Moturidiya mazhabi rivojiga salmoqli hissa qo'shgan ulamolar juda ko'p bo'lib, ularning eng mashhurlaridan ayrimlari quyidagi ulamolardir:
Ushbu shogirdlari Abu Mansur Moturidiyning qarashlarini ommaga tushuntirib va asarlarini sharhlab moturidiya ta'limotini rivojlantirish yo'lida xizmat qilganlar.
Abu Mansur Moturidiyning ushbu shogirdlaridan keyin yashagan ko'plab olimlar ham ularning ishlarini davom etkazganlar va Moturidiya ta'limotini Movarounnahrda keng yoyilishiga salmoqli hissa qo'shganlar. Ularning ayrimlari quyidagi mashhur olimlardir:
– Muhammad ibn Muhammad Abulyusr Pazdaviy. Hijriy 421 (milodiy 1030) yilda tug'ilgan. Samarqandda qozi bo'lgan. Martabasi yuqori bo'lganidan Qozi Sodr nomi bilan atalgan. Abulyusr Pazdaviyning mashhur asarlari:
Abulyusr Pazdaviy rahmatullohi alayh hijriy 493 (1100) yilda Buxoroda vafot etgan.
– Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad Abul Muin Nasafiy. Abul Muin kunyasi bilan mashur bo'lgan. Hijriy 438 (milodiy 1046) yilda tug'ilgan. Abul Muin Nasafiy moturidiya mazhabining taraqqiy etishiga eng ko'p hissa qo'shgan olimlardan hisoblanadi. Abul Muin Nasafiyning mashhur asarlari:
Abul Muin Nasafiy rahmatullohi alayh hijriy 508 (milodiy 1114) yilda vafot etgan.
– Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy. Hijriy 461 (milodiy 1069) yilda Nasaf shahrida tug'ilgan. Bu zot tafsir, hadis, fiqh, usul, tarix, nahv kabi ko'plab ilmlar bo'yicha etuk olim bo'lib, “Imomus saqolayn” (insu jin imomi) nomi bilan mashhur bo'lgan. Imom Nasafiyning mashhur asarlari:
Umar Nasafiy yuzga yaqin asarlar yozib qoldirgan. Umar Nasafiy rahmatullohi alayh hijriy 537 (milodiy 1143) yilda Samarqandda vafot etgan va Chokardiza qabristoniga imom Abu Mansur Moturidiy yoniga dafn etilgan.
Nuriddin Sobuniy rahmatullohi alayh hijriy 580 (milodiy 1184) yilda Buxoroda vafot etgan.
Ushbu olimlar moturidiya ta'limotining rivoj topishi va Movarounnahrda keng yoyilishiga xizmat qilgan eng mashhur olimlar hisoblanadi.
Moturidiya ta'limotining Movarounnahrdan tashqarida ham keng yoyilishiga ko'plab olimlar xizmat qilganlar. Ularning ayrimlari quyidagi mashhur ulamolardir:
– Jamoliddin Ahmad G'aznaviy. Tug'ilgan yili aniq ma'lum emas. Bu zot Huroson[1] o'lkasida yashab faoliyat olib borgan. “Usulud din” (din asoslari), “Aqoidul G'aznaviy” (G'aznaviy aqidalari) kabi asarlari bor. Jamoliddin G'aznaviy hijriy 593 (milodiy 1197) yilda vafot etgan.
– Muhammad ibn Abdulvohid ibn Abdulham Kamol ibn Humom. Hijriy 788 (milodiy 1386) yilda Rumning Sivas shahrida tug'ilgan. Shuning uchun bu zotga Sivasiy nisbasi ham berilgan. Kamol ibn Humom ko'plab asarlar yozib qoldirgan:
Kamol ibn Humom rahmatullohi alayh hijriy 861 (milodiy 1457) yilda Qohirada vafot etgan.
Mulla Ali Qori rahmatullohi alayh hijriy 1014 yilda Makkada vafot etgan va Masjidul haromdan uncha uzoq bo'lmagan “Muallo” qabristoniga dafn etilgan.
Ushbu mashhur olimlar o'zlarining qimmatli asarlari bilan Movarounnahrdan tashqaridagi diyorlarda ham Moturidiya ta'limotining keng yoyilishiga sababchi bo'lganlar. Albatta, bunda Usmonli turk sultonlarining Moturidiya ta'limoti rivoji yo'lida qilgan xizmatlari ham muhim omillardan bo'lgan.
Abdulqodir Abdur Rahim,
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom
instituti o'qituvchisi
[1] Huroson janubiy Osiyodagi qadimiy mintaqa bo'lib, Naysobur, Hirot, Balx va Marv kabi shaharlari bo'lgan. Hozirgi kunda Eron, Afg'oniston va Turkmaniston hududlariga bo'linib ketgan.
[2] Alloma Qozizoda hijriy 988 (milodiy 1580) yilda vafot etgan.
[3] Zayniddin Qosim ibn Qutlubug'o hanafiy hijriy 879 (milodiy 1474) yilda vafot etgan.
[4] Kamoliddin Muhammad ibn Muhammad ibn Abi Sharif shofe'iy hijriy 905 (milodiy 1500) yilda vafot etgan.
Kecha «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida yangi chop etilgan taroveh mus'hafining (https://hilolnashr.uz/taroveh-musxafi-27-29) taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda kitobni nashrga tayyorlagan ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori, Abdulhakim qori Matqulov va bir qancha qorilar mehmon bo‘ldilar.
Suhbat avvalida ustoz Erkin Malik Hasanxon Yahyo Abdulmajidni yangi kitob bilan tabriklab, tadbirni ochib berdilar. Keyin esa Hasanxon qori Qur’oni Karimning mus'haf holiga keltirilishi, juz, hizb kabi qismlarga bo‘linishi, taroveh mus'hafining tayyorlanish jarayoni va unda ishlatilgan belgilar haqida so‘zlab berdilar.
So‘ng an’anaga ko‘ra, kitobxonlar bilan savol-javob o‘tkazilib, to‘g‘ri javob topganlarga taqdimoti bo‘layotgan kitob − taroveh mus'hafi hadya qilindi.
Keyin Hasanxon Yahyo Abdulmajid navbatdagi xushxabar − quran.uz sahifasidagi o‘n qiroat bo‘yicha yangilik bilan o‘rtoqlashdilar. Endilikda ushbu sahifa orqali Qur’oni karimni 10 xil qiroat va 20 xil rivoyatda o‘qish va tinglash mumkinligini taqdimot yordamida tushuntirib berdilar.
So‘ng ustoz qorilardan Abdulhakim Matqulov Hasanxon Yahyo Abdulmajidni mus'hafning yangi nashri bilan qutlab, kelgusi ilmiy faoliyatlariga baraka tiladilar.
Kelgan mehmonlarga nashriyotning esdalik sovg‘alari ulashildi.
Ahmad Rizo qori va Abdulbosit qori Qobilovning tilovatlari hamda Abdulhakim qori Matqulovning xayrli duolari bilan tadbir nihoyasiga yetdi.
@hilolnashr