz nomi bilan ataluvchi xalqaro markaz va Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishish, shu muqaddas maskan o'qituvchilari, tadqiqotchilari bilan o'zaro fikr almashish, ular tajribalarini o'rganish bilan maqsadi ko'zlangan edi.
 
O'quv-seminarda markaz ilmiy xodimlari tomonidan Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Buxoriy va boshqa buyuk allomalarning ilmiy merosi, ularning kalom va hadis ilmi rivojiga qo'shgan hissasi, bu ilmlarning bugungi kundagi ahamiyati haqida so'z yuritildi.
 
O'zA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI

17.06.2026   5629   1 min.
YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI

Bugun 17 iyun 2026 yil Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2025-2026- o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy attestatsiya imtihonlari Umumta’lim fanlari: O‘zbekiston tarixi, Milliy g‘oya hamda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanlari bo‘yicha boshlandi.

Mazkur imtihonlarda Yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi, Ulamolar kengashi a’zosi Rahmatillo domla Usmonov ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga muvaffaqiyat tiladilar hamda ularning kelgusidagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatiga oid tavsiya va nasihatlar berdilar.

Yakuniy attestatsiya imtihonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida davom etmoqda.

 

https://t.me/nasafziyo/41684

YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI YAKUNIY ATTESTATSIYA IMTIHONLARI BOSHLANDI
O'zbekiston yangiliklari