Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday so'zlari bor: "Agar qiyomat bo'lib qolsa, birontangizning qo'lida xurmo daraxti bo'lsa, bas, uni ekib olsin". Boshqa bir rivoyatda esa: "Kim bir ko'chat eksa, undan odam yoki Alloh yaratgan maxluqotlardan birontasi esa, buning evaziga o'sha (ko'chat ekkan banda)ga sadaqa bo'ladi", deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati). Ya'ni, Hazrati Rasuli akram alayhissalotu vassalom, mo'min odam yaxshilikni kechiktirmaslik kerak ekanini, qolaversa, bironta ko'chat yoki daraxt ekishi ortidan, garchi o'zi foydalanmasa-da, o'zgalar bahra olishi bois, unga ham ajrlar etib turishini juda ham nozik hikmat birla etkazdilar. Ushbu hadisdagi ma'nolardan kelib chiqib, bugungi kunda yurtimiz uzra "Yashil makon" umummiliy loyihasi ostida bir qancha xayrli ishlar qilinmoqda. Mazkur xayriyatlardan ruhlanib, viloyati hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Jamshid Hatamov va viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinovlar boshchiligida tumanimizdagi barcha imom-domlalar va otinoyilar, Muborak Ramazon oyida Pop "Muruvvat uyida" siniq ko'ngillarga shodlik ulashish maqsadida iftor uyushtirish barobarida, hashar tashkil etib, 100tadan ziyod archa daraxtidan ekib, mo''jazgina bog' barpo qilindi.
Kezi kelganda aytib o'tish kerak, qanchadan qancha insonlarning mehnati singan, yaxshi niyatlar bilan barpo etilayotgan mana shunday ekinzorlarga zarar etkazish, mol, qo'y va shu kabi chorva hayvonlarni qo'yib yuborish, yoki ekib qo'yilganidan keyin parvarish qilmasdan beparvo bo'lish, mendan ketguncha, egasiga etguncha qabilida ish tutish bu gunoh sanaladi. Zero, dinimizda inson o'ziga va o'zgalarga zarar berishi qoralangan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Islomda zarar berish ham, zararlanish ham yo'q", degan gaplari musulmonchilikdagi eng ulug' shiorlardan biri o'laroq, o'zini musulmonman degan har-bir odamning qalbida yangrab turishi lozim. Shunday ekan, mo'min odam birodarining mehnatining qadriga etish kerak.
Alloh taolo mana shunday go'zal ishlarni ustida turgan xalqimizni O'z panohida asrasin!
Qodirjon Umurzakov,
Pop tumani "Muhammadjon qori" jome
masjidi imom-xatibi
Avstriyaning “OTS” axborot servisida O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini saqlash va ommalashtirish sohasidagi xalqaro hamkorligiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada “Universal Art Group” kompaniyasi vakillarining Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh va yangi kashfiyotlar” mavzusidagi Xalqaro mediaforumdagi ishtiroki haqida so‘z yuritilgan.
Alohida e’tibor Markaziy Osiyo va islom dunyosining boy madaniy merosi bilan bog‘liq qo‘shma nashriyot tashabbuslariga qaratildi.
Yana bir muhim yo‘nalish Amir Temur davridagi Samarqandga oid tarixiy manbalarga murojaat qilish bo‘ldi. Xususan, Kastiliya qiroli tomonidan Temur saroyiga yuborilgan ispan diplomati Ruy Gonsales de Klavixoning esdaliklariga e’tibor qaratildi. Uning tavsiflari XV asr boshlaridagi Samarqand va Markaziy Osiyoni yevropalik sayohatchi nigohi bilan ko‘rish imkonini beruvchi qimmatli manba hisoblanadi.
“Universal Art Group” asoschisi va bosh direktori Sharlotta Kramerning ta’kidlashicha, tarixiy hujjatlar nafaqat o‘tmish, balki bugungi kunga ta’sir o‘tkazishda davom etayotgan insonlar, g‘oyalar va uchrashuvlar haqida hikoya qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhim vazifa bunday manbalarni avaylab-asrash va keng xalqaro jamoatchilikni ular bilan tanishtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat.
Tashrif doirasida “UAG” vakillari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ta’lim uchrashuvlari o‘tkazdi. Unda madaniy merosni saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilishda zamonaviy nashriyot sanoatining roli muhokama qilindi. “Universal Art Group” operatsion direktori Aleksandr Vilgelmning so‘zlariga ko‘ra, talabalar bilan o‘tkazilgan muloqotlar yosh avlodning tarixiy xotirani saqlash va madaniy qadriyatlarni kelajak avlodlarga yetkazish masalalariga bo‘lgan yuqori qiziqishini ko‘rsatdi.
“Kompaniyaning Toshkent va Samarqanddagi tadbirlarda ishtirok etishi O‘zbekistonning madaniyat, ta’lim va kreativ industriya sohalarida xalqaro hamkorligi kengayayotganining yana bir isboti bo‘ldi. Zamonaviy nashriyot texnologiyalari, tarixiy manbalar bilan ilmiy ishlash va raqamli formatlar mamlakatning o‘ziga xos merosini xalqaro auditoriya uchun yanada ochiq qilishga xizmat qiladi va O‘zbekiston hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi”, — deyiladi xulosada.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati