Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent Islom instituti ustozi Jaloliddin domla Hamroqulovning onlayn hadis sharhi suhbatlari boshlandi.
AJOYIB TUHFA – jonli efir vaqtida berilgan savolga javobni @OnlineHadisBot botiga to'g'ri va tezkor jo'natgan dastlabki uch kishiga ? “Riyozus Solihiyn” kitobi sovg'a qilinadi!
? Bugun, 17 sentyabr', payshanba kuni soat 15:00 dan boshlab, onlayn hadis sharhi suhbatlarini quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzating, bevosita ishtirokchi va sovrindorga aylaning!
Youtube: MuslimTV
Internet telekanali : ITV.UZ
(https://itv.uz/#!/muslim)Facebook: MuslimUz
(https://www.facebook.com/muslimuzportal)? Mavzu yuzasidan savol va fikr-mulohazalaringizni
@OnlineHadisBot orqali jo'nating.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muborak oy munosabati bilan Xorazm viloyatidagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun ham “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”, degan ezgu g‘oya asosida iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Hozirga qadar umumiy hisobda imomlar tomonidan 11 ta oilaga kirilib, ularga jami 27 million so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa qilindi.
Jumladan, viloyat bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Abdullayev Urganch shahridagi Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasi 159-uyda yashovchi So‘najon Bozorboyeva xonadonida fayzli iftorlik uyushtirib, xonadon a’zolaridan hol-ahvol so‘rab, ularning qalblari quvonchga to‘ldirildi.
Bu yilgi Ramazonda viloyat mahallalaridagi kam ta’minlanganlar uchun boshlangan bunday iftorliklar Ramazonni yanada fayzli, tarovatli o‘tkazishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati