Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Fevral, 2026   |   3 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:11
Peshin
12:42
Asr
16:20
Shom
18:07
Xufton
19:19
Bismillah
20 Fevral, 2026, 3 Ramazon, 1447

Nomahram ayollarga qarashning zarari (birinchi maqola)

01.10.2020   7358   6 min.
Nomahram ayollarga qarashning zarari (birinchi maqola)

Yaqinda bir saytda juda dolzarb mavzuda yozilgan maqolaga ko'zim tushib qoldi. Ushbu maqolaga «Libos tanani yashirishgami yoki ko'z-ko'z qilishga?» - deb sarlavha qo'yilgan edi.

Muallif ko'pchilikni tashvishga solayotgan muammoni ko'tarib, ayollar qomatini ochiq-oydin ko'z-ko'z qiluvchi tor liboslar va avratlarni ochib, yarim yalang'och yurishi xaqida so'z olib borgan. Uni o'qib chiqqandan keyin «avratni ochib, badanni ko'z-ko'z qilgan behayolarni huzur bilan tomosha qiluvchilarning hukmichi?» degan mavzuni yoritishni lozim topdik. Chunki bugungi kunda behayolarga suqlanib qarovchilar ayni manzara sohibalaridan ko'p bo'lsa ko'pki, aslo kam emas. Bu «kasallik» o'spirin yigitlardan o'tib, yoshi bir joyga borib qolgan keksalar orasida ham uchrab turishi yanada achinarli holdir. Harom qilingan narsalarga tikilishning zarari, gunohi va undan tiyilishning ajr-mukofotlaridan bexabarlikni «inson qalbida bu illatni shakllantiruvchi omil» deb aytish mumkin.

Alloh ko'z ne'matini berar ekan, u bilan birga bandaning zimmasiga bir qancha mas'uliyatlarni ham yuklagan. Har bir ko'z egasi ilohiy farmonga binoan ma'lum narsalarga qarashdan ko'zlarini tiyishi lozim. Nafsimiz xohlagan yo'sinda amal qilar ekanmiz, albatta qiyomatda buning hisobini beramiz.

Qur'oni karimda quyidagicha amr qilinadi:

«Sen mo'minlarga ayt, ko'zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir»(Nur surasi, 30-oyat).

Oyati karimada Alloh taolo qarash harom qilingan narsalarga nazar qilmoqdan tiyilishni vojib deb hukm qilibgina qolmay, ko'zni tiyishning foydasini ham bayon etmoqda. O'sha foyda ma'naviy poklikdir. Demak ko'zni tiyish ma'naviy poklik sari chorlasa, uning aksi o'laroq ko'zni tiymaslik, ma'naviy buzuqlikka olib boradi. Harom narsalarga tikilishning eng xatarli tomoni shuki, bu illat sekin-sekin insonni Allohni zikridan to'sib, shayton yo'liga olib kiradi. Bu esa mal'un Iblis uchun qulay fursatdir. Mo'min bu holatga tushganida shayton darhol uni yana ham sharmandaliroq holga tushirish payiga tushadi. Qalbida vasvasa olovlarini yoqib uni zino tarafga chorlaydi. Zino — harom nazar olib boradigan «so'nggi manzildir». Harom nazar egasi hayolida «meni kim ko'ribdi» deb ovunishi mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Alloh ko'zlar ko'rmay qolgan va qalblar sezmay qolgan sirlardan ham voqifdir.

Abu Umoma roziyallohu anhudan marfu'an rivoyat qilinadi: «Qaysi bir muslim (begona) ayolning avratiga nazar qilib, so'ngra Allohning g'azabidan qo'rqqan holda undan ko'zini olib qochsa Alloh unga shunday ibodat beradiki uning lazzatini qalbida his qiladi» (Ahmad va Bayhaqiy rivoyat qilishgan).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan marfu'an rivoyat qilinadi: «Qiyomat kuni (Allohning azobidan qo'rqib) har bir ko'z yosh to'kadi. Magar uch kishining ko'zlari mustasno.

  1. Alloh qarashni harom qilgan narsalardan tiyilgan ko'z.
  2. Alloh yo'lida tunlarni bedor qilgan ko'z (Masalan, musulmonlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida uxlamagan ko'zlar).
  3. Allohdan qo'rqib pashshani boshicha bo'lsada o'zidan yosh chiqargan ko'z» (Isfahoniy).

Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «U kishi aytdi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan beixtiyor, to'satdan sodir bo'lgan nazar xaqida so'radim. Ul zot javob berdilar: Ko'zingni olib qoch. Davom etma» (Imom Muslim rivoyat qilgan).

Burayda roziyallohu anhudan marfu'an rivoyat qilinadi: «Hoy Ali birinchi nazarga ikkinchisini ergashtirma. Chunki birinchisi sen uchun (Ya'ni, beixtiyor bo'lgani uchun unga javobgar emassan) ikkinchisi esa seni ziyoninggadir» (Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilishgan).

Oyat va hadislardan ko'rinib turibdiki, inson ko'z ne'matidan foydalanishida ma'lum chegarani bilishi kerak. Qachonki chegaradan chiqar ekan unga shayton kamonidan zaharli o'q otiladi. Bu o'q uni jasadini jarohatlamasada lekin qiyomatda o'z ta'sirini ko'rsatadi. Yarim-yalang'och, na shar'iy va na milliy urf odatlarni pisand qilmaydigan behayolar har qadamda uchrashi mumkin. Ammo ular orasida o'ziga xos jasorat bilan ko'zni olib qochishga ham ulkan mukofotlar borligini unutmasligimiz lozim.

Andijon shahridagi «Uyg'ur» masjidida imomlik qilgan marhum Fayz Ahmad domlaning bir odatlari bo'lar ekan. U kishi masjidga kelar chog'ida yo'lda ayollarga duch kelsa darhol chakmonining etagi bilan yuzini to'sib o'tib ketar ekanlar. Domlaning bu odati katta dars bo'lib, u kishining imomlik vaqtida, ko'chada o'tiruvchi ayollar sezilarli darajada kamayganini keksalar xotirlaydi.

(Davomi bor)

Muallif: Botirali Alisher o'g'li

Manba: fiqh. uz

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Keng tarqalgan shubhalarga raddiya

20.02.2026   560   2 min.
Keng tarqalgan shubhalarga raddiya

Soxta salafiylar shunday da’vo qilishadi: "Ash’ariylar va moturidiylar "Alloh makon va tomondan behojatdir" deyishadi. Agar hech bir makon va tomonda bo‘lmasa, Alloh umuman yo‘q bo‘lib qoladi. Demak, ular yo‘q zotga, ya’ni umuman mavjud bo‘lmagan ilohga ibodat qilishar ekan-da!"

E’tibor bering ular bu yerda kalom ilmini ishlatishyapti.

– Keling, avvalo, kalom ilmiga oid bu ikki atamani ko‘rib chiqamiz:

• «Makon» (المكان) – bu jism (الجسم)ning uzunligi, kengligi va balandligi bilan tavsiflangan bo‘shliq.

• «Tomon» (الجهات) – bu ikki obyekt orasidagi nisbiy tushuncha, agar bu ikki obyekt bo‘lmasa, bu nisbiylik ham yo‘q.

Kalom ilmi, Qur’on va hadis matnlaridan ma’lumki, Alloh bor edi va U bilan birga hech narsa yo‘q edi, ya’ni: olam (العالم): insonlar, jinlar, farishtalar, hayvonlar va o‘simliklar olami, Yer, osmonlar, Arsh va boshqa hamma narsa Alloh borligida mavjud bo‘lmagan. 

Shunday qilib, agar U zotdan makon va tomonni inkor qilish Uning mavjudligini inkor qilishga olib kelsa, demak, bu mantiqqa ko‘ra, olam yaratilishidan oldin Alloh ham yo‘q bo‘lgani kelib chiqadi.

— Ikkinchidan, nimanidir paydo qilish uchun makon va tomon bo‘lishi shart emas. Masalan:

1. Zayd Makka shahrida yashaydi.
2. Makka Arabiston yarim orolida, ya’ni Yerda joylashgan. 
3. Yer Quyosh tizimida joylashgan.
4. Quyosh tizimi «Somon yo‘li» galaktikasida.
5. Somon yo‘li koinotda joylashgan.

Lekin koinot qayerda joylashgan? Hech qayerda. Shunday ekan, biz koinot mavjud emas, deb ayta olamizmi? Tabiiyki yo‘q.

Xulosa, "salafiylar"ning yuqoridagi da’volari mutlaqo asossizdir.
 

Ko‘kaldosh o‘rta maxsu islom bilim yurti xodimi

Rustam Oxunjonov tayyorladi

MAQOLA