Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Sentabr, 2026   |   11 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:51
Quyosh
06:10
Peshin
12:16
Asr
16:32
Shom
18:25
Xufton
19:40
Bismillah
22 Sentabr, 2026, 11 Rabi`us soni, 1448

Aytgin, amal qilsinlar…

30.04.2024   1238   2 min.
Aytgin, amal qilsinlar…

Alloh taolo marhamat qiladi: “Sen: «Amal qilinglar! Bas, albatta, Alloh, Uning Rasuli va mo'minlar amalingizni ko'rarlar. Va, albatta, g'aybni va shahodatni bilguvchi zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizlarga qilib yurgan amallaringizning xabarini beradir» deb ayt”(Tavba surasi, 105-oyat).

Ushbu oyatda Alloh taolo bizga amal qilish kerakligini, oldimizda biror muammo yoki qiyinchilik chiqsa taslim bo'lib, to'xtab qolmasligimiz lozimligini o'rgatmoqda.

Boshqa bir oyatda Alloh taolo bunday deydi: “Sen Iymon keltirgan bandalarimga aytgin, namozni to'la-to'kis ado etsinlar. Savdo-sotiq, og'aynigarchilik yo'q bo'lgan Kun kelmasidan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq qilsinlar”(Ibrohim surasi, 31-oyat).

Alloh taolo mo'minlarga eng avvalo namozni to'kis, barcha ruknlariga amal qilgan holda va o'z vaqtida ado etishni buyurmoqda. Keyin esa qiyomat kelmasidan turib Alloh bergan narsalardan atrofdagilarga xoh oshkora, xoh maxfiy infoq-ehson qilishni amr qildi. Arab tilidagi “ehson” so'zining ma'nolari ko'p.

“Ehson” deganda odatda birovga biror ne'matni berish va fazlu karam ko'rsatish tushuniladi. Lekin “ehson” so'zi lug'atda “yaxshilik qilish, ezgulik ko'rsatish” ma'nolarini ham anglatadi. Qur'onda karimda ehsonning fazilati haqida zikr etish barobarida ehson qiluvchilarga beriladigan savob-mukofotlar, ularga etadigan manfaatlar ham bayon etiladi.

Haqiqatdan, biror kishiga bir narsani ehson qilsangiz yoki unga biror yaxshilik ko'rsatsangiz, bundan dilingiz ravshan tortadi, ruhiy xotirjamlik yuzaga keladi, o'zgalarga manfaat etkazganingizdan xursand bo'lasiz.

Ehson qilingan kishi ham o'ziga ko'rsatilgan yaxshilikdan sevinadi, dilida sizga muhabbat paydo bo'ladi. Shu tariqa jamiyatda kishilar o'rtasida totuvlik, hurmat-ehtirom paydo bo'ladi hamda dushmanchiliklar barham topadi, osoyishtalik va farog'at barqaror bo'ladi.

Eng asosiysi, kimga yaxshilik qilsangiz Alloh taolo uni o'zingizga o'n barobar qilib qaytaradi!

 Doktor Hasson Shamsi Poshoning “Metin qoyalar” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Chekka va chegaraoldi hududlarda yot g‘oyalarga moyilligi bo‘lgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish» loyihasiga start berildi

22.09.2026   1376   1 min.
«Chekka va chegaraoldi hududlarda yot g‘oyalarga moyilligi bo‘lgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish» loyihasiga start berildi

21 sentyabr kuni Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Chekka va chegaraoldi hududlarda yot g‘oyalarga moyilligi bo‘lgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish» loyihasiga start berishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda loyihaning maqsad va vazifalari, asosiy yo‘nalishlari hamda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining hududlarida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Jumladan, 11 oyga mo‘ljallangan loyiha doirasida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik yo‘nalishlarda keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, 36 ta targ‘ibot tadbiri, 23 ta seminar va 1 ta ilmiy-amaliy seminar hamda hujjatli film, videoqo‘llanma, qo‘llanmalar, risola, elektron va bosma materiallar, podkastlar hamda ko‘rsatuvlar tayyorlanadi.

Tadbirda hududlardagi ishlarni samarali tashkil etish, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Loyiha ijrochisi — Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.

Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar bugungi kunda jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri — radikalizm, ekstremizm va turli buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olish, yoshlarni bunday ta’sirlardan asrashga qaratilgan.

Zero, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan yurtimizda ma’rifat va ezgulikni keng targ‘ib qilish, jaholat va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu ma’noda, mazkur loyiha fuqarolar bilan manzilli ishlash, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish va jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari