Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga g‘am-tashvish yetsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin», deganlarida, bir kishi: «Yo Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasratdami?» dedi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berdilar. So‘ngra, "Bu kalimalarni o‘zingiz aytib, boshqalarga ham o‘rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi", deb o‘sha kalimalarni o‘rgatdilar:
اللهُمَّ إنِّي عَبْدُكَ ابْنُ عَبْدِكَ ابْنُ أَمَتِكَ نَاصِيَتِي بِيَدِكَ مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ؛ أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَدًا مِنْ خَلْقِكَ أوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي عِلْمِ الغَيْبِ عِنْدَكَ أَنْ تَجْعَلَ القُرْآنَ نُورَ صَدْرِي وَرَبِيعَ قَلْبِي وَجِلاَءَ حُزْنِي وَذَهَابَ هَمِّي.
"Allohumma inniy ’abduka, ibnu ’abdika, ibnu amatika, nasiyatiy biyadik, mazin fiyya hukmuk, ’adlun fiyya qozouk, asaluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka av anzaltahu fi kitabika av ’allamtahu ahadan min xolqika av istasarta bihi fiy ’ilmil g‘oybi ’indaka an taj’alal Qur’ana nuro sodriy va robiy’a qolbiy va jilaa huzniy va zahaba hammiy".
Ma’nosi: Allohim, men Sening qulingman, qulingning o‘g‘liman, cho‘ringning zurriyotiman. Peshonam Sening qo‘lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening hukming odildir. O‘zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki xalqingdan biror kishiga o‘rgatgan yoki g‘ayb ilmingda saqlab qo‘ygan ismlaring ila so‘raymanki, Qur’onni dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g‘amimni ketkizuvchi qil (Ibn Sunniy rivoyati).
O‘MI matbuot xizmati
Joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov va Moliyaviy nazorat va taftish bo‘limi mudiri Islomiddin domla Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida «Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘ldi.
Tashrif davomida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda sohadagi islohotlarning bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilindi. Zayniddin domla o‘z ma’ruzasida yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ilmiy salohiyati va odob-axloqi masalalariga urg‘u berib, tolibi ilmlarga muhim hayotiy tavsiyalarini berdi.
Talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni diniy-milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida yakunlandi.
Ravza.uz